O‘ralov Abdumannon Iskandarovichning

falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Allium turkumi Melanocrommyum kenja turkumi ayrim vakillarining biomorfologik xususiyatlari», 03.00.05–Botanika (biologiya fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.PhD/B157.

Ilmiy rahbar: Pechenisin Vladimir Petrovich, biologiya fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Botanika instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Botanika instituti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Dsc.27.06.2017.B.39.01.

Rasmiy opponentlar: Xasanov Furkat Orunbaevich, biologiya fanlari doktori, professor; Xaydarov Xislat Kudratovich, biologiya fanlari doktori.

Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.

Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.

II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston florasi Allium L. turkumi Melanocrommyum kenja turkumi turlarining tabiiy va introduksiya sharoitida biomorfologik belgilarini aniqlash, reproduktiv strategiyasini asoslash va reintroduksiya usullarini ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

Melanocrommyum kenja turkumi turlari gullash davriga ko‘ra 3 ta guruhi asoslangan;

Allium L.turkumi turlarida asosiy morfologik belgilari va urug‘ mahsuldorlik ko‘rsatkichlarining o‘zgarishlari barglar soni bilan bevosita korrelyasion bog‘lanishga ega ekanligi aniqlangan;

o‘simliklarda yashovchanlik ortib borishi bilan haqiqiy urug‘ mahsuldorlikning ortishi turli mexanizmlar hisobiga ro‘y berishi isbotlangan;

Melanocrommyum kenja turkumi turlari urug‘larning absolyut og‘irligiga ko‘ra ochiq sharoitdagi unuvchanligi aniqlangan;

A. stipitatum turi misolida klon o‘lchami bilan uning generativ holatga o‘tish muddatlari hamda yosh tiplari asoslangan;

Melanocrommyum kenja turkumi piyozli turlari klonlari morfo-senotik xususiyatlari ochib berilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

O‘zbekiston florasining Allium turkumi Melanocrommyum kenja turkumiga mansub turlari biomorfologik xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:

Allium L. turkumi turlarining O‘zbekiston tog‘li hududlarida tarqalgan kamyob va yo‘qolib borayotgan turlarning yangi populyasiyalari va biomorfologik hamda muhofazasiga doir ma’lumotlar Jizzax viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish tizimi faoliyatiga joriy etilgan (Bioxilmaxillik va muhofaza etiladigan tabiiy hududlarni muhofaza qilish va ulardan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasining 2018 yil 27 apreldagi 01-12/02-11-565-son ma’lumotnomasi). Natijada 20 dan ortiq yovvoyi piyoz turlarini muhofaza qilish, ularning kamayib ketishi sabablarini aniqlash va hududlarda in situ sharoitida yovvoyi piyoz turlarining tirik kolleksiyalarini tashkil etish imkonini bergan;

yovvoiy piyoz turlarning biomorfologik xususiyatlari, urug‘ mahsuldorligi, urug‘dan va vegetativ ko‘paytirish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Nurota davlat qo‘riqxonasi, milliy tabiat bog‘lari va ovchilik ho‘jaliklari boshqarmasi amaliy faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasining 2018 yil 14 iyundagi 05/05-1628-son ma’lumotnomasi). Natijada hududlardagi yovvoyi piyoz turlarini reintroduksiya qilish, 3 ta ozuqabob piyoz turlari resurslaridan samarali foydalanish hamda takroriy ko‘paytirish imkonini bergan;

O‘zbekiston tog‘li hududlarida tarqalgan Allium L. turkumi noyob, endem va Qizil kitobga kiritilgan turlarni saqlab qolish, ko‘paytirish hamda reintroduksiya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan chora-tadbirlar Toshkent Botanika bog‘i geofit turlarini ex situ sharoitida ko‘paytirish faoliyatiga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2018 yil 18 iyundagi 4/1255-1616-son ma’lumotnomasi). Natijada 50 dan ortiq yovvoyi piyoz turlardan iborat «Piyoz bog‘i»ni tashkil etish va reintroduksiyasini amalga oshirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish