Sayfulloev Oybek Olimovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqidagi e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar:
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Agroturizm sohasiga investitisiyalarni jalb etishning boshqarish mexanizmini takomillashtirish”, 08.00.17 – Turizm va mehmonxona faoliyati, 08.00.13 - Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Iqt2312
Ilmiy rahbar: Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/05.05.2023.I.72.05.
Rasmiy opponentlar: Ibragimov Nutfillo Salimovich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc), professor; Norov Asror Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori (DSc).
Yetakchi tashkilot: Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: agroturizm sohasiga investisiyalarni jalb etishning boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ilmiy-amaliy taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
agroturizm bo‘yicha investision jozibadorlikni baholash uslubiyoti hududlarni “salohiyatli” (0 ≤ Rj < 0,25), “o‘suvchi” (0,25 ≤ Rj < 0,5), “barqaror” (0,5 ≤ Rj < 0,75) va “istiqbolli” (0,75 ≤ Rj ≤ 1,0) darajalarga tasniflash taklifi asosida takomillashtirilgan;
hududlarda agroturizmni tashkil etish va faoliyat yuritishini boshqarishning maqbul varianti sifatida boshqaruv, xizmat ko‘rsatish tuzilmalari, agroturizm xizmatlari konsentratsiyasiga asoslangan “hududiy agroturizm klasteri” taklifi asoslangan;
agroturizmga investisiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda poliinvestor, monoinvestor va klassik boshqaruv usullariga asoslangan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi hamkorlikka ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligi asoslangan;
Buxoro viloyatida amalga oshirilishi belgilangan agroturizm yo‘nalishidagi investision loyiha ko‘rsatkichlari diskont usuli yordamida tahlil qilingan va “inflyasiya kutilmasi”, “qayta moliyalashtirish stavkasi”, “risksiz stavka” asosida agroturizmning bozorga moyillik darajasining 2028-yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Agroturizm sohasiga investitisiyalarni jalb etishning boshqarish mexanizmini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan ilmiy taklif va amaliy tavsiyalar asosida:
agroturizm bo‘yicha investision jozibadorlikni baholash uslubiyoti hududlarni “salohiyatli” (0 ≤ Rj < 0,25), “o‘suvchi” (0,25 ≤ Rj < 0,5), “barqaror” (0,5 ≤ Rj < 0,75) va “istiqbolli” (0,75 ≤ Rj ≤ 1,0) darajalarga tasniflash taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi tomonidan tasdiqlangan “Romitan va Kogon tumanlarining turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 5-iyuldagi 03-10-17-915 – sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy etilishi agroturizm bo‘yicha yuqori investision salohiyatga ega bo‘lgan Buxoro, Kogon, Romitan va Qorovulbozor tumanlarining mavjud raqobat ustunliklaridan kelib chiqib, ushbu hududlarga investisiyalarni jalb qilish bo‘yicha muvozanatli rivojlantirish strategiyalarini shakllantirishda asos bo‘lib xizmat qilgan;
hududlarda agroturizmni tashkil etish va faoliyat yuritishini boshqarishning maqbul varianti sifatida boshqaruv, xizmat ko‘rsatish tuzilmalari, agroturizm xizmatlari konsentratsiyasiga asoslangan “hududiy agroturizm klasteri” taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-135-sonli qarorining 8-ilovasini ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 5-iyuldagi 03-10-17-915 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Romitan va Kogon tumanlarining turistik salohiyatini oshirish bo‘yicha 2024-yilda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar rejasi”ga Kogon tumanining Choloqi va Niyoz Hoji hamda Romitan tumanining Azizon, Samosiy, Xosa va Marziya turistik mahallalarida agroturizmni rivojlantirish maqsadida qishloq turistik klasterlarini tashkil qilish taklifi kiritilishida asos bo‘lgan;
agroturizmga investisiyalarni jalb qilishga yo‘naltirilgan hududiy dasturlarni ishlab chiqish va ularni amalga oshirishda poliinvestor, monoinvestor va klassik boshqaruv usullariga asoslangan davlat-xususiy sheriklik shaklidagi hamkorlikka ustuvorlik berish maqsadga muvofiqligi asoslangan taklifidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi “2023-yilda qishloq xo‘jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi PQ-113-sonli qarorining 4-ilovasi “O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 — 2030-yillarga mo‘ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalarni 2023-yilda amalga oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi”ni ishlab chiqishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 5-iyuldagi 03-10-17-915 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, muallif tomonidan taklif etilgan poli investor, mono investor va klassik boshqaruv usullari qishloq hududlarida agroturizmni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi loyihasini ishlab chiqilishida muayyan darajada xizmat qilgan;
Buxoro viloyatida amalga oshirilishi belgilangan agroturizm yo‘nalishidagi investision loyiha ko‘rsatkichlari diskont usuli yordamida tahlil qilingan va “inflyasiya kutilmasi”, “qayta moliyalashtirish stavkasi”, “risksiz stavka” asosida agroturizmning bozorga moyillik darajasining 2028-yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan “Buxara Varnet” MChJ faoliyatida foydalanilgan. (O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasining 2024-yil 5-iyuldagi 03-10-17-915 – sonli ma’lumotnomasi). Natijada, korxona tomonidan barpo etilayotgan agroturizm kompleksiga 2024 – 2030-yillar oralig‘ida 10 469,3 mln. so‘m miqdorida investisiya yo‘naltirilishi bo‘yicha investision dastur qabul qilingan.