Djalilov Abduvali Abdumutalovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Vertebro-bazilyar etishmovchilikda yondoshuv va davolashni takomillashtirish», 14.00.34 – «Yurak qon-tomir xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Tib1996.
Ilmiy raxbar: Yulbarisov Abdurasul Abdujalilovich, tibbiyot fanlari doktori.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi DSc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Petr Mircha, tibbiyot fanlari doktori (Pol`sha), Baxritdinov Fazlitdin Shamsitdinovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: differensiallashtirilgan uslubiy yondashuvni ishlab chiqish orqali vertebrobazilyar etishmovchiligi mavjud bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
konussimon va silindr shaklidagi stentlar yordamida vertebro-bazilyar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda umurtqa arteriyalarining 1-segmentini endovaskulyar stentlashdan keyin gemodinamik xususiyatlar va nevrologik simptomlarning o‘zgarishi dinamikasi aniqlangan
vertebro-bazilyar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda uyqu arteriyalarda rekonstruktiv operatsiyalarni bajarish orqali miya gemodinamik zaxirasini oshirish imkoniyati isbotlangan va gemodinamik xarakterdagi insultlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlangan;
vertebrobazilyar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun jarrohlik taktikasining maqbul variantini tanlashning taktik jihatlari kasallikning klinik ko‘rinishlari og‘irligini va uyqu tomirlari o‘zaninining shikastlanishi og‘irligini hisobga olgan holda aniqlangan;
vertebro-bazilyar etishmovchiligida uyqu tomirlari o‘zaninining shikastlanish og‘irligi darajasiga bog‘liq ravishda miyaning MSKT perfuziyasi ma’lumotlarini baholash uchun patognomonik me’zonlar ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Vertebrobazilyar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqot natijalariga ko‘ra:
birinchi ilmiy yangilik: konussimon va silindr shaklidagi stentlar yordamida vertebro-bazilyar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda umurtqa arteriyalarining 1-segmentini endovaskulyar stentlashdan keyin gemodinamik xususiyatlar va nevrologik simptomlarning o‘zgarishi dinamikasi aniqlangan – Toshkent tibbiyot akademiyasi (14.03.2024 yildagi №03-24/107-x raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 13.02.2024 yildagi 39-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 15.02.2024 yildagi 44-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/37-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vertebro-bazilyar xavzada kuzatilishi mumkin bo‘lgan insul`tni erta va o‘z vaqtida aniqlash, tashxis qo‘yish va optimal davolash usulini tanlash tufayli vertebro-bazilyar havzada insul`t chastotasi 10,3% dan 6,2% gacha, umurtqa arteriyalarida restenoz chastotasi esa 17,2% dan 3,1% gacha kamaydi; bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi; takroriy endovaskulyar aralashuvlar darajasi 18,2% dan 4,5% gacha kamaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: 1 bemor uchun qo‘llanilgan yangi turdagi stentlash usuli joriy etilgani tufayli tejamkorlik 3600000 so‘mni tashkil etdi (takroriy jarrohlik (ikkinchi operatsiya) qilingan bemorlarning 18,2% tajribasi asosida). Takroriy operatsiyalar ko‘rsatkichi 18,2% dan 4,5% gacha pasaytirildi (agar 1 bemorga tejamkorlik 3600000 so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, yiliga 100 bemordan takroriy jarrohlik yo‘li bilan kasallikning qaytalanishi 18 dan 4 bemorga kamaydi, mos ravishda har bir bemorga 3600000 so‘m tejalgan bo‘lsa, yillik ko‘rsatkich 50400000 so‘mni tashkil etdi (14 ta bemorga). Xulosa: Har bir bemorga yangi turdagi stentlash usuli tadbiq etilishi 31400000 so‘m byudjet mablag‘larini va 19000000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
ikkinchi ilmiy yangilik: vertebrobazilyar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda uyqu arteriyalarda rekonstruktiv operatsiyalarni bajarish orqali miya gemodinamik zaxirasini oshirish imkoniyati isbotlangan va gemodinamik xarakterdagi insultlarning rivojlanishiga ta’sir qiluvchi omillar aniqlangan - Toshkent tibbiyot akademiyasi (14.03.2024 yildagi №03-24/107-x raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 13.02.2024 yildagi 39-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 15.02.2024 yildagi 44-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/37-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ishlab chiqilgan differensiallashtirilgan uslubiy yondashuv asosida umurtqa arteriyasining 1-segmentini stentlashdan keyin vertebro-bazilyar havzada insul`t bilan kasallanish 6,8% dan 3,1% gacha, o‘lim esa 3,4% dan 0% gacha kamaydi; asoratlar chastotasini kamaytirish orqali bemorlar faol ijtimoiy va mehnat faoliyati saqlab qolindi; nogironlik ko‘rsatkichi va vertebro-bazilyar xavzada insult` uchrash darajasi pasayishi natijasida bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kasallikni to‘g‘ri tashxislash va amaliyotga ko‘rsatmalarni qisqa vaqt ichida aniqlash orqali, 1 bemorga tejash ko‘rsatkichi 1300000 so‘mni tashkil qiladi, kasalxonada yotish vaqti va davolanish xarajatlarini kamaytirish bilan umumiy tejash ko‘rsatkichi 100100000 so‘mni tashkil qildi (77 bemor uchun). Xulosa: bitta bemorga ishlab chiqilgan differensiallashtirilgan uslubiy yondashuv asosida umurtqa arteriyasini stentlashni tadbiq etilishi 60060000 so‘m byudjet mablag‘lari va 40040000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.
uchinchi ilmiy yangilik: vertebrobazilyar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarni davolash uchun jarrohlik taktikasining maqbul variantini tanlashning taktik jihatlari kasallikning klinik ko‘rinishlari og‘irligini va uyqu tomirlari o‘zaninining shikastlanishi og‘irligini hisobga olgan holda aniqlangan - Toshkent tibbiyot akademiyasi (14.03.2024 yildagi №03-24/107-x raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 13.02.2024 yildagi 39-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 15.02.2024 yildagi 44-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/37-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: bevosita umurtqa arteriyalarida amaliyot bajarish imkoniyatsiz bo‘lgan xolatlarda, karotid xavzada bajarilgan amaliyotlar orqali bemorlarda vertebro-bazilyar etishmovchilik belgilari kamaytiradi; karotid rekonstruksiya amaliyotidan keyin vertebro-bazilyar xavzada umumiy insul`t 5,6% dan 4,8% gacha, o‘lim darajasini 2,8% dan 2,4% tushirishga olib keladi; bemorlarni hayot sifatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: vertebro-bazilyar etishmovchiligi mavjud bo‘lgan 1 bemorni yil davomida davolash va kasalxonadan keyingi reabilitatsiya qilish xarajatlarni tejashga olib keldi, shu jumladan: yil davomida takroriy konservativ davo mulajalari – 6500000 so‘m; reabilitatsiya qilish xarajatlar – 3000000 so‘m; dori-darmon xarajatlari – 1000000 so‘m (umumiy 1 bemorga xarajat xajmi 10500000 so‘m, yillik qaytalanish soni 3 ta, umumiy iqtisodiy xarajat 31500000 so‘m). Xulosa: bitta bemorga takomillashtirilgan jarrohlik taktikasini tadbiq etilishi natijasida 13500000 so‘m tejab qolinadi shundan 7800000 byudjet mablag‘lari va 5700000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejab qolish imkonini bergan.
to‘rtinchi ilmiy yangilik: vertebrobazilyar etishmovchiligida uyqu tomirlari o‘zaninining shikastlanish og‘irligi darajasiga bog‘liq ravishda miyaning MSKT perfuziyasi ma’lumotlarini baholash uchun patognomonik me’zonlar ifodalangan - Toshkent tibbiyot akademiyasi (14.03.2024 yildagi №03-24/107-x raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 13.02.2024 yildagi 39-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 15.02.2024 yildagi 44-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/37-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagidan iborat: vertebro-bazilyar etishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda karotid rekonstruktiv uchun saralab olishda bosh miya MSKT perfuziyasi tekshiruvi o‘tkazish orqali bemorlarni saralaydi va davolash natijalarini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: shifoxonadagi har bir bemorga to‘g‘ri keladigan iqtisodiy ko‘rsatkich: bemorni uyqu va umurtqa arteriyalarini MSKT angiografiya qilish uchun to‘lov miqdorini 850000 so‘mga kamaytirish (xususiy klinikalar peyskuranti bo‘yicha o‘rtacha MSKT angiografiya tekshiruvi 850000 so‘mni tashkil etadi); selektiv vertebrografiya tekshiruvi (o‘rtacha 3500000 so‘m sarflov materiallari va amaliyot uchun sarflanadi); Yuqoridagilarga ko‘ra, 1 bemor uchun iqtisodiy samaradorlik 2250000 so‘mni tashkil etadi (44 bemor uchun 2250000 * 44 = 99000000 so‘m tashxislashda MSKTA perfuziya usulini qo‘llash orqali erishilgan samaradorlik. Xulosa: bitta bemorga asoslangan bosh miya MSKT perfuziyasi tekshiruvini tadbiq qilinishi 59000000 so‘m byudjet mablag‘larini va 40000000 so‘m byudjetdan tashqari mablag‘larni tejash imkonini bergan.