Ergashev Shavkat Murodovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbekiston tog‘ oldi mintaqasida kovul (Capparis spinosa L.) o‘simligini etishtirishning samaradorligi”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Qx757.
Ilmiy rahbar: Rabbimov Abdullo, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Ortikova Lola Soatovna, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falasafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Respublikamiz markaziy mintaqasi Samarqand viloyati sharoitida kovul etishtirishda urug‘lar unuvchanligi va ekinboplik sifatini oshirish, urug‘larni stratifikatsiyalash, ekish muddatlarini va chuqurligi ishlab chiqish.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor turli areallardan terib olingan kovul urug‘larini ekish sifati o‘rganilgan, unda urug‘larning unuvchanligi pastligi va tinim davri uzoqligi aniqlangan;
kovul urug‘lari unuvchanligini oshirish uchun 90 kun davomida sovuq stratifikatsiyalash (kovul urug‘larini dekabr`-fevral` oylarida 3/1 nisbatda namlangan daryo qumiga aralashtirib, ochiq havoda 20 sm chuqurlikda saqlanganda) laboratoriya unuvchanligini 86,4% ,dala unuvchanligini 69,7% bo‘lishini ta’minlagan;
stratifikatsiyalangan urug‘larni issiqxona va dala sharoitlarida ekishning maqbul muddatlari (fevral`-mart) va ekish chuqurligi (2-3 sm) ishlab chiqilgan;
kovul barglarining chorva uchun ozuqabopligi, oziq ovqat uchun gul g‘uncha hosildorligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Samarqand viloyatining tog‘ oldi yarim cho‘l mintaqasida kovul - Capparis spinosa L. o‘simligini etishtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari natijalari asosida:
“Samarqand viloyati adirlari sharoitida kovul - Capparis spinosa L. o‘simligini etishtirish bo‘yicha agrotexnik tavsiyalar” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 14.09.2023 yildagi 04/21-05/4050 son ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliglari uchun qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Samarqand viloyatining Nurobod tumanidagi adir mintaqasida joylashgan “Baxrom bobo” fermer xo‘jaligida kovulning 2,0 gektardan iborat plantatsiyasi barpo etilib, (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 14.09.2023 yildagi 04/21-05/4050 son ma’lumotnomasi). Bunda jami 1360 kg eksportbop mahsulot olingan gektaridan 53,4 mln. so‘mlik sof foyda olinib, rentabellikning 90,0% bo‘lishiga erishilgan;
Ishtixon tumanidagi “Hasan bobo” fermer xo‘jaligida 1,0 gektardan iborat kovul plantatsiyasi barpo etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 14.09.2023 yildagi 04/21-05/4050 son ma’lumotnomasi). Ushbu plantatsiyadan o‘simliklar hayotining uchinchi yilidan boshlab yiliga gektaridan 750 kg eksportbop mahsulot olinib, gektaridan 29,45 mln. so‘mlik sof foyda olinishiga va rentabellikning 99,3% bo‘lishiga erishilgan;
Jomboy tumanining “Balli Azamatlar” fermer xo‘jaligida 1,0 ga maydonda kovul plantatsiyasi barpo etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 14.09.2023 yildagi 04/21-05/4050 son ma’lumotnomasi). Natijada, gektaridan 620 kg mahsulot olingan va 24,3 mln. so‘m sof daromad olinib, rentabellikning 81,9% bo‘lishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish