Hakimova Ruxsatoy Begmurodovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «To‘dako‘l suv ombori mahalliy ixtiofaunasi asosiy ovlanadigan baliq turlarining biologik xususiyatlari», 03.00.15 – Ixtiologiya (biologiya fanlari).
Dissertasiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2019.3.PhD/B382.
Ilmiy rahbar: Kamilov Baxtiyar Ganievich, biologiya fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat agrar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti huzuridagi PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Kuzmetov Abdulaxmet Raymberdievich, biologiya fanlari doktori, professor; Mullabaev Nodirbek Ravshanbekovich, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: yaylov akvakulturasi texnologiyasi qo‘llanilgan sharoitda To‘dako‘l suv omboridagi muhim ovlanish obektlari hisoblanadigan mahalliy ixtiofaunaning invaziv turlari biologik xususiyatlariga baho berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk marta Zarafshon daryosi quyi oqimi suv havzasida Evroosiyoda keng tarqalgan baliq turlarining shakllangan populyasiyalari morfologik va morfometrik ko‘rsatkichlari aniqlangan va ularning tur o‘zgaruvchanligiga mos kelishi isbotlangan;
baliq to‘dalari o‘sish ko‘rsatkichlari aniqlangan shuningdek, mahalliy sharoitda baliqlar yoshi va o‘sish sur’atini aniqlashda tangachalaridan qayd qiluvchi tuzilma sifatida foydalanish mukinligi asoslangan;
turlarning yangi sharoitdagi jinsiy voyaga etishi uchun zarur ozuqa meneriallari aniqlangan va o‘rganilayotgan baliq to‘dalari serpushtlik ko‘rsatkichlari baholangan;
To‘dako‘l suv omborida oq sla, oqcha, kumushtovon baliq jinsiy voyaga etish tezligi, shuningdek, mutlaq va nisbiy serpushtlik ko‘rsatkichlari bu turlar arealida eng yuqori ekanligi aniqlangan va suv havzasi yaylov akvakulturasi sharoitida populyasiyalarning ko‘payuvchanlik xusussiyatini belgilashi, sanoat usulida ovlashni boshqarishning samarali choralari bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqigan;
To‘dako‘l suv omborida iqtisodiy ahamiyatiga ega bo‘lgan baliq resurslari holati baholangan va baliq mahsuldorligini oshirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
To‘dako‘l suv ombori mahalliy ixtiofaunasi asosiy ovlanadigan baliq turlarining biologik xususiyatlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
baliq pitomnigidan ovlangan bir yillik xashaki kumush tovonbaliqlar suv omborining suv osti o‘simliklariga boy bo‘lgan qo‘ltig‘iga 50 dona/1ga o‘stirish tig‘izligida o‘tkazilgan, ya’ni yaylov akvakulturasi usuli “Navoiybaliqsanoat” MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 11 iyundagi 02/23-1333-son ma’lumotnomasi). Natijada, kuzda ushbu qo‘ltiqdan tanasining uzunligi 23,4-29,5 (o‘tgan yillar ko‘rsatkichi 14,5-19,8) sm., og‘irligi 800 -1000 g.bo‘lgan 1980 kg. qo‘shimcha baliq ovlanib, ovlash samaradorligini 130 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.
oq sla balig‘ini tutishda qirg‘oq yaqinida katak o‘lchami 55 mm. va undan katta qo‘yma to‘rlar yordamida baliq ovlash usuli “Golden lake fish” MChJda amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 11 iyundagi 02/23-1333-son ma’lumotnomasi). Natijada, bitta qayiqdagi baliqchining oq sla balig‘ini ovlashi sutkasiga 3 kg.dan 7,2 kg.ga oshib, ovlash samaradorligi 140 %ga, rentabellilik darajasini 32,7%ga oshirish imkonini bergan;
muayyan baliq turlarining urchish joylariga ko‘chish yo‘liga erta bahorda qo‘yma to‘r qo‘yish usuli “Golden lake fish” korxonasida amaliyotga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 11 iyundagi 02/23-1333-son ma’lumotnomasi). Natijada, suv havzasidan 2022 -yilgacha bir qayiqdagi baliqchi kuniga 9,6 kg. kumushtovon baliq, oddiy oqcha, chavoq baliqlar ovlagan bo‘lsa, 2022 -yilda bu baliqlardan o‘rtacha 16,2 kg. baliq ovlab, ovlash samaradorligini 145 % ga oshirish imkoniyati yaratilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish