Choriev Sherzodjon Shokirjonovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiya ishi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): O‘zbekiston Milliy arxiv hujjatlarida O‘zbekiston SSR ijtimoiy-iqtisodiy tarixi (1924 – 1941 yillar), 07.00.08 – Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari (tarix fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.DSc/Tar207.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat pedagogika universiteti, DSc.03/30.12.2021.Tar.26.03
Ilmiy rahbar: Alimova Dilorom Agzamovna, tarix fanlari doktori, professor
Rasmiy opponentlar: Haydarbek Bobobekov Nazirbekovich, tarix fanlari doktori, professor; Ismoliova Jannat Hamidovna, tarix fanlari doktori, professor; Haydarov Izzatillaxon Maxmutalievich, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand Davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekiston Milliy arxivida saqlanayotgan O‘zbekiston SSR ijtimoiy-iqtisodiy, moliya-byudjet, sanoat, kollektivlashtirish, quloqlashtirish, sog‘liqni saqlash, ta’lim tizimi, ilm-fan sohasiga sohalariga tegishli arxiv fondlarilaridagi hujjatlarining manbaviy ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning  ilmiy yangiligi:
Respublika markaziy organlari fondlari (R-86, R-95, R-904)ning tarkibiy tahliliga ko‘ra, fuqarolarni avf etish bo‘yicha komissiya hujjatlari, eski o‘zbek yozuvida qayd etilgan quloq xo‘jaliklarining ro‘yxatlari, tashkilotlarni eski tuzum odamlaridan yoki diniy ta’limga ega bo‘lgan mullalar, eshonlar, mansabdorlarni ishdan bo‘shatish “sovet apparatini tozalash” ishlari, turli millat vakillarining sovet hokimiyatiga qarshi ommaviy noroziliklariga oid hujjatlar ilmiy iste’molga kiritilmaganligi aniqlangan;
respublika tashkil etilgan dastlabki yillarda byudjet harajatlari oshib ketib, ittifoq byudjetidan qarz olganligi, 1930 yillarda mahalliy hunarmandchilik, xususiy savdo sohalari, kolxozlarni kooperativlarga majburiy kiritish orqali yashirin iqtisodiyot ko‘rinishlari bartaraf etilganligi, ittifoq byudjetidan olingan mablag‘lar o‘zaro hisob kitob qilinib, majburan SSSR byudjetiga qaytarib o‘tkazilganligi moliyaviy hujjatlar asosida dalillangan;
1941 yilga kelib ittifoq oliy organlariga bevosita bo‘ysungan respublika sanoat korxonalarining yillik savdo aylanmasi respublika byudjetidan 3,5 barobar ortiq mablag‘ni tashkil etib, ushbu daromadlar to‘g‘ridan to‘g‘ri ittifoq byudjetiga borib tushganligi aniqlangan;
respublikaning ittifoq miqqiyosidagi 50% paxtani etishtirib berishi natijasida, XX asrning 30-yillarda kolxoz ishchilari va quloq xo‘jaliklarida “Paxta ishi” bo‘yicha  qatag‘on siyosati olib borilganligi Adliya xalq komissarligining statitistik hujjatlari asosida isbotlangan;
O‘zbekistonda olib borilgan er islohotlari, ommaviy kollektivlashtirish siyosati hamda aholi ijtimoiy sinflarini bolshevikcha stratifikatsiyalash natijasida yuzaga kelgan ishchi, xizmatchi va kolxozchi kabi ijtimoiy sinflar yordamida sovetlar o‘z hokimiyatini yanada mustahkamlagani dalillangan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi: O‘zbekiston Milliy arxiv hujjatlarida O‘zbekiston SSR ijtimoiy-iqtisodiy tarixi (1924 – 1941 yillar) bo‘yicha amalga oshirilgan tadqiqot bo‘yicha ilmiy xulosalar va amaliy takliflar asosida:
O‘zbekiston SSR Markaziy Ijro qo‘mitasi (R-86), Xalq komissarlari soveti (R-837), Moliya xalq komissarligi (R-93), Maorif xalq komissarligi (R-94), Statistika boshqarmasi (R-1619), Adliya xalq komissarligi (R-904) arxiv fondlari asosida O‘zbekistonning 1924 – 1941 yillardagi  ijtimoiy ta’minot, ijtimoiy-huquqiy, moliya byudjet, ta’lim, qatag‘on (aynan, paxta ishi), sanoat va industrlashtirish masalalariga oid tarixiy ma’lumotlar ilmiy iste’molga kiritilgan. (2024 yil 29 yanvardagi 01-28-04/168-sonli dalolatnomasi). Natijalar O‘zbekiston Milliy arxivi sovet davrining 1924 – 1941 yillarga oid arxiv fondlari bo‘yicha yangi tahrirdagi yo‘lko‘rsatkichini ishlab chiqilishiga asos bo‘lib xizmat qilgan;
Arxiv hujjatalari asosida Respublikada 30-yillarda paxta ishi bo‘yicha kolxozlar va quloq xo‘jaliklarda qatag‘on siyosati olib borilganligi haqida arxiv hujjatlari Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi fondiga topshirilib, uning ekspozisiyalarini boyitishda foydalanilgan (2024 yil 14 fevraldagi 3-sonli dalolatnomasi). Tadqiqot natijasida aniqlangan bir qator arxiv hujjatlaridan muzeyning qatag‘on qurbonlari ekspozisiyasini boyitishga xizmat qilgan;
Respublikada 30-yillarda paxta ishi bo‘yicha kolxozlar va quloq xo‘jaliklarda qatag‘on siyosati olib borilganligi, ta’lim tizimini tubdan isloh qilish siyosati natijasida an’anaviy va diniy ta’limga e’tiborning  pasayib ketishiga olib kelganligi, aholining sovet mafkurasi asosida stratifikatsiyalash ishlari olib borilganligi, davlat byudjeti, sanoat sohasidagi iqtisodiy amalga oshirilgan siyosati tarixiga oid arxiv hujjatlariga asoslangan ma’lumotlardan Xalqaro “Oltin meros” XJF tomononidan MDH davlatlari bilan uyushtirilayotgan tadbirlar, konferensiya va anjumanlarda foydalanilgan (2024 yil 15 fevraldagi №01-11/15-02-24 sonli dalolatnomasi). Natijalarning qo‘llanilishi MDH davlatlari bilan tashkil etilgan ilmiy anjumanlarda sovet hokimiyatining olib borgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatinining mohiyatini  asoslash imkonini bergan;
tadqiqot yuzasidan erishilgan ilmiy-nazariy xulosalar, jumladan, 30-yillarda “Paxta ishi” bo‘yicha  qatag‘on siyosati olib borilganligi, an’anaviy va diniy ta’lim tizimini yo‘q qilinishi, ijtimoiy huquqiy masalalar, ta’lim, sog‘liqni saqlash, ijtimoiy sinflar o‘rtasidagi ziddiyatlar, sanoat, byudjet tizimi, ommaviy kollektivlashtirish jarayonlaridagi ommaviy qarshiliklar haqidagi ma’lumotlardan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Tarixiy savol” va “Etno” ko‘rsatuvlarida ssenariy tayyorlashda foydalanilgan. Ushbu tadqiqot ishi O‘zbekistonda sovet davridagi ijtimoiy iqtisodiy jarayonlar mohiyatini teletomoshabinlarga etkazib berishda muhim ahamiyat kasb etgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi DUKning 2024-yil 20-martdagi 01-30-403-son ma’lumotnomasi). Ushbu natijalar teletomoshabinlarning O‘zbekiston SSR davrining  1924 – 1941 yillar bo‘yicha tarixiy fikrlash doirasini kengaytirishga va yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga xizmat qilgan;
dissertatsiya natijalaridan yoshlarga sovet davriga oid arxiv hujjatlarining manbaviy ahamiyati, tadqiqot olib borish uslubi, sovet hokimiyatining respublikamizda olib borgan quloqlashtirish, ommaviy kollektivlashtirish va qatag‘on siyosati hamda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, aholi ijtimoiy sinflarni stratifikatsiyalash, iqtisodiyotning byudjet, moliya va sanoat sohalarida pul mablag‘larining  o‘zlashtirilishi oid tarixiy ma’lumotlaridan Yoshlar ishlari agentligi tomonidan olib borilgan ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlarida foydalanilgan (2024 yil 15 fevraldagi 1-01-21-518-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy xulosalar yosh avlodga sovet hokimiyatining dekolonial siyosati oqibatlarini hamda respublikamizning mustaqillik yillarida ijtimoiy va iqtisodiy sohada erishgan yutuqlarini qiyosiy tahlillar asosida tushuntirib berish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish