Mamadaliev Muxammadkarim Zoirjon o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Kuzgi bug‘doyning o‘sishi, rivojlanishi va hosildorligiga sholi poxoli, mahalliy hamda ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining ta’siri (Farg‘ona viloyati o‘tloqi-saz tuproqlari sharoitida)”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Qx1402
Ilmiy rahbar: Turdaliev Avazbek Turdalievich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti, PhD.05/30.10.2020.Qx.126.01.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Sodiqjon Obidovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Iminov Abduvali Abdumannobovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-saz tuproqlari sharoitida sholidan bo‘shagan maydonlarda sholi poxoli, mahalliy va ma’dan o‘g‘itlar me’yorlarining kuzgi bug‘doy don hosili va sifatiga ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-saz tuproqlar sharoitida sholidan so‘ng kuzgi bug‘doydan sifatli va yuqoridon hosili etishtirishda 6 t/ga sholi poxoli mahalliy o‘g‘itni 20 t/ga me’yori bilan foydalanish fonida mineral o‘g‘itlarni N100P75K50 kg/ga me’yori maqbul ekanligi aniqlangan;
kuzgi bug‘doyni sholidan so‘ng parvarishlashda sholi poxoli mahalliy o‘g‘itni 20 t/ga me’yori bilan foydalanish fonida mineral o‘g‘itlarning maqbul N100 P75 K50 kg/ga me’yori qo‘llanilganda o‘simliklarning fotosintetik faoliyati yaxshilanib, fotosintetik potensiali nisbatan yuqori bo‘lib, boshoqlash-gullash davrida-757,6 sm2/o‘simlikni, hamda gullash-sut pishish davrlarida-968,1 sm2/o‘simlikni tashkil etganligi aniqlangan;
o‘rganilgan hudud tuproqlarida sholi poxoli mahalliy o‘g‘itni 20 t/ga me’yori bilan foydalanish fonida mineral o‘g‘itlarning maqbul N100P75K50 kg/ga me’yori qo‘llash hisobiga bir boshoqdagi don soni, bir boshoqdagi don vazni va 1000 dona don vazni ortib, mineral o‘g‘itlar me’yori N200P140K100 kg/ga qo‘llanilgan 2-variantga nisbatan 5,3 s/ga qo‘shimcha don hosili olinganligi aniqlangan;
sholi poxoli mahalliy o‘g‘itni 20 t/ga me’yori bilan foydalanish fonida mineral o‘g‘itlarni tejash imkoni yaratilib, rentabellik darajasi 73,4%ni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Farg‘ona viloyatining o‘tloqi saz tuproqlari sharoitida sholidan so‘ng kuzgi bug‘doydan yuqori don hosili etishtirish agrotadbirlarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot natijalari asosida:
sholidan so‘ng kuzgi bug‘doydan sifatli va yuqoridon hosili etishtirish bo‘yicha “Farg‘ona viloyati o‘tloqi saz tuproqlari sharoitida kuzgi bug‘doy parvarishida organik va mineral o‘g‘itlar qo‘llash bo‘yicha” tavsiyanoma ishlab chiqilgan va tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 30-yanvardagi 06/22-07/26-son ma’lumotnomasi). Mazkur tavsiyanoma viloyat qishloq xo‘jaligi mutaxassislari va g‘alla etishtiruvchi dehqon, fermer xo‘jaliklarida muhim ko‘rsatma sifatida xizmat qilmoqda;
kuzgi bug‘doy parvarishida sifatli va yuqoridon hosili etishtirishda ishlab chiqilgan sholi poxoli, mahalliy va mineral o‘g‘itlarni qo‘llashning maqbul me’yorlari Farg‘ona viloyatining Yozyovon tumanidagi “Far quyoshli yurt” fermer xo‘jaligida 10 gektar, “Rustamjon Solijonov” fermer xo‘jaligida 15 gektar, “Boqiy” fermer xo‘jaligida 17 gektar, tuman bo‘yicha jami 42 (qirq ikki) gektar maydonda joriy qilingan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 30-yanvardagi 06/22–07/26-son ma’lumotnomasi). Natijada kuzgi bug‘doy parvarishida yuqori samaradorlikka erishilgan 60,7–62,1 s/ga don hosili olinib, anʼanaviy usulda qo‘llanilayotgan agrotadbirlarga nisbatan 4,3–6,5 s/ga qo‘shimcha don hosili olingan.
Tadqiqot natijasida, 2022–2023-yillar mobaynida Farg‘ona viloyatining o‘tloqi-saz tuproqlar sharoitida fermer xo‘jaliklarida kuzgi bug‘doy parvarishlashda 6 t/ga sholi poxoli 20 t/ga go‘ng bilan birga foydalanish va mineral o‘g‘itlarni N100P75K50 kg/ga me’yorida qo‘llangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil yanvardagi 06/22–07/26-son ma’lumotnomasi). Natijasida sof daromad 5 730,7–6 290,1 ming so‘mni, rentabellik darajasi esa 54,5–57,2 %ni tashkil etgan.