Muxtarov Shavkat Qodirovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Strategik menejment yondashuvlari asosida oliy ta’lim tizimi boshqaruvi samaradorligini oshirish”, 08.00.13 – Menejment.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt3104.
Ilmiy maslahatchi: Qahhorov Otabek Siddiqovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Buxoro muhandislik-texnologiya instituti, PhD.30/30.09.2022.1.101.04.
Rasmiy opponentlar: Ochilov Akrom Odilovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Norov Asror Egamberdievich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand servis va iqtisidiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: strategik menejment yondashuvlari asosida oliy ta’lim tizimi boshqaruvi samaradorligini oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
oliy ta’lim muassasalari strategik boshqaruvi samaradorligini baholash yondashuvi hududiy ta’lim klasteri doirasida muassasalarning ilmiy, ta’lim, ishlab chiqarish, resurs va axborot salohiyatidan birgalikda samarali foydalanishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
ta’lim xizmatlari bozorida “fan – ta’lim - ishlab chiqarish” integrallashgan boshqaruvi samaradorligini baholash yondashuvi davlat-xususiy sherikchiligining optimalligida xususiy sektorga ustuvorlik berishga ko‘ra takomillashtilgan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalarida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash strategik boshqaruv samaradorligi uslubiy jihatdan bitiruvchilarni ishga joylashishida │thisob│tjad sharti qanoatlantirilishi hamda talabalikka qabul qilinganlar soni va professor-o‘qituvchilar tarkibining miqdoriy-sifat ko‘rsatkichlari ishga joylashishiga ta’siri mazmuniy-iqtisodiy jihatdan ahamiyatliligi asoslab berilgan;
Buxoro viloyatida 2028 yilgacha bo‘lgan davrda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashishning prognoz parametrlari, jumladan bakalavriat ta’lim bosqichiga qabul hamda faol korxonalar va tashkilotlar bilan munosabatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan;
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Strategik menejment yondashuvlari asosida oliy ta’lim tizimi boshqaruvi samaradorligini oshirishga oid tadqiqotda olingan ilmiy natijalari asosida:
oliy ta’lim muassasalari strategik boshqaruvi samaradorligini baholash yondashuvi hududiy ta’lim klasteri doirasida muassasalarning ilmiy, ta’lim, ishlab chiqarish, resurs va axborot salohiyatidan birgalikda samarali foydalanishga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 14 apreldagi “Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 213-son qarorini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 26 oktyabrdagi 01-02/35b8 - sonli ma’lumotnomasi). Taklif ixtisoslashtirilgan tuzilmalar imkoniyatidan to‘laroq foydalanish, ishlab chiqarish – fan – ta’lim integratsiyasi va innovatsion texnologiyalar sinergetik samaradorligini yanada oshirish, infratuzilma faoliyatini muvofiqlashtirish imkoniyatlarini kengaytirishga muayyan darajada xizmat qilgan;
ta’lim xizmatlari bozorida “fan – ta’lim - ishlab chiqarish” integrallashgan boshqaruvi samaradorligini baholash yondashuvi davlat-xususiy sherikchiligining optimalligiga ko‘ra takomillashtirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 9 sentyabrdagi 563-son qarorini ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 26 oktyabrdagi 01-02/35b8 - sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif davlat-xususiy sheriklik shartlari asosida barpo etiladigan ob’ektlarda davlat sherigiga ajratilgan kvotalardan tashqari xizmatlarga xususiy sherik tomonidan erkin narx belgilanishi, davlat-xususiy sheriklik shakllaridan kelib chiqqan holda, binolarni qurish, saqlash xarajatlarining bir qismini qoplash uchun subsidiya ajratilishi masalalari echimini topishda ma’lum darajada xizmat qilgan;
Buxoro viloyati oliy ta’lim muassasalarida raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash strategik boshqaruv samaradorligi uslubiy jihatdan bitiruv-chilarni ishga joylashishida │thisob│tjad sharti qanoatlantirilishi hamda talabalikka qabul qilinganlar soni va professor-o‘qituvchilar tarkibining miqdoriy-sifat ko‘rsatkichlari ishga joylashishiga ta’siri mazmuniy-iqtisodiy jihatdan ahamiyatliligi bo‘yicha taklif O‘zbekiston Respubli-kasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 15 iyundagi F-31-son farmoyishini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi-ning 2023 yil 26 oktyabrdagi 01-02/35b8 ma’lumotnomasi). Taklifdan foydalanish viloyatda oliy ta’lim muassasalri bitiruvchilarini ishga joylashtirishni samarali tashkil qilishda jarayonga ta’sir ko‘rsatuvchi omillar mutanosibligini ta’minlash, va shunga ko‘ra maqsadli o‘quv-tashkiliy va marketing-uslubiy tadbirlarni samarali tashkil qilishga muayyan darajada xizmat qilgan;
Buxoro viloyatida 2028 yilgacha bo‘lgan davrda faoliyat yurituvchi oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashishning prognoz para-metrlari, jumladan bakalavriat ta’lim bosqichiga qabul hamda faol korxonalar va tashkilotlar bilan munosabatlarni e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan taklif O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2023-yil 7-fevraldagi №02-RA1/1-254-sonli “Oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish, talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish” to‘g‘risidagi yagona tadbirlar rejasini tayyorlashda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2023 yil 26 oktyabrdagi 01-02/35b8 -sonli ma’lumotnomasi). Taklif viloyatda prognoz davrida ishga joylashadigan talabalar 10365 nafarni tashkil qilishi va bazaviy qiymatdan 2,4 barobarga ortishiga ko‘ra, jumladan ta’lim sifatini oshirish va iste’molchi tashkilotlar bilan maqsadli tashkiliy-marketing va ta’lim tadbirlarini samarali tashkil qilish bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarni ishlab chiqilishiga muayyan darajada xizmat qilgan.