Ko‘paysinova Nargiza Karimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): Amir Temur va temuriylar davrida Qashqadaryo vohasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayoti, 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B 2022.2. PhD/Tar.1104.
Ilmiy rahbar: Xasanov Akram Muminovich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qarshi davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Qarshi davlat universiteti. PhD.03/27.02.2021.Tar.70.05.
Rasmiy opponentlar: tarix fanlari doktori, professor Yulduz Alimovna Ergasheva, tarix fanlari doktori Nabi Olimovich Xushvaqov.
Yetakchi tashkilot: Shahrisabz davlat pedagogika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Amir Temur va temuriylar davrida Qashqadaryo vohasining ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot tarixini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Kesh shahrining davomchisi sifatida “Shahrisabz” nomi keng iste’molga kirib, butunudunyoga mashur bo‘lganligi, shaharning “Qubbatul – ilm val adab” rutbasini olganligi, shaharda Koba karvonsaroyi bunyod etilganligi, shaharning iqtisodiy-madaniy markaz sifatidagi mavqeining kuchayganligi va eng asosiysi, shaharning mustahkam mudofaa devorlari bilan o‘rab olinishi bevosita Amir Temur nomi va faoliyati bilan bo‘g‘liq ekanligi asoslangan;
XIV asr ikkinchi yarmi - XV asr boshlarida hunarmandchilikning turli tarmoqlari ancha rivoj topib, keng iste’mol mollari ishlab chiqarish g‘oyat ko‘payib, Shahrisabz, Qarshi  va boshqa shaharlar o‘z aholisining kasb-kori, ichki va tashqi savdo aloqalari bilan O‘rta Osiyo shaharlari kabi namunaviy hunarmandchilik va gavjum tijorat markaziga aylanganligi asoslangan;
Amir Temur o‘zi bunyod etgan davlat tizimida ilk bora byudjet shakllantirib, davlat xarajatlarini bir meyorda rejalashtirishgani, xarbiylarga oylik maosh to‘lashni, davlatning daromad va xarajatlarni yozib borish taomilini joriy etgani, soliq miqdorini belgilashda aholini iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olish, qattiy nazorat va jinoyatlarga jazo choralari ustidan hisobot talab etganligi aniqlashtirilgan;
Amir Temur va temuriylar davri me’morchiligida mozayika va mayoliklar bilan bezatish, “qo‘sh” uslubdagi me’moriy inshoatlar tizimini takomillashtirish, shahar- “chorbog‘”lar tizimi, ochiq ayvonli ko‘shklar,  yashil maydonlar yaratish, Islom madaniyatini targ‘ib etishda “Temuriylar uslubi” nomi bilan yangi me’morchilik yo‘nalishini shakllangani isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Amir Temur va temuriylar davrida Qashqadaryo vohasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hayot tarixini ilmiy tadqiq etish bo‘yicha qo‘lga kiritilgan natijalar, xulosalar, taklif va tavsiyalar asosida:
Amir Temur va temuriylar davri Qashqadaryo vohasi tarixiga oid manbalar, viloyatlar, tumanlar, shaharlar va qishloqlarda aholi uchun zarur bo‘lgan etarlicha ijtimoiy turmush sharoiti shakllantirilganligi, Qashqadaryo vohasining Amir Temur hukmronligi dastlabki yillaridagi siyosiy, ma’muriy holati, 1360 – 1370 yillardagi siyosiy jarayonlarning Qashqadaryo vohasi tarixidagi o‘rni, Amir Temur va temuriylar davridagi iqtisodiy va madaniy hayot to‘g‘risidagi ilmiy – tarixiy ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 20-apreldagi 06-31-594-son ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarining qo‘llanishi Amir Temur va temuriylar davri siyosiy, ma’muriy holati, siyosiy jarayonlarda Shahrisabz, Qarshi va boshqa shaharlar o‘z aholisining kasb-kori, ichki va tashqi savdo aloqalari bilan O‘rta Osiyo shaharlari kabi namunaviy hunarmandchilik va gavjum tijorat markaziga aylanganligi masalasi bo‘yicha aniq xulosalar chiqarish imkonini bergan.
Qashqadaryo vohasi Amir Temur va temuriylar davridagi shaharlarda olib borilgan izlanishlar natijasida arxeologik ashyolar, jumladan, sopol idishlar, iqtisodiy hayoti haqida ma’lumot beruvchi tangalar, zeb-u ziynat va boshqa ashyolarga oid ilmiy izlanishlari natijasida aniqlangan ma’lumotlar, keltirilgan dalillar Shahrisabz muzey qo‘riqxonasida foydalanish uchun topshirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 11-mart 02-10/666-son ma’lumotnomasi). Natijalarining amaliyotga qo‘llanishi Qashqadaryo vohasining Amir Temur va temuriylar davri me’morchiligida “qo‘sh” uslubdagi me’moriy inshootlar tizimi yaratilganligi, “Temuriylar uslubi” yangi yo‘nalish shakllanganligi, ilm-fanda erishilgan yutuqlar asosida takomillashtirilib borilganligi madaniy hayoti bo‘yicha mahalliy va xorijiy tashrifchilarning yangi ma’lumotlar bilan ta’minlash imkoniyatini yaratgan.
Amir Temur o‘zi bunyod etgan davlat tizimida ilk bora byudjet shakllantirib, davlat xarajatlarini bir meyorda rejalashtirishgani, harbiylarga oylik maosh to‘lashni, davlatning daromad va xarajatlarni yozib borish tamoyilini joriy etgani, soliq miqdorini belgilashda aholini iqtisodiy imkoniyatlarini hisobga olish, qattiy nazorat va jinoyatlarga jazo choralari ustidan hisobot talab etganligi kabi ma’lumotlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Ko‘hna manzillar” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2023-yil 20-apreldagi 06-31-594-son ma’lumotnomasi). Natijada xalqimiz tafakkurida Amir Temur va temuriylar davri  Amir Temur iqtisodiy tizimining turli-tuman ekanligini ko‘zda tutgan o‘zgarishlarni o‘rganib borish, bu orqali barcha mamlakatlar haqida to‘la ma’lumotlarga ega bo‘lish imkonini bergan.
Shahrisabz shahrida yangi xammomlar bunyod etilib, xammomlar tizimi Dorultilovat va Doruttilovat majmuasi bilan bog‘langani, Markaziy Osiyoda o‘ziga xos chinni ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilib, chinni idishlardan saroylarda foydalanish keng taomilda bo‘lgani Oqsaroydagi qazishmalar paytida topilgan topilmalarni o‘sha davr yozma manbalari bilan qiyosiy o‘rganish natijasida isbotlanib, tarixiy voqelikka yo‘naltirilganligi Shahrisabz muzey qo‘riqxonasi ko‘rgazmalari namoyishida foydalanilgan. O‘zbekiston Respublikasi Madaniy meros agentligining 2023-yil 11-mart 02-10/666-son ma’lumotnomasi). Natijada Amir Temur va temuriylar davrida Shahrisabzda bir qancha me’morchilik obidalari qurilganligi, Qashqadaryoda, xususan, Qarshi va Shahrisabzda quli gul me’morlar etishib chiqqanligi, Qarshi va uning tevarak-atrofidan bo‘lgan binokorlar Samarqandning masjidu madrasalari qurilishlarida ishtirok etganlari xalqimizning boy moddiy merosi bilan tanishish uchun xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish