Axmadaliev Lochinbek Maxamadyusuf o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Tazkirai Qayyumiy”dagi Qo‘qon shoirlari asarlarining matniy-qiyosiy tadqiqi”, 10.00.10 – Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B.2022.2.PhD/Fil2684.
Ilmiy rahbar: Jo‘raboev Otabek Rustambek o‘g‘li, filologiya fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, DSc.03/30.12.2019.Fil.19.01.
Rasmiy opponentlar: Zohidov Rashidjon Fozilovich, filologiya fanlari doktori, professor; Hasanov Nodirxon Dadaxonovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Namangan davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Tazkirai Qayyumiy” qo‘lyozmasining manbashunosligini amalga oshirish, qo‘lyozma va joriy nashr variantlarini matniy-qiyosiy aspektda, olim biografiyasi va asarlarini birlamchi manbalar asosida tiklash hamda olimning ilmiy-estetik tafakkurini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Tazkirai Qayyumiy” qo‘lyozmasi to‘liq ilmiy tavsifi shakllantirilib, qo‘lyozma manbashunoslik aspektida tekshirilgan hamda tazkiraning yozilish tarixi, ijodkorlar biografiyasi va ijod namunalari, she’rlarining tazkira va devondagi variantlarida sheʼriy band, misra va baytlarning matn xususiyatlari ochib berilgan;
tazkiraning qo‘lyozma va nashr nusxalari o‘zaro taqqoslanib, shoirlar soni (324 nafar emas, 328 nafar) va ularning sirasi, fiqralar raqamlanishidagi xatoliklari tuzatilgan, A.Qayumov tomonidan nashr jarayonida qo‘shib ketilgan va aksincha, tushirib qoldirilgan ma’lumotlar, qo‘lyozmadagi tahrir talab o‘rinlar, nashrdagi xatoliklar, qo‘lyozma va nashrdagi uslubiy (774 ta) va imloviy (2327 ta) kamchiliklar aniqlangan hamda tazkiraning yangi nashr varianti chop etish uchun tayyorlangan;
tazkiradan o‘rin olgan Qo‘qon shoirlarining she’rlari mazkur shoirlar devonlaridagi variantlari bilan birgalikda qiyosiy tekshirilib, qo‘lyozma nusxalarda ko‘chirilishida kotiblar tomonidan tushirib qoldirilgan misralar, no‘to‘g‘ri ko‘chirilgan jumlalar kabi kamchiliklar aniqlangan va  tazkiraga kiritilgan she’rlarning muallif matniga nisbatan yaqin matni tayyorlangan;
Po‘latjon Qayyumiy hayoti va ilmiy faoliyati bilan bog‘liq arxiv materiallari aniqlanib, statistikalarda xato berilgan Po‘latjon Qayyumiyga 1942-yilda “O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan o‘qituvchi” unvonining berilishi hamda ushbu unvonning aynan shu yilda berilishiga uning o‘qituvchilik faoliyatiga yigirma besh yil to‘lgani sabab qilib ko‘rsatilishi aslida ushbu unvon 1944-yilda O‘zbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasi tuzilganligining yigirma yilligi munosabati bilan berilgani kabi ma’lumotlar to‘g‘irlangan hamda uning faoliyatiga doir sanalarning turli manba va nashrlarda turlicha kelishiga chek qo‘yilgan, noto‘g‘ri va chalkash ma’lumotlarga oydinlik kiritilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Tazkirai Qayyumiy”dagi Qo‘qon shoirlari asarlarining matniy-qiyosiy tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
“Tazkirai Qayyumiy” qo‘lyozmasi to‘liq ilmiy tavsifi shakllantirilgan va iqo‘lyozma manbashunoslik aspektida tekshirilib, tazkiraning yozilish tarixi, ijodkorlar biografiyasi va ijod namunalari, she’rlarining tazkira va devondagi variantlarida o‘xshash va farqli jihatlari kabi matn xususiyatlariga oid ilmiy xulosalardan Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutida 2022-yilda bajarilgan AL-322103020 raqamli “Qo‘qon adabiy muhiti ijodkorlari hayoti va ijodi bo‘yicha veb-sayt va elektron platforma yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Muqimiy nomidagi Qo‘qon davlat pedagogika institutining 2024-yil 25-yanvardagi 93/04-son ma’lumotnomasi). Natijada “Tazkirai Qayyumiy”dagi qo‘qonlik shoirlar hayoti va adabiy merosidan namunalar veb-sayt va elektron platforma yaratishda xizmat qilgan;
tazkiraning qo‘lyozma va nashr nusxalari o‘zaro taqqoslanib, shoirlar soni (324 nafar emas, 328 nafar) va ularning sirasi, fiqralar raqamlanishidagi xatoliklari tuzatilgani, A.Qayumov tomonidan nashr jarayonida qo‘shib ketilgan va aksincha, tushirib qoldirilgan ma’lumotlar, qo‘lyozmadagi tahrir talab o‘rinlar, nashrdagi xatoliklar, qo‘lyozma va nashrdagi uslubiy (774 ta) va imloviy (2327 ta) kamchiliklar aniqlanganiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 2021-2023-yillarda bajarilgan  PF-201912258 raqamli  “O‘zbek adabiyotining ko‘p tilli (o‘zbek, rus, ingliz tillarida) elektron platformasini yaratish” mavzusidagi amaliy loyihada foydalanilgan (Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining 2024-yil 14-iyundagi 04/1-1577-son ma’lumotnomasi). Natijada Po‘latjon Qayyumiy hayoti va ilmiy faoliyatiga doir ochiqlanmagan ma’lumotlar, statistikalarda xato berib ketilgan hamda ilmiy jamoatchilikda olim faoliyati haqida munozarali o‘rinlarga kiritilgan ilmiy aniqliklar, tazkiradan joy olgan Qo‘qon shoirlari asarlarining tuzilgan sahih matni asosida tayyorlangan variantlari elektron platforma materiallarini boyitishga asos bo‘lgan;
tazkiradan o‘rin olgan Qo‘qon shoirlarining she’rlari mazkur shoirlar devonlaridagi variantlari bilan birgalikda qiyosiy tekshirilib, kamchiliklar aniqlangan va  tazkiraga kiritilgan she’rlarning muallif matniga nisbatan yaqinroq matni tayyorlangani, Po‘latjon Qayyumiy hayoti va ilmiy faoliyati bilan bog‘liq arxiv materiallari aniqlangani va  statistikalarda xato berilgan ma’lumotlar to‘g‘rlangani haqidagi materiallardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyatining “Ta’lim va taraqqiyot”, “G‘azal bo‘stoni” dasturlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zMTRKning 2024-yil 21-maydagi O‘z/RM–19-24-son ma’lumotnomasi). Natijada bugungi kunda ommaviy axborot vositalari orqali “Tazkirai Qayyumiy” va undagi Qo‘qon adabiy muhiti shoirlarining targ‘ibi hamda bu orqali uning yoshlar tarbiyasidagi roli va ulug‘ ajdodlarimiz nomlarini barhayot saqlash, jamiyat, fan oldidagi asosiy vazifa ekanligi, ijodkor haqidagi ma’lumotlarni aniq, ishonchli tarzda etkazib berish imkoniyatini yanada oshirishga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish