Bekchanov Xusan Nurullaevichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Kizilo‘ngachning neyromushak kasalliklarini diagnostikasi va davolash taktikasining zamonaviy aspektlari», 14.00.27 – Xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.DSc/Tib577.
Ilmiy maslahatchi: Nizamxodjaev Zayniddin Maxamatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Burmistrov Mixail Vladimirovich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Xakimov Murad Shavkatovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Abdullajanov Baxrom Rustamjanovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Akademik M.A. Topchubashev nomidagi Jarrohlik ilmiy markazi (Ozarbayjon Respublikasi).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: xirurgik taktikani takomillashtirish va yangi texnologiyalarni joriy qilish orqali qizilo‘ngachning neyromushak kasalliklarini davolashning uzoq muddatli natijalarini yaxshilashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
anatomik o‘zgarishlarning xususiyatlariga va miniinvaziv aralashuvning texnik jihatlariga bog‘liq ravishda qizilo‘ngachning neyromushak kasalliklari III-IV bosqichida kardiodilatatsiyaning qoniqarsiz natijalari rivojlanishining asosiy prognostik omillari ekanligi aniqlangan;
oshqozon kardial sohasining past intensivlikdagi lazer nurlanish halqasimon mushak qatlamining spazm intensivligining pasayishi bilan tavsiflananishi, bu kardiodilatatsiya paytida qizilo‘ngachning travmatik shikastlanish havfini kamaytirishi asoslangan;
III-IV darajali kardiya axalaziyasi uchun laparoskopik ezofagokardiomiotomiya usuli takomillashtirilgan bo‘lib, uning texnik jihatlari qizilo‘ngachning bo‘ylama o‘qini ko‘krak va qorin bo‘limlarining pastki uchdan bir qismini mobilizatsiya qilish orqali tiklashi, shuningdek selektiv proksimal vagotomiya va to‘liq bo‘lmagan old fundoplikatsiyasi bilan reflyuks ezofagit rivojlanishining oldini olishi isbotlangan;
operatsiya vaqtidagi va operatsiyadan keyingi asoratlar havfiga ta’sir qiluvchi patognomonik omillarni hisobga olgan holda kardiya axalaziyasi IV bosqichida radikal jarrohlik tuzatishning rezeksion va rekonstruktiv bosqichlarini amalga oshirishning taktik va texnik jihatlari aniqlangan;
qizilo‘ngachning neyromushak kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning maqbul variantini tanlashning klinik va diagnostik mezonlari jarayonning turi va bosqichiga, yoshiga, bemor ahvolining og‘irligiga va birga keladigan patologiyaning mavjudligiga qarab belgilash asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Kizilo‘ngachning neyromushak kasalliklarini diagnostikasi va davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
birinchi ilmiy yangilik: anatomik o‘zgarishlarning xususiyatlariga va miniinvaziv aralashuvning texnik jihatlariga bog‘liq ravishda qizilo‘ngachning neyromushak kasalliklari III-IV bosqichida kardiodilatatsiyaning qoniqarsiz natijalari rivojlanishining asosiy prognostik omillari aniqlangan - akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 18 maydagi 453 sonli buyruq), Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining 24.12.2023 yildagi 23/7-sonli, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.12.2023 yildagi 17-sonli, RShTYoIM Xorazm filiali 17.06.2024 yildagi 9-sonli va U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.06.2024 yildagi 07/06-281-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil “08” iyuldagi 02/42-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizilo‘ngach va kardiyaning tuzilishi hamda anatomik xususiyatlari to‘g‘risida olingan ma’lumotlar asosida original miniinvaziv davolash usuli ishlab chiqildi, ushbu usul qizilo‘ngachning nerv-mushak kasalliklari bo‘lgan bemorlarni jarrohlik bilan davolash zaruratini kamaytirdi, bu esa bemorlarning hayot sifatini sezilarli yaxshiladi, bemorlarning tezroq ijtimoiy reabilitatsiyasiga yordam berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizilo‘ngachning nerv-mushak kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda qizilo‘ngach va kardiya tuzilishi hamda anatomik o‘zgarishlari bo‘yicha olingan ma’lumotlar asosida turli umumiy va o‘ziga xos asoratlar rivojlanishining asosiy xavf omillarini erta aniqlash hisobiga har bir bemor uchun 3600000 so‘m mablag‘ tejab qolindi. Mazkur taklif etilgan algoritmli tashxislash yordamida yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 36000000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun) (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM, preyskurantiga ko‘ra). Xulosa: qizilo‘ngach hamda kardiyaning tuzilishi va anatomik xususiyatlari aniqlanib, ular asosida kasallikning III-IV bosqichlari bo‘lgan bemorlarda kardiodilatatsiya o‘tkazishning original texnik usullarini amaliyotga joriy etilishi natijasida bir bemor uchun 3600000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi, buning natijasida yillik byudjet mablag‘laridan 10800000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 25200000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.
ikkinchi ilmiy yangilik: oshqozon kardial sohasining past intensivlikdagi lazer nurlanishi ta’sirining xususiyatlari aniqlangan bo‘lib, bu halqasimon mushak qatlamining spazm intensivligining pasayishi bilan tavsiflanadi, bu kardiodilatatsiya paytida qizilo‘ngachning travmatik shikastlanish havfini kamaytiradi - akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 18 maydagi 453 sonli buyruq), Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining 24.12.2023 yildagi 23/7-sonli, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.12.2023 yildagi 17-sonli, RShTYoIM Xorazm filiali 17.06.2024 yildagi 9-sonli va U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.06.2024 yildagi 07/06-281-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil “08” iyuldagi 02/42-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: asoratlar soni kamayishi va kardiodilatatsiyaning zarur takror kurslari sonining kamayishi davolash va tashxislash vaqtini sezilarli qisqartiradi, keraksiz moliyaviy xarajatlarini to‘g‘ri davolash usulini tanlash orqali oldini oladi, bu esa kasallikning umumiy natijalariga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi, davolash xarajatlarini kamaytiradi va bemorning tibbiy-ijtimoiy holatini yaxshilaydi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: kardiodilatatsiya va lazeroterapiyaning takomillashtirilgan usulini qo‘llash ushbu patologiyali bemorni davolash narxini pasaytirish imkonini beradi. Taklif qilingan usul 1 nafar bemor uchun o‘rtacha 3200000 so‘m tejashga olib keladi, bemorning statsionarda davolanish davomiyligi qisqarishi natijasida hamda kardiodilatatsiya takror kurslari soni kamayishi hisobiga: ushbu patologiyali bemorlarda odatda sarf qilinadigan o‘rtacha umumiy xarajatlar: 15000000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra); taklif etilgan usullar yordamida to‘g‘ri tanlangan davolash taktikasi natijasida, yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi natijasidagi o‘rtacha umumiy xarajatlar: 11800000 so‘m (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra); bunda esa yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 32000000 so‘mni tashkil etdi (10 nafar bemor uchun). Xulosa: kardiodilatatsiyaning takomillashtirilgan usulini qo‘llash natijasida bir bemor uchun 3200000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi. Tajribada keltirilgan 10 nafar bemor uchun, bu iqtisodiy tejash ko‘rsatgichi yillik byudjet mablag‘laridan 9600000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 22400000 so‘m miqdorda iqtisod qilindi.
uchinchi ilmiy yangilik: III-IV darajali kardiya axalaziyasi uchun laparoskopik ezofagokardiomiotomiya usuli takomillashtirilgan bo‘lib, uning texnik jihatlari qizilo‘ngachning bo‘ylama o‘qini ko‘krak va qorin bo‘limlarining pastki uchdan bir qismini mobilizatsiya qilish orqali tiklashga, shuningdek selektiv proksimal vagotomiya va to‘liq bo‘lmagan old fundoplikatsiyasi bilan reflyuks ezofagit rivojlanishining oldini olishga qaratilgan (O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining 2024 yilning 12 martdagi IAP № 07622 raqamli ixtiro uchun patenti) - akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 18 maydagi 453 sonli buyruq), Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining 24.12.2023 yildagi 23/7-sonli, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.12.2023 yildagi 17-sonli, RShTYoIM Xorazm filiali 17.06.2024 yildagi 9-sonli va U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.06.2024 yildagi 07/06-281-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil “08” iyuldagi 02/42-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: laparoskopik ezofagokardiomiotomiyaning takomillashtirilgan texnikasini joriy etish jarrohlik davolashning yaqin va uzoq muddatli natijalarini yaxshilash, shuningdek, reabilitatsiya davrini qisqartirish hamda shunga mos ravishda davolashning iqtisodiy samaradorligini oshirish imkonini berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: laparoskopik ezofagokardiomiotomiya takomillashtirilgan texnikasini qo‘llash natijasida axalaziyaning IV bosqichi bilan og‘rigan bemorlarda umumiy xarajatlarni kamaytiradigan optimal taktika sifatida har bir bemor uchun umumiy mablag‘larni 3435000 so‘mga iqtisod qilish imkonini berdi. Axalaziyaning IV bosqichi bilan og‘rigan bemorlarni jarrohlik davolashda taklif qilingan laparoskopik usulni qo‘llash davolashning umumiy qiymatini pasaytirish imkonini beradi; Kardiya axalaziyasida mavjud jarrohlik bilan davolash usullarini qo‘llash xarajatlari 8485000 so‘m bo‘lsa, taklif etilgan usullar asosidagi chora-tadbirlar natijasida bu xarajatlar miqdori 5050000 so‘mni tashkil etadi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). Yangi takomillashtirilgan jarrohlik usulining joriy etilishi 1 nafar bemor uchun 3435000 so‘m tejash imkonini beradi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra). 1 yilda esa (7 bemor uchun) 24045000 so‘m iqtisod qilinadi. Xulosa: yangi takomillashtirilgan jarrohlik usulining joriy etilishi 1 nafar bemor uchun 3435000 so‘mni tejash imkonini bersa, 7 ta bemor uchun yillik 24045000 so‘m (byudjet mablag‘laridan 7213500 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 16831500 so‘m )ni iqtisod qilish yo‘li orqali iqtisodiy samaradorlikka erishish imkonini berdi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra).
to‘rtinchi ilmiy yangilik: operatsiya vaqtidagi va operatsiyadan keyingi asoratlar havfiga ta’sir qiluvchi patognomonik omillarni hisobga olgan holda kardiya axalaziyasi IV bosqichida radikal jarrohlik tuzatishning rezeksion va rekonstruktiv bosqichlarini amalga oshirishning taktik va texnik jihatlari aniqlangan - akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 18 maydagi 453 sonli buyruq), Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining 24.12.2023 yildagi 23/7-sonli, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.12.2023 yildagi 17-sonli, RShTYoIM Xorazm filiali 17.06.2024 yildagi 9-sonli va U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.06.2024 yildagi 07/06-281-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil “08” iyuldagi 02/42-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qizilo‘ngach ekstirpatsiyasining takomillashtirilgan bosqichlari qisqa muddatli va uzoq muddatli istiqbolda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan intra- va operatsiyadan keyingi asoratlar ehtimolini sezilarli kamaytiradi; natijada operatsiyadan keyingi reabilitatsiya muddatlari tezlashishi tufayli bemorlar faol ijtimoiy va mehnat faoliyatiga ertaroq qaytishadi. Shu tarzda qizilo‘ngach ekstirpatsiyasidan so‘ng bemorlarning hayot sifati yaxshilanadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, nazorat guruhida turli xil asoratli bemorlar soni 20,1% ni tashkil etdi va asosiy guruhda asoratlar soni sezilarli darajada (r <0,001) 10,1% gacha kamaydi. Asoratlarning tabiatini qiyosiy tahlil qilish guruhda joriy etilgan texnologiyalar va taklif etilgan ishlanmalar tufayli deyarli barcha asoratlar sonini ikki va undan ortiq marta ishonchli tarzda kamaytirish imkonini berganini ko‘rsatdi. Shunday qilib, qon ketishlar soni 11,8% dan 3,3% gacha, reflyuks-ezofagit 16,8% dan 5,3% gacha, qizilo‘ngachning teshib o‘tmagan shikastlanishi 5,4% dan 1,1% gacha, kuchli og‘riq sindromi 11% dan 4% gacha kamaydi. Bulardan ko‘rish mumkinki, bir vaqtning o‘zida gastroezofagoplastika bilan qizilo‘ngach ekstirpatsiyasining takomillashtirilgan bosqichlarini joriy etish jarrohlik davolash natijalarini yaxshilashga, asoratlar sonini kamaytirishga va umumiy peri- va postoperativ davrni qisqartirishga imkon berdi. Yuqoridagi ko‘rsatgichlar asosida quyidagi iqtisodiy natijalarga erishildi, bunda: 1 nafar bemorning shifoxondagi davri iqtisodiy ko‘rsatgichi: ushbu toifadagi bemorlarni davolashga oqilona yondashuv natijasida bemorlarning statsionarda bo‘lish o‘rtacha davri hamda asoratlar sonini kamaytirish hisobiga sarflanadigan qo‘shimcha xarajatlarni 2700000 so‘mga kamaytirish imkonini berdi; Ushbu guruhdagi bemorlarni davolashga individual oqilona yondashuv natijasida odatdagi davolash taktikasiga qaraganda har bir bemordan o‘rtacha 2700000 so‘m iqtisodiy samardorlikka erishish imkonini beradi. 1 yilda o‘rtacha (10 ta bemor uchun) 27000000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keladi. Xulosa: qizilo‘ngach ekstirpatsiyasining takomillashtirilgan bosqichlarini joriy etilishi 27000000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilishga olib keldi. Shunda yillik byudjet mablag‘laridan 8100000 so‘mni, byudjetdan tashqari mablag‘lardan esa 18900000 so‘mni tejash imkonini berdi.
beshinchi ilmiy yangilik: qizilo‘ngachning neyromushak kasalliklarini jarrohlik yo‘li bilan davolashning maqbul variantini tanlashning klinik va diagnostik mezonlari jarayonning turi va bosqichiga, yoshiga, bemor ahvolining og‘irligiga va birga keladigan patologiyaning mavjudligiga qarab belgilangan - akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xiruriya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi (2024-yil 18 maydagi 453 sonli buyruq), Samarqand shaxar tibbiyot birlashmasining 24.12.2023 yildagi 23/7-sonli, Xorazm viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 17.12.2023 yildagi 17-sonli, RShTYoIM Xorazm filiali 17.06.2024 yildagi 9-sonli va U.Xolmuratov nomidagi Respublika ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 26.06.2024 yildagi 07/06-281-sonli buyruqlari bilan amaliyotga joriy qilingan (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil “08” iyuldagi 02/42-sonli yig‘ilish bayonnomasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: taklif etilgan davolash-taktik algoritmi joriy etilishi natijasida laparoskopik ezofagokardiomiotomiya va qizilo‘ngach ekstirpatsiyasiga ehtiyoj bo‘lgan bemorlar guruhi aniq belgilandi, bu esa zarur kasalxonaga yotqizishlar sonini kamaytiradi, shuningdek, bemorlarning mehnat faoliyatiga qaytishlarini tezlashtiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: ishlab chiqilgan davolash-taktik algoritm asoratlar sonini kamaytirish, davolanish muddatini va bemorning shifoxonada qolishini qisqartirish imkonini berdi. Bu borada amalga oshirilgan ilmiy-amaliy tadqiqotlar natijalari har bir bemor uchun 1700000 so‘mni tejash imkonini berdi. Ya’ni bu kabi patologiyalarda asoratlar yuzaga kelganda uni tuzatish uchun qo‘shimcha sarflanadigan xarajatlar 7200000 so‘mni tashkil etadi. Taklif etilayotgan yangi jarrohlik amaliyotining joriy etilishi natijasida bu kabi xarajatlar o‘rtacha 5500000 so‘mni tashkil etdi. Natijada: bunday patologiyali 1 nafar bemor uchun taklif etilayotgan usul va yondashuv sababli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan asoratlarni kamaytirish natijasida 1700000 so‘m iqtisod qilinishiga olib keldi (“Akademik V.Voxidov nomidagi RIXIATM” DM preyskurantiga ko‘ra); taklif etilayotgan usul va yondashuv hisobiga yillik iqtisodiy samaradorlik 38500000 so‘mni tashkil etdi (7 bemor uchun). Xulosa: yangi ishlab chiqilgan davolash-taktik algoritmni jarrohlik amaliyotiga joriy etilishi byudjet mablag‘larini har bir bemor uchun 1700000 so‘mni tejash imkonini berdi. Mazkur taklif etilayotgan usul va yondashuv hisobiga yillik iqtisodiy samaradorlik 38500000 so‘mni tashkil etdi (7 bemor uchun). Natijada byudjet mablag‘larini 11550000 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 26950000 so‘mga iqtisod qilishga erishildi.