Kaxarov Ismatillo Izzatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yurak ishemik kasalligining turli shakllari bo‘lgan bemorlarda chap toj tomir o‘zagining endovaskulyar revaskulyarizatsiyasining uzoq muddatli natijalari», 14.00.06-Kardiologiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2687.
Ilmiy raxbar: Fozilov Xurshid G‘ayratovich, tibbiyot fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy–amaliy tibbiyot markazi, DSc.04/30.12.2019.Tib.64.01
Rasmiy opponentlar: Nurillaeva Nargiza Muxtarxanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor; Alyavi Baxromxon Anisxonovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi.
II. Tadqiqotning maqsadi: YuIKning turli shakllari bor bemorlarda chap koronar arteriya o‘zagi shikastlanganda koronar arteriyalarni stentlashning samaradorligini uzoq muddatli natijalarini taxlil qilishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
YuIK ning turli shakllari bor bemorlarda chap koronar arteriya o‘zagi shikastlanishining o‘ziga xos xususiyatlari asoslangan.
stentlash yo‘li bilan miokard revaskulyarizatsiyasini amalga oshirishning kasallikning klinik kechishi va prognoz ko‘rsatkichlariga samaradorligi asoslangan.
chap koronar arteriya o‘zagi shikastlangan YuIKning turli shakllari bor bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasining uzoq muddatli natijalarining ahamiyatga molik ekanligi isbotlangan.
YuIK turli shakllari bor bemorlarda stentlash amaliyotidan keyin salbiy kechishi mezonlari aniqlanib bemorlarga tabaqalashtirilgan revaskulyarizatsiya turini aniqlab beruvchi algoritm ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
YuIK turli xil shakllarida chap toj tomir o‘zagi shikastlanishida miokard revaskulyarizatsiyaning uzoq muddatli natijalarini baholash bemorlarni davolash usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: YuIK ning turli shakllari bor bemorlarda chap koronar arteriya o‘zagi shikastlanishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi. YuIK ning turli shakllari ya’ni YuIK. Zo‘riqish stenokardiyasi II- IV funksional sinflari, YuIK. Zo‘rayib boruvchi stenokardiya, YuIK. O‘tkir miokard infarkti, Infarktdan keyingi kardioskleroz, Surunkali yurak etishmovchiligi, Qandli diabet 2 tur bor bemorlarda chap koronar arteriya o‘zagi shikastlanishining koronaroangiografik o‘zgarishlarida keyingi davolash taktikasi bo‘yicha takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligining tomonidan 2022 yil 10 noyabrdagi 8n-m/1193-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «YuIK bilan og‘rigan bemorlarda chap koronar arteriya ustunining revaskulyarizatsiyasi» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati Navoiy shaxar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 09.09.2022-yildagi 21-sonli buyruq hamda RIKIATMning Samarkand filialiga 16.09.2022-yildagi 18-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuIK ning turli shakllari bor bemorlarda chap koronar arteriya o‘zagi shikastlanishining o‘ziga xos xususiyatlari aniqlash orqali orqali qisqa muddatda infarkt kasalligining oldi olinadi va bemorning uzoq umr ko‘rish darajasi oshishiga erishiladi. Bu esa jamiyatdagi YuIKka chalingan bemorlarning turmush tarzi va hayot sifatini yaxshilanishiga olib kelgan. Bu holat masalaning ijtimoiy ahamiyatini ta’minlaydi. Iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bemorlarning hayotiga xavf soluvchi, erta nogironlik va o‘limga olib keluvchi yurak qon-tomir kasalliklarida asoratlarning, qo‘shimcha surunkali yurak etishmovchiligiga qarshi dorilarga ehtiyojning kamayishiga olib kelib, bu sohada mehnatga layoqatsizlik, nogironlik va davolashga qaratilgan chora-tadbirlarga bo‘lgan talabni kamayishiga olib kelishi hisobiga iqtisod qilishga erishilgan. Bu esa xar oyda surunkali yurak etishmovchiligiga qarshi dori vositalariga sarflanadigan o‘rta hisobda 322000 so‘mni tejash imkonini berdi.
ikkinchi ilmiy yangilik: ilk bor stentlash yo‘li bilan miokard revaskulyarizatsiyasini amalga oshirishning kasallikning klinik kechishi va prognoz ko‘rsatkichlariga ta’sir samaradorligi asoslab chiqilgan takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligining tomonidan 2022 yil 10 noyabrdagi 8n-m/1193-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «YuIK bilan og‘rigan bemorlarda chap koronar arteriya ustunining revaskulyarizatsiyasi» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati Navoiy shaxar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 09.09.2022-yildagi 21-sonli buyruq hamda RIKIATMning Samarkand filialiga 16.09.2022-yildagi 18-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: YuIK turli shakllari bo‘lgan bemorlarda toj tomirlar zararlanganda teri orqali koronar aralashuvdan keyingi davolash muolajalari bilan birgalikda olib borilgan gospital natijalar orqali toj tomirlarni stentlash, stenokardiya funksional sinflari kamayishiga va YuIK davolanish samaradorligini ortishiga hamda asoratlarning oldi olinishiga olib kelgan. Iqtisodiy samaradorligi: YuIKning turli shakllari bilan kasallangan chap toj tomir o‘zagi zararlangan bemorlarda stentlash amaliyoti o‘tkazilgandan keyin stenokardiya funksional sinflarini kamayishi va ko‘pchilik bemorlarda stenokardiya xurujlarini yo‘qolishi xisobiga, bemorlarda qo‘shimcha betta blokatorlar, AAF ingibitorlari va gipolipidemik dori darmonlarga har oyda sarflanadigan 310000 so‘mni tejash imkonini berdi.
uchinchi ilmiy yangilik: chap koronar arteriya o‘zagi shikastlangan YuIKning turli shakllari bor bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasining uzoq muddatli natijalarining ahamiyatga molik ekanligi aniqlangan va ushbu takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligining tomonidan 2022 yil 10 noyabrdagi 8n-m/1193-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «YuIK bilan og‘rigan bemorlarda chap koronar arteriya ustunining revaskulyarizatsiyasi» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati Navoiy shaxar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 09.09.2022-yildagi 21-sonli buyruq hamda RIKIATMning Samarkand filialiga 16.09.2022-yildagi 18-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi: chap koronar arteriya o‘zagi shikastlangan YuIKning turli shakllari bor bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasining uzoq muddatli natijalarini taxlil qilish, kelajakda bemorda miokard infarkti, bosh miyada o‘tkir qon aylanishining buzilishi kabi salbiy oqibatlarni oldini olishda keyingi davolash taktikasini tanlashni belgilab berdi. Bu esa bemorlarning xayotchanligi, uzoq umr ko‘rish darajasi va eng asosiysi o‘lim ko‘rsatkichlarining kamayishiga sabab bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: chap koronar arteriya o‘zagi shikastlangan YuIKning turli shakllari bor bemorlarda miokard revaskulyarizatsiyasining uzoq muddatli natijalarining ahamiyatliligi natijasida bemorlarning klinik belgilarning yaxshilanishiga sabab bo‘lib, bemorlarda antianginal xamda antiagregant dori vositalariga har oyda sarflanadigan 140000 so‘mni tejash imkonini berdi.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: YuIK turli shakllari bor bemorlarda stentlash amaliyotidan keyin salbiy kechishi mezonlari aniqlanib bemorlarga tabaqalashtirilgan revaskulyarizatsiya turini aniqlab beruvchi algoritm ishlab chiqilgan va ushbu takliflar Respublika Sog‘liqni Saqlash vazirligining tomonidan 2022 yil 10 noyabrdagi 8n-m/1193-son ma’lumotnomasi bilan tasdiqlangan «YuIK bilan og‘rigan bemorlarda chap koronar arteriya ustunining revaskulyarizatsiyasi» uslubiy tavsiyanoma mazmuniga singdirilgan. Mazkur taklif Navoiy viloyati Navoiy shaxar ko‘p tarmoqli tibbiyot markaziga 09.09.2022-yildagi 21-sonli buyruq hamda RIKIATMning Samarkand filialiga 16.09.2022-yildagi 18-buyruq joriy qilish dalolatnomasiga asosan amaliyotga joriy etilgan. Ijtimoiy samaradorligi YuIK turli shakllari bor bemorlarda chap toj tomir o‘zagini stentlash amaliyoti, stenokardiya kechishiga ijobiy ta’sir qilgan, bemorlarning xayot sifati xamda jismoniy yuklamaga tolerantlikni ortishiga, og‘riq xurujlari davomiyligining kamayishiga sabab bo‘lgan. Iqtisodiy samaradorligi: bemorlarda chap toj tomir o‘zagi zararlanganda prognozga ta’sir qiluvchi salbiy prediktorlarni inobatga olib ularga algoritmdan foydalanib keyingi davolash dasturining tuzib berilishi, ularning teri orqali koronar aralashuv yoki aorta koronar shuntlash amaliyotini tanlashga xizmat qiladi bu esa davolash samaradorligini ortishi, qo‘shimcha dorilar iste’moliga talabning kamayishiga, statsionarda qolish kunlarining kamayishiga va qo‘shimcha davolanishga bo‘lgan ehtiyojining kamayishiga olib keladi. Bu esa har bir bemor uchun to‘g‘ri davolash amaliyotini tanlashda o‘rtacha 12000000 so‘mni tejash imkonini bergan.