Xurmatov Yo‘ldashali Ergashalievichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘o‘za navlari hosildorligiga agrotexnik va abiotik omillarning ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Qx1125
Ilmiy rahbar: Axmedov Djamalxan Xodjaxanovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy–tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xoʻjaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Teshaev Fatullo Jo‘raqulovich, qishloq xoʻjaligi fanlari  doktori, professor; Abduraxmonov Xusniddin Eshmamatovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, katta ilmiy xodim.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Farg‘ona vilouatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida o‘rta tolali Sulton va S-8290 g‘o‘za navlarining hosildorligini oshirishda mineral o‘g‘itlar me’yorlari, ko‘chat qalinligi hamda abiotik omillarining, uning o‘sishi, rivojlanishi va morfo-biologik xususiyatlariga ta’sirini aniqlashdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Farg‘ona viloyatining o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida o‘rta tolali Sulton va S-8290 g‘o‘za navlarining hosildorligini oshirishda gektariga 80-90 va 100-110 ming tup ko‘chat qalinligi bo‘lganda, uillik me’yori N200P140K100 kg/ga mineral o‘g‘itlar qo‘llanilgan 4-5 va 13-14 variantlarda hosil shoxi boshqa variantlarga nisbatan 0,8-1,5; 0,5-0,8 donaga, ko‘saklar esa 0,2-0,3; 0,3-0,4 donaga ko‘proq shakilinlanishida xavoning nisbiu namligi o‘rtacha 57,67, samarali xavo xarorat yig‘indisi 2016,10 0C bo‘lishi yuqori hosil olishga ijobiy ta’sir qilganligi aniqlangan.
Sulton va S-8290 g‘o‘za navlarining ko‘chat qalinligi 80-90 va 100-110 ming tup, mineral o‘g‘itlar me’uori N200P140K100 kg/ga bo‘lgan varintlarda, g‘o‘zani fotosintez sof mahsuldorligi navlarga mos ravishda o‘rtacha 0,8-0,9; 1,7-2,0 (g/m2 sutka) boshqa variantlarga nisbatan ko‘p shakillanishi aniqlangan.
g‘o‘zani navlari o‘sib rivojlanishida abiotik omillarni ta’sirini o‘rganish, qator orasida xavoning aulanishiga, ko‘chat qalinliklarini to‘g‘ri belgilashga, hosil elementlarini ko‘proq shakillanishiga, o‘g‘it me’yorlarini to‘g‘ri taqsimlashga, samarali xavo xaroratini tezroq olishi hisobiga paxta tolasini tezroq pishib etilishi, tola sifat ko‘rsatkichlariga ijobiy ta’siri va iqtisodiy samaradorligi aniqlangan.
g‘o‘za navlarini maqbul ko‘chat qalinligida parvarishlab, paxta tolasini erta pishib etilishi va sifatini yaxshilash maqsadidi o‘g‘it me’yori N200P140K100 kg/ga qo‘llanilgan 4 va 14 variantlarda o‘rtacha sof foyda boshqa variantlarga nisbatan 1480-4350 ming va 1408-2612 ming so‘mgacha, rentabellik ko‘rsatkichi o‘rtacha 1,9-21,6 va 3,8-13,6% gacha yuqori bo‘lishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyati o‘tloqi soz tuproqlari sharoitida g‘o‘zaning o‘rta tolali Sulton va S-8290 navlarining hosildorligi va tola sifati, ko‘chat qalinliklari, mineral o‘g‘itlar me’yorlari hamda tashqi muhit omillarga bog‘liqligi o‘rganish bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar natijalariga asosan:
fermer xo‘jaliklari va klasterlar uchun “G‘o‘za navlarining hosildorligiga agrotexnik va abiotik omillarning ta’siri” nomli tavsiyanoma chop etilib, tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 maydagi 05/04–04–224–son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma bugungi kunda fermer xo‘jaliklari va klasterlarda g‘o‘zadan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda amaliy qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda.
Sulton va S-8290 g‘o‘za navlarini maqbul ko‘chat qalinligi va mineral o‘g‘itlar me’yorlari bo‘yicha Farg‘ona viloyatida jami 129,6 gektar maydonga Quva tumanida “Oltin Diyor Oq Oltin” fermer xo‘jaligida 30,6 ga, ”Aziz Sardor Diyori” fermer xo‘jaligida 65,0 ga, “Asilbek Muhammad Hosili” fermer xo‘jaligida 34,0 ga. Jumladan Andijon viloyatida ham jami 129,6 gektar maydongan joriy etilgan, shundan Shahrixon tumani “Abdumutallib” fermer xo‘jaligida 35,9 ga, “Iqbol” fermer xo‘jaligida 20,3 ga, “Fayzullo” fermer xo‘jaligida 29,1 ga, “Dilyorbek paxta barakasi” fermer xo‘jaligida 22,9 ga, “Ahroriddin” fermer xo‘jaligida 21,4 ga. maydonlarga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 maydagi 05/04/04–224-son ma’lumotnomasi). Natijada Quva tumanidagi fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida etishtirilgan paxta hosili o‘rtacha 33,9 s/ga, ni Shahrixon tumanidagi fermer xo‘jaliklari dala maydonlarida etishtirilgan paxta hosili esa 35,4 s/ga hosil olinib, ko‘chat qalinligi hisobiga 2,6 s/ga, o‘g‘it hisobiga 2,1 s/ga qo‘shimcha hosil olingan.
G‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli hosil olishda agrotexnik va abiotik omillarning ta’siri o‘rganilganda g‘o‘zaning S-8290 navida ko‘chat qalinligi 100-110 ming tup, mineral o‘g‘itlar me’yori N200P140K100 kg/ga qo‘llanilganda jami 259,2 gektar maydonga joriy etilgan. (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 28 maydagi 05/04/04–224-son ma’lumotnomasi). Natijada shartli sof foyda (3 352 750 so‘m/ga) va rentabellik darajasi o‘rtacha 32,9 foizni, g‘o‘zaning Sulton navida ko‘chat qalinligi 80-90 ming tup, mineral o‘g‘itlar me’yori N200P140K100 kg/ga qo‘llanilganda shartli sof foyda (3 825 000 so‘m/ga) o‘rtacha rentabellik ko‘rsatkichi 32,9 foizni tashkil etgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish