Akbarov Abrar Akmalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xorazm vohasi qo‘y va echkilarning gel`mintlari va asosiy gel`mintozlarga qarshi kurash choralari”, 03.00.03 – Zoologiya (Veterinariya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.4.PhD/V100.
Ilmiy rahbar: Akramova Firuza Djalaliddinovna, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat veterinariya medisinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat agrar universiteti, PhD.05/30.12.2019.Qx.13.02.
Rasmiy opponentlar: Rasulov O‘tkir Ilashovich, veterinariya fanlari doktori, dotsent; Safarova Feruza Ergashevna, biologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Qorako‘lchilik va cho‘l ekologiyasi ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qo‘y va echkilarning gel`mintlar faunasiga tegishli turlar xilma-xilligini aniqlash hamda O‘zbekistonning Xorazm vohasida hayvonlarning dominant gel`mint turlari sonini tartibga solishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Xorazm vohasidagi mayda kavsh qaytaruvchi hayvonlarning gel`mintlar faunasi birinchi marta aniqlangan bo‘lib, ular Cestoda, Trematoda va Nematoda sinflariga mansub 30 turdan iborat ekanligi aniqlangan;
sestodalar sinfining tur xilma-xilligi 7 turdan, trematodalar sinfi 3 turdan va nematodalar sinfi 20 turdan iboratligi aniqlangan;
qo‘y va echkilar gel`mintlar faunasining asosini 20 turdan iborat bo‘lgan nematodalar tashkil etishi, ular mintaqaning turli tipdagi xo‘jaliklarida keng tarqalganligi ochib berilgan;
bir qator umurtqasiz hayvonlar turlarining Xorazm vohasidagi qo‘y va echkilar parazitlari, geteroksen gel`mintlarning hayot sikllaridagi ishtiroki aniqlangan;
o‘rganilayotgan mintaqa sharoitida qo‘y va echkilarda uchraydigan gel`mintozlar profilaktikasining ekologik va epizootologik asoslari izohlangan..
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Xorazm vohasi qo‘y va echkilarining gel`mintlari va asosiy gel`mintozlariga qarshi kurash choralari bo‘yicha olib borilgan ilmiy-tadqiqot natijalari asosida:
iqtisodiy ahamiyatga ega turlar aniqlangan va Xorazm vohasi sharoitida profilaktika tadbirlarini o‘tkazishning maqbul muddatlari asoslangan bo‘lib Qo‘shko‘pir, Bog‘ot va Xorazm tumanlaridagi fermer xo‘jaliklarida qo‘y va echkilarda uchraydigan sestodoz, trematodoz va nematodoz kasalliklariga qarshi kurashish uchun keng ta’sir doirasiga ega dori vositalari (prazikvantel va fenbendazol) qo‘llanilgan. Tajribalarda qo‘llanilgan dori vositalari 90 foizdan 100 foizgacha samaradorlik ko‘rsatgichiga ega ekanligi kuzatilgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 6 iyundagi 01/23-349-son ma’lumotnamasi). Natijada qo‘y va echkilarning epizootik barqarorligi va bosh sonining saqlanishiga erishilgan;
o‘z o‘zidan (spontan ravishda) shistosomioz, moniezioz, va nematodoz yuqtirgan qo‘y va echkilarda prazikvantel (PZK) va fenbendazol (FBZ) supromolekulyar birikmalari sinab ko‘rilgan va prazikvantel birikmalarining qattiq dispersiyasi tajriba guruhlaridagi qo‘ylarga 1,0-2,0 va 3,0 mg/kg dozada suv orqali berilganda qo‘y va echkilarning shistosomioziga qarshi 100 % samaradorlik ko‘rsatgichiga ega bo‘lgan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 6 iyundagi 01/23-349-son ma’lumotnamasi). Olingan natijalar Xorazm viloyati Urganch tumanida joylashgan “Qoromon-qorayontoq” qo‘y va echkichilik xo‘jaligiga hamda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida joylashgan “Baxt” fermer xo‘jaligidagi mavjud qo‘y va echkilarni gel`mintsizlantirish maqsadida veterinariya amaliyotiga joriy etilgan;
Taenia, Multiceps, Echinococcus, Fasciola, Shistosoma avlodlariga mansub gel`mintlarning bir qator turlari epidemiologik ahamiyatga ega bo‘lib, odamlarda ham parazitlik qilishi aniqlangan (O‘zbekiston Respublikasi Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining 2024 yil 6 iyundagi 01/23-349-son ma’lumotnamasi). Olingan natijalar Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan aholi o‘rtasida parazitologik monitoring o‘tkazilishida asos bo‘lib xizmat qilgan.