Ametova Sapargul Berdimuratovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Qoraqalpog‘iston respublikasining shӯrlangan tuproqlari sharoitida  yapon soforasi va siren bargli katalpa daraxtlari  ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasi”, 06.03.01 - O‘rmon ekinlari. Seleksiya, urug‘chilik va shaharlarni ko‘kalamzorlashtirish. O‘rmonlar agromelioratsiyasi va himoya o‘rmonlarini barpo etish (Qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Qx779.
Ilmiy rahbar: Kojaxmetov Sovetbek Kojaxmetovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, DSc.05/29.04.2022.Qx.13.04.
Rasmiy opponentlar: Qayimov Abduxalil, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Mamutov Baxrom Xo‘janiyazovich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori.
Yetakchi tashkilot: O‘rmon xo‘jaligi agentligi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Qoraqalpog‘iston respublikasining shӯrlangan tuproqlari sharoitida yapon soforasi (Sophora japonica L) va siren bargli katalpa (Catalpa speciosa) daraxtlari  ko‘chatlarini etishtirishda kam sarf-xarajat qilgan holda, mineral o‘g‘itlar, o‘stiruvchi moddalar, sug‘orish me’yori qo‘llashni maqbul muddati va samarali me’yorlarini ishlab chiqish, ko‘chatlarni etishtirish muddatlarni qisqartirish hamda parvarishlangan agrotexnikasini ilmiy asosda ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marotaba Koraqolpog‘iston Respublikasining sug‘oriladigan o‘tloqi-allyuvial tuproqlarini oziqa moddalar bilan ta’minlanganligi haydov qatlamida gumus miqdori o‘rtacha 1,214-1,317%, yalpi azot 0,017-0,018%, harakatchan fosfor 42,0-52,0 mg/kg va harakatchan kaliy 239-264 mg/kg gacha bo‘lib, sho‘rlanish darajasi xlorid sulfatli va sulfatli bo‘lganligi aniqlangan;
kam va o‘rta sho‘rlangan tuproqlarda urug‘larning unib chiqishiga geteroauksin eritmasining 200 mg/l me’yori qo‘llanilganda yapon soforasi 142,8% hamda siren bargli katalpa urug‘lari unuvchanligi 150% bo‘lishi isbotlangan;
kam sho‘rlangan tuproqlarda mineral o‘g‘itlarning sofora ko‘chatlariga N60P60K30 kg/ga me’yori, hamda katalpa ko‘chatlariga N90P60 kg/ga me’yorlari, o‘rta sho‘rlangan tuproqlarda yapon soforasi ko‘chatlarining vegetatsiyasi davri davomida mineral o‘g‘itlarning N60P60K30 kg/ga me’yorlarida qo‘llash yuqori samara berishi ilmiy asoslangan;
Siren bargli katalpa ko‘chatlarini kam sho‘rlangan tuproqlarda etishtirishda ChDNSga nisbatan 60-70%, o‘rta sho‘rlangan tuproqlarda ChDNSga nisbatan 70-80% tartibda mavsum davomida 8 marta sug‘orish yaxshi natija berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpog‘iston respublikasining shӯrlangan tuproqlari sharoitida yapon soforasi va siren bargli katalpa daraxtlari  ko‘chatlarini etishtirish texnologiyasini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
tadqiqot natijalari asosida “Qoraqalpog‘iston respublikasining sho‘rlangan tuproqlari sharoitida yapon soforasi va siren bargli katalpa daraxtlari ko‘chatlarini jadal etishtirish texnologiyasi” nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qoraqalpog‘iston respublikasi transport vazirligining 2023 yil 11 dekabrdagi 3125-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma obodonlashtirish va yo‘l ko‘kalamzorlashtirish boshqarmalarida qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
Sofora va katalpa urug‘ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Nukus shahar obodonlashtirish boshqarmasining 1,0 ga ko‘chatzorida joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi transport vazirligining 2023 yil 11 dekabrdagi 3125-son ma’lumotnomasi). Natijada 10 ming donadan standartli siren bargli katalpa va yapon soforasi urug‘ko‘chatlari etishtirilib, ko‘chat etishtirish muddati 1-2 yilga qisqarishiga erishilgan.
Siren bargli katalpa va yapon soforasi ko‘chatlarini etishtirish ishlanmasi Nukus shahar Qoraqolpoqyo‘lko‘kalam unitar korxonasida 1,0 gektar maydonda joriy etilgan (Qoraqalpog‘iston respublikasi transport vazirligining 2023 yil 11 dekabrdagi 3125-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘rmon xo‘jaliklarda va shahar tasarrufidagi ko‘chatzorlarda siren bargli katalpa va yapon soforasini etishtirish 1-2 yilga qisqarib, avtomobil` yo‘llarining meliorativ holati yaxshilanishiga obodonlashtirish va ixota daraxtzorlarini yaratishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish