Abduraxmonov Sarvar Shaxriddinovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Yuqori xavf guruhli bemorlarda surunkali bosh miya qon aylanishi etishmovchiligini davolashni takomillashtirish», 14.00.34 – Yurak qon-tomir xirurgiya (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tib2944.
Ilmiy rahbar: Karimov Shavkat Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, akademik.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent tibbiyot akademiyasi.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi Dsc.04/30.12.2019.Tib.49.01.
Rasmiy opponentlar: Fokin Aleksey Anatol`evich, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi); Aliev Sherzod Maxmudovich, tibbiyot fanlari doktori.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat tibbiyot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: uyqu va tojsimon arteriyalarning birgalikda aterosklerotik zararlanishi mavjud yuqori havf guruhiga kiruvchi bemorlarning diagnostikasi natijalarini yaxshilash va jarrohlik amaliyotining bosqichlarini maqbullashtiruvchi algoritmni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uyqu va tojsimon arteriyalarning aterosklerotik torayishining kombinatsiyasi bosh miya ishemiyasiga past chidamlilik havfini bashorat qilishi isbotlangan;
jarrohlik aralashuvi bosqichiga va patognomonik asoratlarning xususiyatiga qarab uyqu va tojsimon arteriyalarning aterosklerotik torayishi bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini baholashning prognostik mezonlari aniqlangan;
muayyan asoratlarning potensial yuqori havfi sharoitida uyqu va tojsimon arteriyalarning torayishi bilan qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini tiklashning uch bosqichli texnikasini amalga oshirishning taktik va texnik jihatlari aniqlangan;
uyqu va tojsimon arteriyalarning aterosklerotik torayishi va operatsiya vaqtidagi asoratlar havfi yuqori bo‘lgan bemorlarda bosqichli endovaskulyar aralashuvlarning klinik va gemodinamik o‘zgarishlar dinamikasiga ta’sirining xarakterli xususiyatlari aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Yuqori havf guruhli bemorlarda surunkali bosh miya qon aylanishni etishmovchiligini davolash natijalarini yaxshilash bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida:
birinchi ilmiy yangilik: uyqu va tojsimon arteriyalarning aterosklerotik torayishining kombinatsiyasi bosh miya ishemiyasiga past chidamlilik havfini bashorat qilishi isbotlangan - Toshkent tibbiyot akademiyasi (25.03.2024 yildagi №03-24/111-x raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.03.2024 yildagi 50-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 05.03.2024 yildagi 126-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/59-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yuqori havf guruhli bemorlarda uyqu va tojsimon arteriyalarining qo‘shma aterosklerotik zararlanishida uch bosqichli kaminvaziv amaliyotlarining joriy etilishi, amaliyot davomida, yaqin va uzoq davrlarda ishemik insult asoratlarining kamayishiga va bemorlar xayot tarzining yaxshilanishiga  erishishga imkon berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bosh miyaning ishemiyaga tolerantligini bashorat qilish usulini oqilona tanlash qo‘shimcha diagnostika usullaridan foydalanishni istisno qilishi, amaliyot vaqtida vaqtinchalik intraarterial shuntdan (VIASh) foydalanish chastotasini kamaytirishi aniq bo‘ladi, bu esa bemorlarni sezilarli darajada moddiy resurslar tanqisligidan qutqaradi. Tomir ichi shuntlaridan foydalanib amaliyot bajarish narxi 10500000 so‘m, shuntlardan foydalanmay amaliyot bajarish narxi esa 6000000 so‘m. Xulosa: eng maqbul usulni tanlash bemorlarning potensial xarajatlarini 2 yoki undan ko‘p marta kamaytirishi mumkin.
ikkinchi ilmiy yangilik: jarrohlik aralashuvi bosqichiga va patognomonik asoratlarning xususiyatiga qarab uyqu va tojsimon arteriyalarning aterosklerotik torayishi bilan og‘rigan bemorlarni davolash samaradorligini baholashning prognostik mezonlari aniqlangan - Toshkent tibbiyot akademiyasi (25.03.2024 yildagi №03-24/111-x raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.03.2024 yildagi 50-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 05.03.2024 yildagi 126-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/59-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: tadqiqotlarimiz natijasi shuni ko‘rsatadiki uyqu va tojsimon arteriyalarni qo‘shma aterosklerotik torayishlari mavjud, yuqori havf guruxiga kiruvchi bemorlarni ochiq usuldagi jarroxlik amaliyotlaridan, bosqichli endovaskulyar davo usullarni qo‘llash samaraliroq, bu esa o‘z navbatida asossiz vaqtinchalik intraarterial shuntni qo‘llashni 26% dan 0% kamaytirishga, amaliyot vaqtini 3,5 soatdan 1,5 soatgacha qisqartirishga imkoniyat yaratadi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: shuni ko‘rsatadiki TKDS yordamida Matas sinamasi bajarilgandan so‘ng birinchi tomonida amaliyot bajarilishi lozim bo‘lgan 20 (100%) bemorlarni 14 (70.0%) xolatlarda bemorlarda ishemiyaga tolerantlik yuqoriligi aniqlandi va bu bemorlarga amaliyot vaqtida shunt qo‘llamasdan amaliyot o‘tkazish tavsiya qilindi. Yuqoridagi 14 (70,0%) bemordan 11 (78,5%) xolatlarda amaliyot vaqtida shunt qo‘llanilmadi va aytilgan xulosalar amaliyot vaqtida o‘z tasdig‘ini topdi. Ammo qolgan 3 (21,5%) xolatlarda amaliyot vaqtida bosh miyaning ishemiyaga tolerantligi past ekanligi aniqlandi va amaliyot vaqtida intraarterial shunt qo‘llashga to‘g‘ri keldi. Yuqoridagi 3 (21,5%) ta bemorning intrakranial arteriyalari MSKTA natijalari chuqur taxlili shuni ko‘rsatdiki bu bemorlarda oldingi arteriyaning turli darajada torayishi va 2 (66,7%) ta bemorda orqa bog‘lovchi arteriyaning yo‘kligi va oldingi bog‘lovchi arteriyaning torayishi aniqlandi. Ya’ni bu bemorlarda amaliyot vaqtida qarama qarshi kontralateral tomondan qon oqimida kompensatsiya bo‘lmaganligi va ekstra va intrakranial arteriyalarini turli darajada total shikastlanishi bemorlarda miya qon aylanishini autoregulyator funksiyasi yo‘qligini ko‘rsatdi. Keyingi nevrologik taxlillarda e’tiborli jixati shundaki, yuqoridagi bemorlarni barchasi anamnezida 1 yoki 2 marotaba ishemik insult o‘tkazganligidir. Bundan tashkari 20 (100%) bemordan qolgan 7 (35 %) ta bemorda tekshiruvlar natijasi shuni ko‘rsatdiki bosh miyaning ishemiyaga past tolerantlik aniqlandi va amaliyot vaqtida uyku arteriyalarini qisqichlarda qisilgandan so‘ng darxol shunt qo‘llab amaliyot o‘tkazish tavsiya qilingan edi. Bu xolatlar ayniqsa ikkinchi tomonda amaliyot o‘tkaziladigan bemorlarda aniqlandi. Yukoridagi 7 (35%) ta bemorlardan 4 (57,1%) xolatda amaliyot vaqtida tomirlarni qisqichlar bilan qisib ko‘rish natijasida ishemiyaga tolerantlik yuqoriligi aniqlandi va bemorlarga shunt qo‘llamasdan amaliyot o‘tkazildi. Yuqoridagi bemorlarni xam intrakranial arteriyalari MSKTA tekshiruvlari taxlil qilinganda barcha 4 (57,1%) ta bemorda to‘liq oldingi bog‘lovchi arteriyalarni yo‘qligi va orqa bog‘lovchi arteriyalarni kritik torayganligi ya’ni Villiziev xalqasi ochiqligi o‘z tasdig‘ini topdi, amaliyot davomida shunt ishlatmasdan amaliyot bajarish bitta bemorda 4500000 so‘m mablag‘ni tejab qoladi. Xulosa: Bir yilda yangi yondashuvlar va ko‘rsatmalarning joriy etilishi byudjet mablag‘larini o‘rtacha 450000000 so‘m, byudjetdan tashqari mablag‘larni esa 585000000 so‘mga tejash imkonini berdi;
uchinchi ilmiy yangilik: muayyan asoratlarning potensial yuqori havfi sharoitida uyqu va tojsimon arteriyalarning torayishi bilan qon tomirlarining o‘tkazuvchanligini tiklashning uch bosqichli texnikasini amalga oshirishning taktik va texnik jihatlari aniqlangan - Toshkent tibbiyot akademiyasi (25.03.2024 yildagi №03-24/111-x raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.03.2024 yildagi 50-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 05.03.2024 yildagi 126-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/59-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Serebral perfuzion rezervni aniqlash bo‘yicha taklif qilingan tavsiyalarning ijtimoiy samaradorligi bemorlarni davolash samaradorligini maqbullashtirish va yaxshilashda ifodalanadi, bu ularning hayot sifatiga ta’sir qiladi. Invaziv bo‘lmagan diagnostika usullaridan oqilona foydalanish bemorlar uchun sezilarli noqulaylik tug‘diradigan invaziv usullarni tayinlash zaruratini kamaytiradi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Bemorlarda kiminvaziv endovaskulyar jarrohlik davolash usullarini bajarish natijasida, bemorlarning shifoxonada qolishining o‘rtacha davomiyligi 14,2 kundan 8,1 kungacha qisqarishi hisobidan o‘rtacha 6 kunga kamroq statsionarda bo‘lishni tashkil etdi. Buning natijasida 1 bemor uchun 1828200 so‘m iqtisod qilindi. Reanimatsiya va intensiv davo bo‘limida bo‘lish vaqti qisqargan, buning natijasida 1 bemor uchun o‘rtacha 1 kunga qisqarishi natijasida 1119200 so‘m iqtisod qilindi. Buning natijasida taklif etilayotgan amaliyotlar natijasida jami o‘rtacha 1 bemor uchun iqtisodiy tejash ko‘rsatkichi 1947400 so‘mni tashkil etsa, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 19474000 so‘mni tashkil etadi (10 nafar bemor uchun). Xulosa: Kaminvaziv bosqichli amaliyotlarning qo‘llanilishi natijasida yuqori havf guruhli bemorlarda bir yilda byudjet mablag‘larini 5842200 so‘mga va byudjetdan tashqari mablag‘larni 13631800 so‘mga tejash imkonini berdi;
turtinchi ilmiy yangilik: uyqu va tojsimon arteriyalarning aterosklerotik torayishi va operatsiya vaqtidagi asoratlar havfi yuqori bo‘lgan bemorlarda bosqichli endovaskulyar aralashuvlarning klinik va gemodinamik o‘zgarishlar dinamikasiga ta’sirining xarakterli xususiyatlari aniqlangan - Toshkent tibbiyot akademiyasi (25.03.2024 yildagi №03-24/111-x raqamli xulosasi) Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining 04.03.2024 yildagi 50-sonli va Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining Toshkent viloyatidagi filialining 05.03.2024 yildagi 126-sonli buyruqlari bilan amaliyotiga joriy qilingan. (Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Ilmiy texnik kengashning 2024 yil 15 iyuldagi 03/59-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: Yuqori havf guruxiga kiruvchi bemorlarni ochiq usuldagi jarroxlik amaliyotlaridan, bosqichli endovaskulyar davo usullarni qo‘llash samaraliroq, bu esa o‘z navbatida asossiz vaqtinchalik intraarterial shuntni qo‘llashni 26% dan 0% kamaytirishga, intraoperatsion ishemik insultni 5,5% dan 0% ga, amaliyot vaqtidagi o‘tkir miokard infarktni 3,5% dan 2,2% ga, qisqartirishga imkoniyat yaratdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi: Uyqu va tojsimon arteriyalarning aterosklerotik zararlanishida davolash usullarini taqqoslaganimizda, kaminvaziv endovaskulyar amaliyotlarning qo‘llanilishi natijasida, amaliyot davomidagi va amaliyotdan keyingi maxalliy asoratlar 18,4% dan 4,6% gacha kamaygan, amaliyot vaqti 3,5 soatdan 1,5 soatgacha qisqargan, maxalliy asoratlarning o‘rtacha 4 barobarga qisqrishi natijasida sarf xarajatlar iqtisodiy ko‘rsatgichi 2875400 so‘mni tashkil etdi, amaliyotlar vaqtining qisqarishi hisobiga 1 bemorga 690300 so‘m iqtisod qilindi, shunda umumiy 1 bemor uchun iqtisodiy tejash samaradorligi 3565700 so‘mni tashkil etdi, bunda yillik iqtisodiy ko‘rsatgich 24959900 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: yuqori havf guruhli bemorlarda bosqichli kaminvaziv jarrohlik usullarini qo‘llash natijasida byudjet mablag‘larini 6659782 so‘m va byudjetdan tashqari mablag‘larni 18300118 so‘mga tejash imkonini berdi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish