Xasanov Bobirmirzo Maxmudali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar ishonchliligini mahalliy ashyo va ikkilamchi resurslardan materiallar qo‘llab oshirish” mavzusida 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/T3386
Ilmiy rahbar: Turdialiev Umid Muxtaralievich texnika fanlari doktori, katta ilmiy xodim
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon mashinasozlik instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Andijon mashinasozlik instituti, PhD.03/30.09.2020.T.124.01
Rasmiy opponentlar: texnika fanlari doktori, professor Salomov O‘ktam Rahimovich,  texnika fanlari doktori, professor Qosimov Karimjon Zuxriddinovich.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: mahalliy ashyo va energiya resurslaridan maqsadli foydalangan holda polifunksional ko‘p qatlamli geterokompozit polimer materiallarning fizik-mexanik va ekspluatatsion xossalarini oshiradigan modifikatsiyalash asosida optimal struktura hosil qilish va traktor va qishloq xo‘jalik mashinasidan iborat don ekuvchi agregatining rostlovchi g‘ildiraklaridagi ishqalanish yuzalariga olingan tarkib asosida qoplamalar qoplash texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
geterokompozit polimer materiallarni modifikatsiyalash uchun ularni qizdirishda, eng qulay energiya manbai sifatida, quyosh nurlari konsentratoridan foydalanish asoslari ishlab chiqilgan;
ko‘p funksiali geterokompozit polimer materiallar asosidagi qoplamalarning tarkibi ularning eyilishga va korroziyaga bardoshligini hamda qattiqligini laboratoriya sharoitida asoslab optimallashtirilgan;
geterokompozit polimer materiallarning optimal strukturasini hosil qilishda mahalliy mineral to‘ldiruvchilarning (turli markadagi Angren kaolinlari) geometrik o‘lchamlari, miqdoriy ulushi va granulometrik tarkibi ularning mikroqattiqligi, zarbiy mustaxkamligi, yopishqoqligi kabi xossalarini o‘rganish orqali asoslangan;
mahalliy ashyo va energiya resurslaridan, ularni umumiy massadagi eng maqbul ulushlarida, foydalanish imkonini yaratadigan geterokompozit polimer materiallarni modifikatsiyalash va termik ishlov berish texnologiyasi taklif etilgan
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Modifikatsiyalangan polifunksional polimer kompozision materiallarning strukturasini tadqiq qilish hamda tarkibi va olish texnologiyasini ishlab chiqish tadqiqotlari bo‘yicha olingan natijalar asosida:
geterokompozit mashinasozlik materiallarini parabolik silindrsimon konsentratorlar yordamida qoplab resursi orttirilgan traktor va qishloq xo‘jalik mashinasidan iborat don ekuvchi agregatining ishchi organlari “Baxt imkon rivoj chorvasi” fermer xo‘jaligida ekspluatatsion sinovlarda o‘tkazilgan hamda ishlab chiqarishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil 11 dekabrdagi 2/8581-son ma’lumotnomasi). Natijada traktor va qishloq xo‘jalik mashinasidan iborat don ekuvchi agregatining rostlovchi g‘ildiraklariining ish unumdorligi 12-17% ga oshgan;
taklif etilgan noananaviy texnologiya qo‘llanilgan yangi tarkibli geterokompozit polimer qoplamalarni “Oq-Yor XXI” MChJ va “Fergana Imron Plast” MChJ da ishlab chiqishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil 11 dekabrdagi 2/8581-son ma’lumotnomasi). Natijada seriyalab qoplama olish imkoni yaratilgan;
olingan polifunksional qoplamalar “Oq-Yor XXI” MChJ va “Fergana Imron Plast” MChJ da ishlab chiqishga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Transport Vazirligining 2023 yil 11 dekabrdagi 2/8581-son ma’lumotnomasi). Natijada traktor va qishloq xo‘jalik mashinasidan iborat don ekuvchi agregatining rostlovchi g‘ildiraklariining ishlash muddati eyilishdan saqlash evaziga 25-31% ga oshgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish