Xodjiev Safarning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar. Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy
daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Ichki va tashqi fazoviy turbulent reaksiyaga kirishuvchi oqimlarda issiqlik va massa almashuvi jarayonlarini modellashtirish va sonli tadqiqot», 05.01.07 – Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.DSc/T564.
Ilmiy maslahatchi: Aripov Mersaid Mirsiddiqovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa (muassasalar) nomi: Buxoro davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, DSc.13/30.12.2019.T.07.01.
Rasmiy opponentlar: Xujaev Ismatulla Kushaevich, texnika fanlari doktori, professor; Hayotov Abdullo Rahmonovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor; Djumanov Jamoljon Xudoyqulovich, texnika fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat transport universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: ichki ikki o‘lchovli va uch o‘lchovli reaksiyaga kirishuvchi gaz aralashmalarining turbulent oqimlar modellarini yratish va nazariyasini rivojlantirish, turbulent yopishqoqlik koeffisienti bo‘yicha algebraik va ikki parametrli mavjud modellarini takomillashtirish va yangi turbulentlik modellarni ishlab chiqish, uch o‘lchovli parabolalashgan Nave-Stoks tenglamalarini sonli echish metodlarini takomillashtirish shuningdek, gidroaerodinamika masalalarini modellashtirishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kesimi o‘zgarmas va o‘zgaruvci quvurda koaksial turbulent oqimlarni aralashishi va tarqalishini jarayoni matematik modeli qurilgan va sonli eychilgan;
to‘liq Nave-Stoks tenglamalari sistemasini konservativ shaklini saqlab qolish imkonini beradigan va hisoblash ishlarini samarasini oshirish uchun, fizik parametrlarni va koordinatalarni o‘lchovsizlikka keltiradigan, qaralayotgan sohani birlik kbadrat sohaga o‘kazadigan hamda gaz-dinamik parametrlarning katta gradientlari bo‘lgan oqim hududida hisoblash nuqtalarini quyuqlashtiradigan matematik almashtirishlar ko‘rsatilgan;
to‘g‘ri to‘rtburchakli soplodan oqib chiqadigan reaksiyaga kirishuvchi aralashmagan gazlarning uch o‘lchamli turbulent yonish jarayoni matematik modeli qurilgan va sonli echilgan;
izotermik, izotermik bo‘lmagan, shuningdek reaksiyaga kirishuvchi uch o‘lchovli struya gaz aralashmalarining turbulent yopishqoqlik koeffisientini hisoblas uchun algebraik turbulentlik modellari taklif qilingan;
reaksiyaga kirishuvchi gaz aralashmalarining uch o‘lchovli turbulent oqimlarini hisoblash uchun turbulent yopishqoqlik koeffisienti uchun ikki parametrli k-ε modeliga kiritilgan empirik konstantalarning qiymatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Quvurlarda turbulent oqimlarni qo‘shilisi va tarqalishi hamda fazoviy diffusion yonish jarayonlarini tadqiq qilish uchun takomillashtirilgan matematik modellar, usullar, algoritmlar va dasturlardan foydalanish natijasida quyidagi natijalarga erishilgan:
sonli o‘rganish natijalari Buxoroenergomarkaz aksiyadorlik jamiyati ob’ektlariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024- yil 13 - iyundagi 3/17-4/4-3678-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yonish qozoniga uzatiladigan yoqilgʻi gaz tezligi (sarfi) va havo miqdorini talab darajasida berish tavsiyasi gazning to‘liq yonishi va alangada etarli darajadagi haroratga ega bo‘lishi ta’minlagan va gaz sarfini 0.9-2% gacha qisqartirgan;
gazlarning quvurda qo‘shilishi va tarqalishi jarayonlarini nazariy o‘rganilgan natijalari Kogon magistral gaz quvurlari boshqarmasi faoliyatiga joriy qilingan. Natijada, atrof muhitga gaz chiqindilarini tarqatishni 10-12% ga qisqartirishga erishilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 - yil 13 - iyundagi 3/17-4/4-3678-sonli ma’lumotnomasi);
tabiiy gazning to‘liq yonishiga doir tadqiqot natijalari «Kogon isitgich moslamalar» MChJ ob’eklariga joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy a’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024 - yil 13 - iyundagi 3/17-4/4-3678-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, yoqilg‘i gazning to‘liq yonishi uchun havoning zaruriy miqdoridan 4-8 % ko‘proq berilganda, yoqilgʻi sarfi 3-4% gacha kamaygan va tavsiya qilingan soplo geometrik o‘chamlari yoqilgʻi sarfini 4% gacha qisqartirishga olib kelgan;
ishlab chiqilgan usul va algoritmlar “Anomal diffuziyaning differensial matematik modellari uchun sonli algoritmlarni ishlab chiqish” loyihasi bo‘yicha ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarishda joriy qilingan (Xoja Ahmad Yassaviy nomidagi Xalqaro Qozoq-Turk Universiteti, 2024 yil 14-fevraldagi, 04/550 - sonli ma’lumotnomasi). Natijasida, elliptik tenglama va aralash parabolik-giperbolik tip uchun noma'lum manbani aniqlashning teskari masalalarini echishning samarali algoritmi tuzilgan;
F2-FA-0-83921/F2-FA-F0383 “O‘ta o‘tkazgichlar va magnit materiallarda kuchli korrelyasiya o‘zaro ta'sirlar va ularning kritik parametrlarini hisoblash” fundamental grantini bajarishda xususiy hosilali differensial tenglamalarni sonli echish usullari o‘ta o‘tkazgichlarning magnit material bilan o‘zaro taʼsiri kritik parametrlarini hisoblashda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2024-yil 22-fevraldagi 02/14-542-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, o‘ta o‘tkazuvchanlik jarayonida muhitda energiyaning juda kam tarqalishi va kristallga qo‘llaniladigan magnitlanish jarayonlariga mexanik kuchlanish ta'sirining muhimligi aniqlangan;
Nazariy va amaliy natijalar F-4-32 “Singulyar koeffisientli Gellerstedt tenglamasi uchun Trikomi, siljishli va Bisadze-Samarskiy masalalari shartlari birlashtirilgan masalalarning korrektligini o‘rganish” fundamental grantini amalga oshirishda joriy qilindi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, 2024-yil 22-fevraldagi 02/14-542-sonli guvohnoma). Natijada, aralash tipdagi tenglamalar va Gellershtedt tenglamasi uchun chegaraviy masalalarning sonli echimlari olingan;
ko‘p komponentli reaksiyaga kirishuvchi gazning oqim jarayonini tavsiflovchi uch o‘lchovli parabolizatsiyalangan Nave-Stoks tenglamalarini sonli echishning ishlab chiqilgan usullaridan chegaraviy masalalarni echish mavzusidagi ma’ruzalar, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarida joriy qilingan (Qirg‘iziston Respublikasi Ta’lim va fan vazirligining O‘sh texnologiya universitetining 2023- yil 26-dekabrdagi 09.08/365-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, “Axborot tizimlari va texnologiyalari” yo‘nalishi talabalari kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi fazoviy oqimlarni modellashtirish va ularni sonli echishni o‘zlashtirgan.