Isaqova E’zozxon Zokirovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “No‘xat navlarida turli ekish sxemalari va inokulyantlarni qo‘llashning o‘sish-rivojlanish va hosildorligiga ta’siri”, 06.01.08 – O‘simlikshunoslik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1065.
Ilmiy rahbar: Hamdamova Elnura Iskandarovna, qishloq xo‘jaligi fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand Agroinnovasiyalar va tadqiqotlar instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Ostonaqulov Toshtemir Eshimovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Abdiev Anvar Almirzaevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi no‘xat navlarining o‘sishi, rivojlanishi, fotosintetik va simbioz faoliyatiga hamda hosildorligiga ekish sxemalari va turli inokulyantlarning ta’sirini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Samarqand viloyatining sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida no‘xatning Umid, Zumrad va Yulduz navlari uchun maqbul ekish sxemasi (60x10-1) aniqlangan;
no‘xatning Umid, Zumrad, Yulduz navlari uchun 60x5-1 va 60x15-1 sxemalarida parvarishlashga nisbatan, 60x10-1 sxemada ekish 23,6-36,5 s/ga yuqori hosil olinishi aniqlangan;
o‘simlikning o‘sishi, rivojlanishi, fotosintetik faoliyati, hosil strukturasiga, no‘xat navlari ildizlaridagi tuganaklar massasi, hosildorligiga ekish sxemalari va inokulyantlarning uyg‘unlashgan ta’siri aniqlangan;
turli inokulyantlarning (Planteco Nut MS285, Rizolayn) Umid, Zumrad va Yulduz navlarida qo‘llanish samaradorligi aniqlangan;
Planteco Nut MS 285 inokulyantining samaradorligi Rizolayn inokulyantidan ustunligi hamda no‘xat etishtirishda hosildorlikka ta’siri (1,0-1,5 s/ga) yuqoriligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. No‘xat navlari hosildorligiga ekish sxemalari va inokulyantlarning ta’sirini aniqlash borasida olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
«Turli ekish sxemalarida inokulyantlarning no‘xat navlari hosildorligiga ta’siri» nomli tavsiyanoma tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024 yil 19 apreldagi 05/05-04-153-son ma’lumotnomasi). Natijada ushbu tavsiyanoma Samarqand viloyatining fermer xo‘jaliklari va klasterlarda qo‘llanma sifatida xizmat qilmoqda;
no‘xatning Umid navi urug‘larini ekish oldidan Planteco Nut MS285 (kukun) va Rizolayn (suyuq) Mesorhizobium cicer shtammlari bilan inokulyasiya qilish va 60x10-1 sxemada ekish texnologiyasi Oqdaryo tumani sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida «O‘n tol s-sh» fermer xo‘jaligida 2 gektar, «Iqbol» fermer xo‘jaligida 2,5 gektar, «Oqdaryo Nurqul dalasi» fermer xo‘jaligida 3,4 gektar, PSUEAITI sinov tajriba stansiyasida 2,7 gektar, Samarqand agroinnovatsiyalar va tadqiqotlar institutining «Axborot maslahat markazi» dalasida 2 gektar, jami 12,6 gektar maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 19-apreldagi 05/05-04-153-son ma’lumotnomasi). Natijada fermer xo‘jaliklari no‘xatning Umid navidan 34-35 s/ga don hosili olishga erishib, rentabellik darajasi 56-57 % bo‘lishi ta’minlangan;
no‘xatning Umid va Yulduz navlari urug‘larini ekish oldidan Planteco Nut MS285 inokulyanti bilan ishlov berib, 60x10-1 sxemada ekish texnologiyasi Samarqand viloyatining Payariq tumani sug‘oriladigan o‘tloqi-bo‘z tuproqlari sharoitida «Yoqut-nur» fermer xo‘jaligida 3,5 gektar, «Qorabair fayz baraka» fermer xo‘jaligida 5,2 gektar, «Agro baraka zamin servis» fermer xo‘jaligida 5,1 gektar, «Sanatjon Samad dalasi» fermer xo‘jaligida 4,7 gektar, «Turopov Shunqor baliqchiligi» fermer xo‘jaligida 1,3 gektar, jami 19,8 gektar maydonida, viloyat bo‘yicha jami 32,4 gektar joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligi vazirligining 2024-yil 19-apreldagi 05/05-04-153-son ma’lumotnomasi). Natijada no‘xatning Umid navi urug‘larini ekish oldidan Planteco Nut MS285 yoki Rizolayn inokulyantlari bilan ishlov berilib, 60x10-1 sxemada ekilganda nazorat-inokulyansiz variantga nisbatan 6,9 s/ga, ekish sxemasi bo‘yicha 3,1 s/ga gacha qo‘shimcha don hosili olinib, rentabellik darajasi 56,4% va 56-57 % bo‘lishi aniqlangan.