Jo‘raev O‘tkir Ortiqboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekistonda ijtimoiy-madaniy hayotni mafkuralashtirish jarayonlarining tarixiy tahlili (1950-1991-yy)”. 07.00.01 – O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqami: B2018.3.PhD/Tar 307.
Ilmiy maslahatchi: Mavrulov Abduhalil Abdulxaevich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti. DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03.
Rasmiy opponentlar: Yunusova Xurshida Erkinovna, tarix fanlari doktori, professor; Rasulov Abdulla Nuriddinovich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: 1950 – 1991-yillari O‘zbekistonda ijtimoiy-madaniy hayotni mafkuralashtirish jarayonini tarixiy tahlil qilish va uning respublikadagi ijtimoiy hayotga hamda milliy madaniyatga etkazgan zararli jihatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
O‘zbekistonda san’at sohasini kommunistik mafkuralashtirishning nazariy-konseptual jihatlari cheklanganligi, jumladan, sovet davrida unitilayozgan milliy san’atning chuqur tarixiy ildizga ega ekanligi va san’atda milliylik hamda baynalminallikning uyg‘unligi bilan izohlanishi asoslangan;
sovet ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarining cheklanganligi ta’limni mafkuralashtirish jarayoni bilan bog‘liqligi ochib berilgan;
yoshlar ongiga “rivojlangan sotsializm” g‘oyasini singdirish jarayonida nazariya va amaliyotning bir-biri bilan mos emasligi bu jarayonning muvaffaqiyasizligini oldindan belgilab berganligi va oqibatda yosh avlod qiyofasida ishonchsizlik va apatiya xususiyatlarining shakllanishiga olib kelganligi asoslangan;
1980-yillarning ikkinchi yarmidan o‘zbek ziyolilarining ommaviy axborot vositalarida o‘zlikni anglash uchun olib borgan kurashi jamiyatda milliy mustaqillik g‘oyalarining shakllanishida katta rol o‘ynaganligi yoritib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Mavzu yuzasidan ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
O‘zbekistonda ijtimoiy-madaniy hayotni mafkuralashtirish jarayonlarining tarixiy tahlili (1950-1991-yy.) bo‘yicha ishlab chiqilgan amaliy taklif va tadqiqotlar natijasi asosida:
O‘zbekistonda san’at sohasini kommunistik mafkuralashtirishning nazariy-konseptual jihatlari cheklanganligi, jumladan, sovet davrida unitilayozgan milliy san’atning chuqur tarixiy ildizga ega ekanligi va san’atda milliylik hamda baynalminallikning uyg‘unligi haqidagi xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Surxondaryo viloyatida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 26-apreldagi 240-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 13-maydagi 12-15-39-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur ma’lumotlar Surxondaryo viloyatida madaniyat va san’at sohasini yanada rivojlantirish borasidagi amalga oshirilgan ishlarni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qildi.
sovet ta’lim tizimini isloh qilish jarayonlarining cheklanganligi ta’limni mafkuralashtirish jarayoni bilan bog‘liqligi haqidagi xulosasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga muvofiq nashr etilgan “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” nomli o‘quv qo‘llanmani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023-yil 24-maydagi 03/11-24/05-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu ma’lumotlar asosida O‘zbekistonning ta’lim tizimi tarixini yangi materiallar bilan boyitishga xizmat qildi.
yoshlar ongiga “rivojlangan sotsializm” g‘oyasini singdirish jarayonida nazariya va amaliyotning bir-biri bilan mos emasligi bu jarayonning muvaffaqiyasizligini oldindan belgilab berganligi va oqibatda yosh avlod qiyofasida ishonchsizlik va apatiya xususiyatlarining shakllanishiga olib kelganligi Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining “Milliy davlatchiligimiz tarixi, buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy-ma’naviy merosini o‘rganish orqali aholi o‘rtasida milliy birdamlik, vatanga sadoqat, milliy o‘zligidan faxrlanish tuyg‘ularini kuchaytirish” mavzusidagi targ‘ibot ishlarini tashkil etishda foydalanilgan (Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 22-fevraldagi 85-son ma’lumotnomasi). Natijada dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar
1950 – 1991-yillar O‘zbekistonda ijtimoiy-madaniy hayotni mafkuralashtirish jarayonini tarixiy tahlil qilish va uning respublika ijtimoiy hayotiga hamda milliy madaniyatiga etkazgan zararli jihatlarini ochib berishni o‘rganishda xizmat qilgan.
1980-yillarning ikkinchi yarmidan o‘zbek ziyolilarining ommaviy axborot vositalarida o‘zlikni anglash uchun olib borgan kurashi jamiyatda milliy mustaqillik g‘oyalarining shakllanishida katta rol o‘ynaganligiga oid materialllar umumta’lim maktablarining 10-sinflari uchun tayyorlangan “O‘zbekiston tarixi” darsligining “1980-1990-yillarda O‘zbekiston”, “O‘zbekistonda ijtimoiy-siyosiy faollik va mustaqillik sari intilishning kuchayishi” nomli paragraflarini yozishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 22-maydagi 04-02/3-429-son ma’lumotnomasi). Natijada 10-sinflar uchun tayyorlangan “O‘zbekiston tarixi” darsligining yangi ilmiy ma’lumotlar bilan boyishiga xizmat qildi hamda ushbu ma’lumotlar yosh avlod tafakkurini kengayishi va ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdagi yangi ilmiy ma’lumotlarni to‘ldirilishiga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish