Matyokubova Guzal Rajapovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Rauf Parfi asarlari qo‘lyozmalarining matniy-qiyosiy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Fil3653.
Ilmiy rahbar: Eshonqulov Jabbor Solievich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Jabborov Nurboy Abdulhakimovich, filologiya fanlari doktori, professor; Qasimov Yashar Aliquli o‘g‘li, filologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Rauf Parfi asarlarining qo‘lyozma va nashr nusxalari matniy-qiyosiy tekshirish, matn tarixi, shoirning ijod laboratoriyasi, talqin va tahrir muammolarini, Rauf Parfi she’rlarining adabiyotimiz tarixi va zamonaviy adabiy jarayonda tutgan o‘rnini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Rauf Parfi asarlari qo‘lyozmalari ilk bor matniy-qiyosiy tekshirilib, shoirning qo‘lyozmalari va kitoblari orasidagi she’rlarida misra, so‘zlar tahriri kabi badiiy, Turkiston, Turon so‘zlari orqali g‘oyaviy tafovutlar aniqlanib, Rauf Parfi she’riyatining tili, semantikasi, ruhoniy va majoziy xususiyatlari ochib berilgan;
shoir qo‘lyozmalari va she’rlarining nashr nusxalari qiyosiy tekshirilib, she’rlar qo‘lyozmadan kitobga va kitobdan kitobga ko‘chganda “Jigarbandim, ko‘zim yo‘lingda”, “Daryo mavjlariga yozilmish g‘azal”, “Cho‘li Iroq” kabi she’rlarida ma’no o‘zgarishlarga uchragani aniqlangan hamda shoir she’riyatining g‘oyaviy, badiiy, uslubiy va shakliy xususiyatlari asoslangan;
muallifning adabiy jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan 20 ta daftaridagi o‘quvchilik va talabalik yillariga mansub “O‘zbek tili”, “Laylo”(14-daftar, 1036 raqamli qo‘lyozma) she’rlari, Desanka Maksimovichning “Baribir” she’ri tarjimasi ilk marta ilmiy istifodaga olib kirilgan;
arxiv materiallaridagi 64 ta she’rda 134 ta o‘zgartish shoirning o‘zi tomonidan amalga oshirilganligi aniqlanib, bu tafovutlar muallif asarlarining turli yillardagi nashr nusxalari qiyosi natijasida aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Rauf Parfi asarlari qo‘lyozmalarining matniy-qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Rauf Parfi asarlari qo‘lyozmalari ilk bor matniy-qiyosiy tekshirilib, shoirning qo‘lyozmalari va kitoblari orasidagi she’rlarida misra, so‘zlar tahriri kabi badiiy, Turkiston, Turon so‘zlari orqali g‘oyaviy tafovutlar aniqlangani, Rauf Parfi she’riyatining tili, semantikasi, ruhoniy va majoziy xususiyatlari, shoir qo‘lyozmalari va she’rlarining nashr nusxalari qiyosiy tekshirilgani va she’rlar qo‘lyozmadan kitobga va kitobdan kitobga ko‘chganda turfa ko‘rinishdagi ma’no o‘zgarishlarga uchraganiga oid ilmiy xulosalardan Namangan davlat universitetida 2020-2023-yillarda bajarilgan FZ 201912099 raqamli “O‘zbek folklorining o‘zbek va ingliz tillarida veb sayti va multimedia mahsulotlarini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Namangan davlat universitetining 2024-yil 30-yanvardagi 04-3247-son ma’lumotnomasi). Natijada obrazlarning ramziy-majoziy mohiyati, tasvir va ifoda tarzining g‘oyaga bo‘ysunmagani va poetik jihatlarning ichki aloqadorlik asosida folklorga bog‘lanishiga doir materiallar bilan boyitilgan;
muallifning adabiy jamoatchilikka noma’lum bo‘lgan 20 ta daftaridagi o‘quvchilik va talabalik yillariga mansub “O‘zbek tili”, “Laylo”(14-daftar, 1036 raqamli qo‘lyozma) she’rlari, Desanka Maksimovichning “Baribir” she’ri tarjimasi ilk marta ilmiy istifodaga olib kirilgani haqidagi ilmiy ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalida efirga uzatilgan “Ibtido” ko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasining 2024-yil 19-martdagi 02-31-401 son ma’lumotnomasi.) Natijada shoir agxividagi qo‘lyozmalar tadqiqi va she’rlarining poetik va psixologik xususiyatlariga doir ma’lumotlar bilan ko‘rsatuv ilmiy saviyasi oshishiga xizmat qilgan;
arxiv materiallari orasidagi 64 ta she’rda 134 ta o‘zgartish shoirning o‘zi tomonidan amalga oshirilganligi, tafovutlar muallif asarlarining turli yillardagi nashr nusxalari qiyosi natijasida yuzaga kelganligi, Rauf Parfi she’riyatining ruhiy-psixologik portreti, asarlaridagi xalqimizning qadimiy tarixi, buguni va boy madaniyati, el-yurtimizning fidokorona mehnati bilan erishilayotgan tub o‘zgarishlarni teran aks ettirishga qaratilgan g‘oyalar yosh ijodkorlar uchun faoliyat olib boradigan “Umid” to‘garagi, “Xiyobon oqshomlari” mashg‘ulotlari dasturlarini tayyorlashda va yoshlar o‘rtasida kitobxonlik tanlovlarini o‘tkazish chora-tadbirlarini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining 2024-yil 18-yanvardagi 01-03/84-son ma’lumotnomasi). Natijada yosh ijodkorlarning Rauf Parfi she’riyatining badiiy-g‘oyaviy xususiatlari va O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan nashrga tayyorlangan Rauf Parfi she’rlari jamlangan kitobdagi asarlarning to‘g‘ri va aniq variantlari bilan tanishishga erishgan.