Mamatqulova Nilufar Xusanovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xitoy buddaviyligi diniy-falsafiy ta’limotining konseptual tahlili”, 09.00.03 — Falsafa tarixi (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1. PhD/Fal549
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, DSc.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Qodirov Muhammadjon, falsafa fanlari nomzodi, dotsent.
Rasmiy opponentlar: Muzaffarov Firuz Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor, Karimov Raxmat Raxmanovich, falsafa fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro muhandislik tehnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy uahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Xitoy buddaviyligi diniy-falsafiy ta’limotining o‘ziga xos xususiyatlarini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xitoy buddaviyligining urf-odatlari, an’analar, oilaviy munosabatlar, diniy va umuminsoniy qadriyatlar, inson va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorliklarga oid ijtimoiy-axloqiy ta’limoti zamonaviy ijtimoiy davlatning inson qadrini ulug‘lash, tenglik va adolatni ta’minlash tamoyillariga va ma’rifatli jamiyat konsepsiyasining ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni davr talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash yo‘nalishlariga adekvat ekanligi falsafiy asoslangan;
Xitoy buddaviyligi falsafiy konsepsiyasidagi tinshlik, adolat, ezgulik, muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ma’rifatga undovshi tamoyillarning Chjou-gun va Konfusiy ta’limotlarida ilgari surilgan tamoyillar bilan dialektik aloqadorligi hamda ularning yoshlarni buzg‘unshi, yot va zo‘ravonlikka undovshi mafkuraviy targ‘ibotlar ta’siriga qarshi kurashdagi ahamiyati ochib berilgan;
Xitoy buddaviyligi ta’limotida aql-yurak (sin/chitta) kategoriyasining umuinsoniy mohiyati buddaviylik va konfusiylik yo‘nalishlarining o‘zaro yaqinlashuv, “o‘zini ruhlantirish” (prabxasvara), aql (chitta) kabi doktrinasidagi “oliyjanob yurak” (lyan sin) va “oliyjanob qudrat” (lyan nep) g‘oyalari bilan sintezlashuvi mantiqiy dalillangan;
Xuayan maktabining “barcha narsa bittada va bitta narsa barchada namoyon” – har bir unsurda butun dunyo va bu unsur – boshqa har bir unsurda namoyon bo‘lishi qoidasi olam falsafiy konsepsiyasining (subyekt va obyekt, birlik va ko‘plik, qarama-qarshilik yoki zidlik mavjudligi) hamda mushohada amaliyotining (tamoyillar va fenomenlarning o‘zaro bir-biriga zid kelmasligi, fenomenlarning o‘zaro bir-biriga zid kelmasligi) doktrinalariga nazariy asos ekanligi aniqlashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xitoy buddaviyligi diniy-falsafiy ta’limotining konseptual tahlilini amalga oshirish borasida olingan ilmiy natijalar asosida:
Xitoy buddaviyligining urf-odatlari, an’analar, oilaviy munosabatlar, diniy va umuminsoniy qadriyatlar, inson va jamiyat o‘rtasidagi aloqadorliklarga oid ijtimoiy-axloqiy ta’limoti zamonaviy ijtimoiy davlatning inson qadrini ulug‘lash, tenglik va adolatni ta’minlash tamoyillariga va ma’rifatli jamiyat konsepsiyasining ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni davr talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash yo‘nalishlariga adekvat ekanligiga ilmiy xulosalar va umumlashmalardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106 son “O‘rta asrlar sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining g‘arb ollimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 27-maydagi 04/11-4592-son ma’lumotnomasi). Natijada, loyiha doirasida nashr elilgan ishlarda o‘z aksini topgan va Xitoy buddaviyligi diniy-falsafiy ta’limotiga doir Sharq va G‘arbda hozirgi kunga qadar olib borilgan tadqiqotlar asosida ularning ontologik hamda akseologik jihatlarini mazmunan boyitishga xizmat qilgan;
Xitoy buddaviyligi falsafiy konsepsiyasidagi tinshlik, adolat, ezgulik, muhabbat, insonparvarlik, bag‘rikenglik, hamjihatlik va ma’rifatga undovshi tamoyillarning Chjou-gun va Konfusiy ta’limotlarida ilgari surilgan tamoyillar bilan dialektik aloqadorligi hamda ularning yoshlarni buzg‘unshi, yot va zo‘ravonlikka undovshi mafkuraviy targ‘ibotlar ta’siriga qarshi kurashdagi ahamiyatiga doir ilmiy yangiliklar va tavsiyalardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston tarixi” telekanalining 2020-2021 yillarda efirga uzatilgan “Taqdimot” ko‘rsatuvi ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali davlat unitar korxonasining 2021-yil 20-apreldagi 02-40-619-son ma’lumotnomasi). Natijada, efirga uzatilgan teleko‘rsatuvlar, davra suhbatlarida Xitoy buddaviyligi, konfusiylik yo‘nalishlari, hamjihatlik va ma’rifatga undovshi kamolot mezonlari haqida ma’lumotlar berilgan, teletomoshabinlarning ilmiy-tarixiy bilimlarini oshirishga xizmat qilgan;
Xitoy buddaviyligi ta’limotida aql-yurak (sin/chitta) kategoriyasining umuinsoniy mohiyati buddaviylik va konfusiylik yo‘nalishlarining o‘zaro yaqinlashuv, “o‘zini ruhlantirish” (prabxasvara), aql (chitta) kabi doktrinasidagi “oliyjanob yurak” (lyan sin) va “oliyjanob qudrat” (lyan nep) g‘oyalari bilan sintezlashuviga oid tahlillar, taklif, amaliy tavsiya va ilmiy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek madaniy-ma’rifiy sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat Vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2024-yil 28-maydagi 14-07-887-son ma’lumotnomasi). Natijada, Sharq falsafasining boy ma’naviy va madaniy merosini xalqimiz orasida keng targ‘ib qilishda samarali vosita rolini bajargan hamda fuqarolar totuvligi barqarorligini, tinchlik va hamjihatlikni ta’minlashga, shuningdek, ushbu yo‘nalishda bajarilayotgan ishlarni va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni samarali muvofiqlashtirishga xizmat qilgan;
Xuayan maktabining “barcha narsa bittada va bitta narsa barchada namoyon” – har bir unsurda butun dunyo va bu unsur – boshqa har bir unsurda namoyon bo‘lishi qoidasi olam falsafiy konsepsiyasining (subyekt va obyekt, birlik va ko‘plik, qarama-qarshilik yoki zidlik mavjudligi) hamda mushohada amaliyotining (tamoyillar va fenomenlarning o‘zaro bir-biriga zid kelmasligi, fenomenlarning o‘zaro bir-biriga zid kelmasligi) doktrinalariga nazariy asos ekanligiga oid ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqining konferensiya, seminar, davra suhbatlari, shuningdek madaniy-ma’rifiy sohalardagi tadbirlarini tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Markaziy kengashining 2024-yil 3-iyuldagi 04-13-625-son ma’lumotnomasi). Natijda, mazkur targ‘ibot tadbirlarining sifati, mazmuni va samaradorligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatgan va Sharq va G‘arb diniy-falsafiy tafakkurida axloq va qadriyatlar uyg‘unligi borasidagi g‘oyalarni targ‘ib etishga xizmat qilgan.