Tadjiboev Xasanboy Rustambek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xo‘jag‘at (malina) navlarini agrobiologik xususiyatlari va hosildorligini oshirishda o‘g‘itlarning ta’siri (Andijon viloyati misolida)”, 06.01.07 – Mevachilik va uzumchilik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.3.PhD/Qx795.
Ilmiy rahbar: Abdullaeva Xilola Ravshanovna, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Normuratov Ilhom Turg‘unovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Shoumarov Xikmat Baxromovich, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi xo‘jag‘at navlarini muhim agrobiologik xususiyatlarini aniqlash, yuqori xosildor, biokimyoviy va texnologik qayta ishlashga yaroqli navlarni tanlash, hosildorlikni oshirishda turli me’yordagi o‘g‘itlarning ta’sirini aniqlash va ishlab chiqarishga tadbiq etishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor oddiy va remontant xo‘jag‘at navlarini agrobiologik xususiyatlarini tadqiq etish natijasida hosildorligi yuqori hamda Andijon viloyati tuproq iqlim sharoitilariga mos istiqbolli Maravilla va Gerakl navlari tanlab olingan;
organik va mineral o‘g‘itlarning N120P95K80 +30 t/ga me’yori qo‘llanilganda fenologik fazalarni erta o‘tishi va hosilning erta pishib etilishi aniqlangan;
organik va mineral o‘g‘itlar ta’sirida novdalarning o‘sishi N120P95K80+20 t/ga me’yori qo‘llanilganda, eng yuqori ko‘rsatkichlar Maravilla navida 181,7 sm, Gerakl navida 189,4 sm ga etishi aniqlangan;
tuproqning ta’minlanganlik darajasi eng yuqori ko‘rsatkich, N120P95K80+20 t/ga o‘g‘it me’yori qo‘llanilganda, gumus 1,22-1,24% ga, harakatchan fosfor 42,2-42,4% ga, almashinuvchi kaliy 206-208% ga ortganligi isbotlangan;
tanlab olingan Maravilla va Gerakl navlari mevasining biokimyoviy tarkibini oshirishda N180P145K120+10 t/ga o‘g‘it meyorini qo‘llash qand miqdorini 14,0-13,8% ga, quruq moddani 15,6-15,4% ga, askarbin kislota miqdorini esa 1,5-1,5% ga oshirishi aniqlangan;
xo‘jag‘at nav namunalarining hosildorlik ko‘rsatkichlariga ko‘ra, eng yuqori natija N120P95K80+20 t/ga o‘g‘it me’yori qo‘llanilganda Maravilla navida 211,7 s/ga va Gerakl navida 248,2 s/ga ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xo‘jag‘at (malina) navlarini agrobiologik xususiyatlari va hosildorligini oshirishda o‘g‘itlarning ta’siri bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqot natijalari asosida:
Fermer xo‘jaliklari, rezavor mevalarni etishtiruvchi mutaxassislar va shaxsiy tomorqa er egalari uchun «Ho‘jag‘at etishtirish» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-225-sonli ma’lumotnomasi). Ushbu tavsiyanoma fermer xo‘jaliklari va shaxsiy tomorqa maydonlarida ho‘jag‘at etishtirishda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
ho‘jag‘atning oddiy va remontant navlarini etishtirish ishlanmasi Andijon viloyati Izboskan tumanidagi Akademik M.Mirzaev nomidagi bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Andijon ilmiy-tajriba stansiyasida 1,0 ga, Andijon viloyati Asaka tumanidagi “Shuhratbek buyuk kelajagi” fermer xo‘jaligida 0,50 ga va “Asakalik Obid” fermer xo‘jaligida 0,50 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada hosildorlik o‘rtacha 15-25 t/ga oralig‘ida bo‘lishi, iqtisodiy samaradorlik 50-60% gacha ko‘tarilishiga erishilgan.
xo‘jag‘at navlarini parvarishlash ishlanmasi Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumanidagi “Mo‘minjon ota Ismoilov” fermer xo‘jaligida 1,0 ga maydonda joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 28 maydagi 05/04-04-225-sonli ma’lumotnomasi). Natijada ekilgan ko‘chatlar ikkinchi yili hosil bera boshlagan va 1,5x0,5 m sxemada hosildorlik o‘rtacha 15-25 t/ga oralig‘ida bo‘lishi, iqtisodiy samaradorlik 50-60% gacha ko‘tarilishiga erishilgan.