Boboqandov Shodiyor Rajabali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Yangi va rayonlashgan g‘o‘za navlarini parvarishlashda tomchilatib sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish (Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida)”, 06.01.02– Melioratsiya va sug‘orma dehqonchilik (qishloq xo‘jaligi fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Qx1056.
Ilmiy rahbar: Ziyatov Musulmon Panjievich, qishloq xo‘jaligi fanlari bo‘yicha falsafa doktori, katta ilmiy xodim.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Paxta seleksiyasi, urug‘chiligi va etishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.05/30.12.2019.Qx.42.01.
Rasmiy opponentlar: Isaev Sobirjon Xusanboevich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, professor; Artikov Abdirashid Zairovich, qishloq xo‘jaligi fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent davlat agrar universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Toshkent viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida IV tipga mansub rayonlashgan S-6524 hamda yangi S-6570 va S-8298 g‘o‘za navlarining sug‘orish muddati, sug‘orish me`yori va soni hamda suv iste`moli ko‘rsatkichlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
ilk bor Toshkent viloyatining qadimdan sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlari sharoitida yangi va rayonlashgan S-8298, S-6570 va S-6524 g‘o‘za navlaridan yuqori va sifatli paxta hosili etishtirishda tomchilatib sug‘orish tartiblari ishlab chiqilgan;
tomchilatib sug‘orishda o‘rta tolali S-6524, S-6570 va S-8298 g‘o‘za navlari ChDNSga nisbatan mos holda 70-70-60% va 70-75-65% sug‘orish oldi tuproq namliklarida 12-13-14 marta sug‘orilganda S-6524 g‘o‘za navida 43,6 s/ga, S-6570 g‘o‘za navida 42,5 s/ga va S-8298 navida 46,2 s/ga paxta hosili olinib, egatlab sug‘orilganga nisbatan 6,2-5,1-8,8 s/ga qo‘shimcha hosil etishtirish mumkinligi aniqlangan;
tomchilatib sug‘orishda ChDNSga nisbatan tuproq namligi 70-75-65% tartibda S-8298 va S-6570 g‘o‘za navlarini 3-9-2 tizimda 245-303 m3/ga me’yorda 14 marta mavsumda jami 3677 m3/ga, ChDNSga nisbatan tuproq namligi 70-70-60% tartibda g‘o‘zaning S-6524 navini 3-8-2 tizimda 248-296 m3/ga me’yorda 13 marta, mavsumda jami 3430 m3/ga me’yorda sug‘orish maqbul ekanligi aniqlangan;
g‘o‘za navlarining morfologik xususiyatlariga asosan tomchilatib sug‘orishda asosiy ildiz tizimi S-6524 g‘o‘za navida ChDNSga nisbatan 70-70-60% sug‘orish oldi tuproq namligida tuproqning 0-49 sm qatlamida, S-6570 va S-8298 navlarida ChDNSga nisbatan 70-75-65% sug‘orish oldi tuproq namligida tuproqning 0-48 hamda 0-50 sm qatlamlarida shakllanishi ilmiy asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Sug‘oriladigan tipik bo‘z tuproqlar sharoitida yangi va rayonlashgan g‘o‘za navlarini ildiz tizimiga bog‘liq holda tomchilatib sug‘orish tartiblarini ishlab chiqish bo‘yicha olib borilgan tadqiqot natijalari asosida:
“Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida g‘o‘zanig S-6524, S-6570 va S-8298 navlarini tomchilatib sug‘orish bo‘yicha tavsiyanoma” tasdiqlangan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 6–avgustdagi 05/04-04-354 son ma’lumotnomasi). Bugungi kunda ushbu tavsiyanomadan S-6524, S-6570 va S-8298 g‘o‘za navlarini tomchilatib sug‘orishda klasterlar va fermer xo‘jaliklarida qo‘llanma sifatida foydalanilmoqda;
S-6524 g‘o‘za navini ChDNSga nisbatan 70-70-60% sug‘orish oldi tuproq namligida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Yangixayot hududida 20 ga, Guliston hududida 15 ga va O‘zbekiston-2 hududida 20 ga, jami 55 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 6–avgustdagi 05/04-04-354 son ma’lumotnomasi). Natijada, egatlab sug‘orishga nisbatan 5,5-6,0 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan hamda sug‘orish suvi 34-36 % tejalib, rentabellik darajasi 18-20 foiz yuqori bo‘lishga erishilgan;
S-6570 g‘o‘za navini ChDNSga nisbatan 70-70-60% sug‘orish oldi tuproq namligida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Yangixayot hududida 15 ga, Guliston hududida 10 ga va O‘zbekiston-2 hududida 20 ga, jami 45 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 6–avgustdagi 05/04-04-354 son ma’lumotnomasi). Natijada, egatlab sug‘orishga nisbatan 3,8-4,6 sentner qo‘shimcha paxta hosili olingan hamda sug‘orish suvi 31-33 % tejalib, rentabellik darajasi 15-18 foiz yuqori bo‘lishga erishilgan;
S-8298 g‘o‘za navini ChDNSga nisbatan 70-75-65% sug‘orish oldi tuproq namligida tomchilatib sug‘orish texnologiyasi Toshkent viloyati Quyichirchiq tumani Yangixayot hududida 20 ga, Guliston hududida 15 ga va O‘zbekiston-2 hududida 10 ga, jami 45 ga maydonga joriy etilgan (Qishloq xo‘jaligida bilim va innovatsiyalar milliy markazining 2024 yil 6–avgustdagi 05/04-04-354 son ma’lumotnomasi). Natijada, paxtadan 6,2-6,5 sentner qo‘shimcha hosil olinib, sug‘orish suvi 35-37 % tejalib, rentabellik darajasi 20-23 foizga ortishiga erishilgan.