Bogdanov Aleksandr Nikolaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Buxoro-Xiva regioni paleozoy yotqiziqlarining neftgazlilik istiqbollari», 04.00.07–Neft` va gaz konlari geologiyasi, ularni qidirish va razvedka qilish (geologiya-mineralogiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.2.DSc/GM36.
Ilmiy maslahatchi: Abdullaev G‘aybulla Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: Neft` va gaz konlari geologiyasi hamda qidiruvi instituti, O‘zbekiston neft`-gaz sanoati ilmiy-tadqiqot va loyihalash instituti, Toshkent davlat texnika universiteti, Rossiya davlat neft` va gaz universitetining Toshkent shahridagi filiali, DSc.27.06.2017.GM/T.41.01.
Rasmiy opponentlar: Radjabov Shuhrat Sayfullaevich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Bakiev Saidnasim Alimovich, geologiya-mineralogiya fanlari doktori; Sadikova Lola Renatova, geologiya-mineralogiya fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot nomi: «O‘zbekgeofizika» AJ.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: Buxoro-Xiva regioni paleozoy yotqiziqlarining neftgazlilik istiqbollarini asoslashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
paleozoy yotqiziqlarining blokli-uzilmali tuzilishi aniqlangan;
chuqur burg‘ilangan quduqlar va geofizik tadqiqotlar natijalari bo‘yicha paleozoy yotqiziqlarining geologik tuzilish xususiyatlari hamda joylashish sharoitlari aniqlangan;
geterogen (genezisi, moddiy tarkibi, yoshi bo‘yicha) yotqiziqlardan iborat hamda cho‘kindi to‘planishidagi uzoq kontinental tanaffus va tektogenezning barcha bosqichlarida jadal burmalanish natijasida shakllangan paleozoy yotqiziqlari yuzasining keskin differensial tabiati aniqlangan;
Buxoro-Xiva regioni paleozoy yotqiziqlarining strukturaviy-morfologik sxemasi ishlab chiqilgan;
Buxoro-Xiva regioni paleozoy erasi kompleksi jinslarining yuqori qismining joylashish sxemasi ishlab chiqilgan;
G‘arbiy Sibir platformasining Nyurol botiqligini Turon platformasining Buxoro-Xiva regioni bilan solishtirish asosida ularning geologik tuzilishi, rivojlanish tarixi, paleozoy erasi jinslari majmuasi yuzasining tuzilishida va boshqa xarakterli belgilarida umumiy o‘xshashlik mavjudligi isbotlangan;
neftgazlilik istiqbollarini baholashda geologik-geofizik va geokimyoviy mezonlarning xususiyatlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu mezonlar asosida Buxoro-Xiva regionida paleozoy erasi yotqiziqlarining neft`-gazga istiqbolliligi asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Paleozoy erasi yotqiziqlarining geologik tuzilishi xususiyatlarini aniqlashtirishga va ularning neftgazga istiqbolliligini asoslash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Irmon va Jayron maydonlari hududida MOGT 2D seysmorazvedka ishlarini olib borish bo‘yicha geologik tavsiyalar “O‘zbekgeofizika” AJ filiali “Buxoro geofizika ekspedisiya”si AJ amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 8 maydagi 02-14/1-6-2609-son ma’lumotnomasi). Natijada paleozoy yotqiziqlarining geologik tuzilishini va ularning paydo bo‘lish sharoitlarini, seysmik to‘lqinlarni qaytaruvchi paleozoy erasi jinslarining yuzalarini aniqlash imkonini bergan;
O‘rtarabod konida neft va gaz ob’etlarini izlash paleozoy yotqiziqlarida mufassal seysmorazvedka ishlarini o‘tkazish tavsiyalari “O‘zbekgeofizika” AJ filiali “Buxoro geofizika ekspedisiya”si AJ amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 8 maydagi 02-14/1-6-2609-son ma’lumotnomasi). Natijada katta chuqurlikda yotgan paleozoy yotqiziqlarining geologik tuzilishi va ularning yotish sharoitlarini aniqlash, paleozoy erasi yotqiziqlari yuzasida geologik-geofizik tadqiqotlar o‘tkazib qaytaruvchi gorizontlar chegaralarni belgilash imkonini bergan;
Qoraulbozor, Kulbeshqoq, Shimoliy-Suzma, Doyaxotin, Sharqiy Toshli, Shimoliy Muborak, Ko‘kdumaloq konlari maydonlarida parametrik quduqlarni burg‘ilash uchun berilgan tavsiyalar “O‘zbekneftegaz” AJ huzuridagi “O‘zgeoburg‘ineftegaz” AK amaliyotiga joriy qilingan («O‘zbekneftegaz» AJning 2018 yil 8 maydagi 02-14/1-6-2609-sonli ma’lumotnomasi). Natijada paleozoy erasi yotqiziqlarining geologik tuzilishi va yotish shakllari, ularning paydo bo‘lish sharoitlari, yotqiziqlarning moddiy tarkibi va ularning yoshi, kollektor-jinslar hamda qopqoq-jinslar haqida, ularning fil`tratsiya-sig‘im xususiyatlari to‘g‘risida ma’lumotlar olish imkoniyati yaratilgan.