Jabborov Ikromjon Jumaniyazovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon.

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Shayx Najmiddin Kubro ta’limotida inson tushunchasi: qiyosiy-falsafiy tahlil”, 09.00.03 –Falsafa tarixi  (falsafa fanlari)
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/Fal1114
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Buxoro muhandislik texnologiya instituti
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Buxoro davlat universiteti, PhD.03/27.02.2020.F.72.08.
Ilmiy rahbar: Navro‘zova Gulchehra Nigmatovna, falsafa fanlari doktori, professor.
Rasmiy opponentlar: Muzaffarov Feruz Davronovich, falsafa fanlari doktori, professor; Raxmonov Sunnatillo Mavlonovich, falsafa fanlar doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qoraqalpoq davlat universiteti
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi Shayx Najmiddin Kubro tasavvufiy-falsafiy merosidagi inson to‘g‘risidagi qarashlarning antropologik ahamiyatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Shayx Najmiddin Kubroning “Latoif” nazariyasida (ong bilan his-tuyg‘u, ruh bilan vujud o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik) insonni ilohiy xislatlari “nuqta” (vahdat- birlik, yagonalik), “dog‘” (dunyo timsoli) va “doira” (falakning aylanishi) sistemasi ruh, hol, maqom, vaqt, mushohada va zavq kabi tasavvufiy atributlar asosida ochib berilgan;
mutasavvifning “Fi odobus-solikin” asaridagi “foydali odam”, “foydasiz odam”, “haqiqiy inson” (ruh va vujud uyg‘unligi) qalban pok, ruhiy quvvati buyuk, ilohiy-laduniy ilm egasini tarbiyalashda nafs tarbiyasi (jaholat, ilmsizlik, poraxo‘rlik, hasad, shahvat, g‘azab) hamda aqliy tarbiya (narsa-hodisalar va borliqning haqiqiy manzarasini idrok etishga asoslangan bilimlar, voqelikni idrok etish imkoniyati) zarurati “komil inson” konsepsiyasining ilmiy loyihaviy asosi ekanligi mantiqiy dalillangan;
Shayx Najmiddin Kubroning “Usuli ashara” asarida ilgari surilgan “farosat ilmi” (aqliy, hissiy, intuitiv bilish) konsepsiyasida “qalb, botin ko‘zi” hamda Bahouddin Naqshband ta’limotida “vuqufi qalbiy” tamoyili botiniy va zohiriy ilm uyg‘unligini ta’minlashda tavba, zuhd, uzlat, tavakkul, tavajjuh, zikr, qanoat, muroqaba, sabr hamda rizo usullari muhim asos ekanligi falsafiy komparativistik asoslab berilgan;
Kubroviya tariqatidagi komil insonni tarbiyalashda sadoqat, talab, ishq, muhabbat, oshiqlik maqomi tamoyillari Shayx Najmiddin Kubroning “Sharhus-sunnati val-masolih” va “Risolat ut-turuq”, “Odob ul-muridin” asarlarida ilgari surilgan inson komilligi mezonlari (nafs tarbiyasi, axloqiy poklik va ilohiy ishq) asosida ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Shayx Najmiddin Kubro ma’naviy merosida inson tushunchasining falsafiy tahlilini tadqiq etish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Shayx Najmiddin Kubroning “Latoif” nazariyasida (ong bilan his-tuyg‘u, ruh bilan vujud o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik) insonni ilohiy xislatlari “nuqta” (vahdat- birlik, yagonalik), “dog‘” (dunyo timsoli) va “doira” (falakning aylanishi) sistemasi ruh, hol, maqom, vaqt, mushohada va zavq kabi tasavvufiy atributlar asosida ochib berilganligiga doir xulosalaridan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2022-2023 yillarda o‘tkazilgan targ‘ibot faoliyatida, jumladan, 2023-yil uchun chora-tadbirlar dasturining IV yo‘nalishida belgilangan “Vatanparvarlik tuyg‘ularini rivojlantirishga qaratilgan targ‘ibot-tashviqot ishlari” 18-bandi “Yoshlarda yuksak vatanparvarlik, milliy g‘urur va iftixor tuyg‘ularini rivojlantirish, harbiylar, vatan himoyachilariga hurmat uyg‘otish, Vatanni himoya qilishni eng sharafli burch ekanligini keng targ‘ib qilish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlarni yo‘lga qo‘yish” mavzusida targ‘ibot ishlarini tashkil etish va o‘tkazishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-manaviy tadqiqotlar institutining 2024-yil 27-maydagi 229-son ma’lumotnomasi). Natijada, dissertatsiyada ilgari surilgan takliflar, tavsiya va xulosalar Shayx Najmiddin Kubro ma’naviy merosida inson mohiyatini falsafiy tahlil qilishga xizmat qilgan;
mutasavvifning “Fi odobus-solikin” asaridagi “foydali odam”, “foydasiz odam”, “haqiqiy inson” (ruh va vujud uyg‘unligi) qalban pok, ruhiy quvvati buyuk, ilohiy-laduniy ilm egasini tarbiyalashda nafs tarbiyasi (jaholat, ilmsizlik, poraxo‘rlik, hasad, shahvat, g‘azab) hamda aqliy tarbiya (narsa-hodisalar va borliqning haqiqiy manzarasini idrok etishga asoslangan bilimlar, voqelikni idrok etish imkoniyati) zarurati “komil inson” konsepsiyasining ilmiy loyihaviy asosi ekanligiga oid xulosalardan O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga saylovoldi dasturidagi VI. “Ma’naviy-ma’rifiy sohadagi ustuvor yo‘nalishlar”da keltirilgan vazifalar ijrosini ta’minlashda, jumladan partiya tizimidagi xodimlarning ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishdagi bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan o‘quv-tarbiyaviy faoliyatida foydalanilgan (O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashining 2024 yil 19-iyundagi 02/02-39-son ma’lumotnomasi). Natijada, partiya yo‘l xaritasida belgilangan dasturlarini amalga oshirishga, mutasavuf asarlarida keltirilgan inson borlig‘i masalasi, komil inson haqidagi fikrlari yoshlarni yuksak ma’naviyatli komil insonlar qilib tarbiyalashda, adolat muammolarini xolisona yoritishda ilmiy manba bo‘lib xizmat qilgan;
Shayx Najmiddin Kubroning “Usuli ashara” asarida ilgari surilgan “farosat ilmi” (aqliy, hissiy, intuitiv bilish) konsepsiyasida “qalb, botin ko‘zi” hamda Bahouddin Naqshband ta’limotida “vuqufi qalbiy” tamoyili botiniy va zoxiriy ilm uyg‘unligini ta’minlashda tavba, zuhd, uzlat, tavakkul, tavajjuh, zikr, qanoat, muroqaba, sabr hamda rizo usullari muhim asos ekanligiga doir nazariy umumlashmalar va ilmiy yangiliklardan O‘zbekiston Milliy universitetida bajarilgan OT-F1-106-son “O‘rta asrlar Sharq allomalari va mutafakkirlarining tabiiy-ilmiy va ijtimoiy-falsafiy merosining G‘arb olimlari tomonidan tadqiq etilishi” (2017-2020 yy) fundamental ilmiy-tadqiqot loyihasi doirasida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlashda foydalanilgan (Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetining 2024-yil 7-iyundagi 04/11-4927-son ma’lumotnomasi). Natijada, jamiyat ijtimoiy hayotida Shayx Najmiddin Kubro ma’naviy merosi tahlili asosida ogohlik maqomini insonparvarlik mezonlari va prinsiplari asosida amalga oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishga hamda loyiha doirasida nashr etilgan ishlarning mazmunan boyishiga xizmat qilgan;
Kubroviya tariqatidagi komil insonni tarbiyalashda sadoqat, talab, ishq, muhabbat, oshiqlik maqomi tamoyillari Shayx Najmiddin Kubroning “Sharhus-sunnati val-masolih” va “Risolat ut-turuq”, “Odob ul-muridin” asarlarida ilgari surilgan inson komilligi mezonlari (nafs tarbiyasi, axloqiy poklik va ilohiy ishq) asosida ochib berilganligiga doir ilmiy asoslangan taklif, tavsiyalaridan Xorazm viloyati teleradiokompaniyasi “Xorazm” telekanali dasturlarini, 2024-yil mart-aprel oylarida efirga uzatilgan “Assalom Xorazm” nomli maxsus teleko‘rsatuvlarining dastur ssenariylarini tayyorlashda foydalanilgan (Xorazm viloyati teleradiokompaniyasining 2023-yil 12-avgustdagi 816-son ma’lumotnomasi). Natijada, mamlakatimiz yoshlariga ta’lim-tarbiya berish jarayonida buyuk islom mutafakkirlarining hayot yo‘li, ilmiy merosi, shuningdek, islom ilohiyotshunosligining ijtimoiy ahamiyatiga doir ko‘rsatuvlarning mazmunan boyishiga, teletomoshabinlarning bu boradagi bilim va dunyoqarashining kengayishiga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish