Azizullah Arol Abdushukurning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Afg‘onistonda navoiyshunoslik (manbalar manzarasi va tahlili)”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Fil3223.
Ilmiy rahbar: Sirojiddinov Shuhrat Samariddinovich, filologiya fanlari doktori, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Jo‘raev Jaloliddin Olimjonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Maxmudov Umedullo Akmaliddin o‘g‘li, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Afg‘onistonda o‘zbek adabiyotining shakllanish va taraqqiyot bosqichlari, xususan, navoiyshunoslik sohasi rivoji, navoyshunoslik sohasi uchun ahamiyatli bo‘lgan yangi manbalarni ilmiy iste’molga kiritishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Afg‘onistondagi Alisher Navoiy va temuriylar davri bilan bog‘liq Navoiy kulliyoti qo‘lyozmasi, shuningdek Hazrat Ali ziyoratgoh majmuasi, Navoiy ko‘prigi, Oqinq sardobasi, Bobo Vali hovuzi kabi tarixiy obidalar aniqlanib, ularning navoiyshunoslik uchun asosiy tarixiy va adabiy muhim manba ekani dalillangan;
Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlab Afg‘onistonda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari va Afg‘onistondagi Navoiy asarlarining dariy/fors hamda pushtu tillarida nashr etilishi sababli Afg‘oniston navoiyshunosligida ilmiy, adabiy, ijtimoiy-siyosiy nuqtayi nazardan muhim ahamiyatga egaligi asoslangan;
Alisher Navoiyga bag‘ishlab Afg‘onistonda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalar materiallaridagi Navoiy hayotiga oid mahokama qilingan ellikka yaqin ma’ruzlarda Navoiy tafakkurini qayta o‘rganish, xalq og‘zaki ijodida Navoiy simosi, shoirga nisbat berilgan bir qancha yangi inshoatlar kabi yangi ma’lumotlar aniqlanib, ularning O‘zbekiston navoiyshunoslik maktabi bilan uyg‘un ekanligi dalillangan;
Afg‘onistonning o‘zbek tilidagi matbuotida Alisher Navoiy hayoti va ijodining keng ko‘lamda yoritilayotganligi aniqlanib, Afg‘onistonda o‘zbek shoirlari she’riyatda turli badiiy tasviriy vositalar va aruz vaznida Navoiyga ergashishi va Navoidan ta’sirlanish masalasi ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Afg‘onistonda navoiyshnunoslik tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Afg‘onistondagi Alisher Navoiy va temuriylar davri bilan bog‘liq me’moriy san’atlar, menayutoralar san’ati, xattotlik namunalari kabi tarixiy obidalar aniqlangan va ularning navoiyshunoslik uchun asosiy tarixiy va adabiy muhim manba ekaniga doir ilmiy xulosalaridan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–2023-yillarda bajarilgan IZ-2021020813 raqamli “Alisher Navoiy ijodining xorijda o‘rganilishi va targ‘iboti asosida ko‘p tilli multimedia to‘plamini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024- yil 30-maydagi 04/1-1397-son ma’lumotnomasi). Natijada Afg‘onistondagi hozirgi kunga qadar chop etilgan Alisher Navoiy asarlari, turli yillardagi va turli tillardagi nashrlar, jumladan, gazeta va jurnallarda chop etilgan ilmiy hamda badiiy chiqishlar bilan bog‘liq ilmiy-nazariy xulosalardan bilan boyitilishiga xizmat qilgan;
Alisher Navoiy hayoti va ijodiga bag‘ishlab Afg‘onistonda olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari haqidagi ma’lumotlar va Afg‘onistondagi Navoiy asarlari nashrlarining Afg‘oniston navoiyshunosligida ilmiy, adabiy, ijtimoiy-siyosiy nuqtayi nazardan ahamiyatiga oid ilmiy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021–20232-yillarda bajarilgan PF-201912258 raqamli “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024- yil 30-maydagi 04/1-1398-son ma’lumotnomasi). Natijada Alisher Navoiy hayoti va ijodiga, Navoiyga ergashgan Afg‘oniston shoirlarining ijod namunalariga oid muhim ilmiy materiallar bilan boyitilgan;
Alisher Navoiyga bag‘ishlab Afg‘onistonda o‘tkazilgan xalqaro ilmiy amaliy konferensiyalar materiallaridagi Navoiy hayotiga oid xalq og‘zaki ijodi, shoirga nisbat berilgan yangi inshoatlar kabi yangi ma’lumotlar, Afg‘oniston o‘zbek shoirlarining Navoiyga ergashishi va Navoidan ta’sirlanish masalalariga doir ilmiy-nazariy xulosalardan Vengriyaning EOTVOS universitetida 2020–2023-yillarda bajarilgan Erasmus+ International KA107 Credit mobility “Alisher Navoiy asarlarini ingliz tiliga tarjima qilish va uning asarlarini xorijda targ‘ib qilish” mavzusidagi loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti 2024-yil 30-maydagi 04/1-1396-son ma’lumotnomasi). Natijada Afg‘onistonda asrlar davomida shakllangan o‘zbek tilining o‘ziga xos xususiyatlari, o‘zbek tilida muloqot qiluvchi kishilar tomonidan yaratilgan hamda ijro etilib kelgan xalq og‘zaki ijodi namunalariga doir materiallar bilan boyitilgan.