Djumanov Askar Xasanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Xo‘jalik shirkatlarining fuqarolik-huquqiy maqomi: nazariya va amaliyot muammolari”, 12.00.03 – Fuqarolik huquqi. Tadbirkorlik huquqi. Oila huquqi. Xalqaro xususiy huquq (yuridik fanlar).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Yu857.
Ilmiy rahbar: Ruzinazarov Shuhrat Nuralievich, yuridik fanlar doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat yuridik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat yuridik universiteti, DSc.07/30.12.2019.Yu.22.01.
Rasmiy opponentlar: Gulyamov Said Saidaxrorovich, yuridik fanlar doktori, professor; Erkabaeva Shaxnoza Ikromjonovna, yuridik fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: O‘zbekiston Respublikasi Sudyalar oliy kengashi huzuridagi Sudyalar oliy maktabi.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi rivojlangan g‘arb huquqiy tizimlari tajribasini hisobga olgan holda xo‘jalik shirkatlarining fuqarolik-huquqiy maqomini rivojlantirish bo‘yicha xulosalar, takliflar, bayonotlar va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tadbirkorlik subekti ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish haqidagi qaror qabul qilinganda bunday qaror kreditorlarning huquq va manfaatlariga salbiy ta’sir ko'rsatmasligi  sababli kreditorlarga yozma xabarnoma berishning va bu haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishning zarurati yo‘qligi asoslangan;
ta’sis shartnomasini imzolagan mahalliy va xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikda belgilangan tadbirkorlik erkinligi tamoyiliga  ko‘ra venchur fondining muassislari bo'lishi mumkinligi asoslantirilgan;
ma’suliyati cheklangan korporatsiyalarning ta’sis shartnomasi qonunchilik va huquqiy amaliyotda ko‘p hollarda bunday korporatsiyalarning ustavini takrorlanishiga olib kelayotganligi sababli  uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish shart emasligi, u korporatsiya ishtirokchilarining ichki hujjati bo‘lib qolishi mumkinligi asoslangan;
qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar, korporatsiya ta’sischilarining ma’suliyati cheklanganligi tamoyiliga mos kelmasligi sababli, bunday korporativ munosabatlar tizimiga zid keladigan tuzilma ekanligi va huquqiy tizimdan chiqarilishi kerakligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Ilmiy tadqiqotlar yakunlariga ko‘ra, xo‘jalik shirkatlarining fuqarolik-huquqiy maqomini takomillashtirish bo‘yicha quyidagi takliflar ishlab chiqildi va joriy etildi:
tadbirkorlik subekti ustav fondini (ustav kapitalini) kamaytirish haqidagi qaror qabul qilinganda bunday qaror kreditorlarning huquq va manfaatlariga salbiy ta’sir ko'rsatmasligi  sababli kreditorlarga yozma xabarnoma berishning va bu haqida ommaviy axborot vositalarida e’lon berishning zarurati yo‘qligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining "Tadbirkorlik faoliyatini davlat tomonidan tartibga solishni soddalashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi 2022-yil 9-noyabrdagi PF-244-sonli Farmonining uchinchi band 2-xatboshi ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subektlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning 2023-yil 15-mart kungi 1-son dalolatnomasi). Ushbu taklif tadbirkorlik subektlarida ustav kapitalini kamaytirish tartibini aniqlashga xizmat qilgan;
ta’sis shartnomasini imzolagan mahalliy va xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar qonunchilikda belgilangan tadbirkorlik erkinligi tamoyiliga  ko‘ra venchur fondining muassislari  bo‘lishi mumkinligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 17-may kuni 414-sonli qarori bilan tasdiqlangan «Investisiya va boshqaruv kompaniyalari faoliyati to‘g‘risidagi Nizom»ning 17-bandini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subektlari huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakilning 2023-yil 15-mart kungi 1-son dalolatnomasi). Ushbu taklif venchur fondi tuzishda mahalliy jismoniy va yuridik shaxslarning ta’sis shartnomasini imzolash imkoniyatini aniqlashga xizmat qilgan;
ma’suliyati cheklangan jamiyatlarning ta’sis shartnomasi qonunchilik va huquqiy amaliyotda ko‘p hollarda bunday korporatsiyalarning ustavini takrorlanishiga olib kelishi sababli uni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish talabining chiqarib tashlash to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi "Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-415-sonli Qarori bilan tasdiqlangan 1-bandning b) kichik bandini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 6-sentyabrdagi 11/23-697/8-4-son dalolatnomasi). Ushbu taklif mas’uliyati cheklangan jamiyatlar uchun ta’sis shartnomasining majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishini chiqarib tashlash orqali qonunchilikdagi tartibni soddalashtirgan;
qo‘shimcha ma’suliyatli jamiyat, korporatsiya ta’sischilarining ma’suliyati cheklanganligi tamoyiliga mos kelmasligi sababli bunday tashkiliy-huquqiy shaklda yuridik shaxsni tashkil qilish mumkin emasligi to‘g‘risidagi taklif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 8-noyabrdagi "Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-415-sonli Qarorining 2-bandini ishlab chiqishda qo‘llanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2023-yil 6-sentyabrdagi 11/23-697/8-4-son dalolatnomasi). Ushbu taklif qonunchilikdan qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat kabi tuzilmani chiqarib tashlashga xizmat qilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish