Rustamov Muxammadsulton Sadullaevichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Respublika neftgaz sanoati xodimlarida ko‘z kasalliklari profilaktikasining ilmiy asoslarini takomillashtirish», 14.00.07–Gigiena va 14.00.08–Oftal`mologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.3.DSc/Tib224.

Ilmiy maslahatchi: Xamrakulova Mukaddasxon Askarovna, tibbiyot fanlari doktori.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06.2017.Tib.30.03.

Rasmiy opponentlar: Zaredinov Damir Arifovich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Xudayberganov Anatoliy Sagatbaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor; Kremkova Elina Vital`evna, tibbiyot fanlari doktori, professor (Rossiya Federatsiyasi).

Yetakchi tashkilot: Rossiya Federatsiyasi «Shimoli-G‘arbiy gigiena va sog‘liqni saqlash ilmiy markazi» (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi:neftgaz sanoati ishchilarida ko‘rish organlari kasalliklarini tashxislash, erta aniqlash, oldini olish va davolashga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

atrof-muhitga neftgaz sanoati korxonalari chiqindilarining zararli va xavf omillarining miqdoriy darajasi, mehnat sharoiti va olingan natijalarning gigienik me’yorlarga mos kelmasligi va ishchilar salomatligi uchun xavfliligi asoslangan;

ishlab chiqarish maydonida joylashgan neftgaz sanoati korxonalari ishlovchilari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish maqsadida ilmiy asoslangan kasbiy omillarning bezarar darajalari belgilangan va ruxsat etilgan ish vaqtlari ishlab chiqilgan;

mehnat sharoiti bilan bog‘liq bo‘lgan kasbiy xavf omillarini ishchilar salomatlik holatiga ta’sirini nisbiy xavf kattaliklari, yadro-fizik, gistomorfologik va immunoferment tekshirish natijalariga bog‘liq holda ishchilar organizmiga ta’sirini oldini olish tizimi ishlab chiqilgan;

ko‘z yosh xaltasi yallig‘lanish kasalliklarni jarrohlik usullarida davolash uchun ekstranazal dakriotsistorinostomiya usuli ishlab chiqilgan;

qanatsimon o‘simtani qayta o‘sishini bartaraf qilish va ishchilarning ko‘rish faoliyatini samaradorligini oshirish maqsadida xirurgik davolash usuli ishlab chiqilgan;

neftgazni qayta ishlash korxonalari yaqinida joylashgan mintaqalarda istiqomat qiluvchi aholi orasida salomatlik holatini marker ko‘rsatkichlarini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;

neftgaz sanoati korxonlari ishchilarining mehnat sharoiti, kasbiy xavfi, ish joylarida ishlab chiqarish bilan bog‘liq kasbiy kasalliklarni kamaytirish bo‘yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqilgan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.

Neftgaz sanaoti xodimlarida ko‘z kasalliklari profilaktikasining ilmiy asoslarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:

«Ekstranazal dakriotsistorinostomiya usuli» uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05201, 25.03.2016). Mazkur usul ko‘z yosh xaltasi yallig‘lanish kasalliklarni jarrohlik usullarida davolash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;

«Pterigiumni xirurgik davolash usuli» uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05245, 28.07.2016). Mazkur usul qanatsimon o‘simtani qayta o‘sishini bartaraf qilish va ishchilarning ko‘rish faoliyatini samaradorligini ta’minlash bemorlarda o‘z vaqtida xirurgik davolash tizimini takomillashtirish imkonini bergan;

«Glaukomani xirurgik davolash usuli» uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05244, 28.07.2016). Mazkur usul neftgaz sanoati ishchilarida zararli omillar natijasida yuzaga kelgan glaukomani xirurgik davolash orqali ko‘zning ichki bosimini muntazam ravishda me’yorda ushlab turish imkonini bergan;

«Antiglaukomatoz skleroiridoektomiya «P»simon getroskleroret raksiya usuli» uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05246, 28.07.2016). Mazkur usul ko‘z ichki bosimini me’yoriy darajada patogenetik davo mexanizimini takomillashtirish imkonini bergan;

«Ko‘z shox parda xalqali distrofiyasiga qarshi tomchi dori vositasi» uchun O‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining ixtiro patenti olingan (№IAP 05343, 16.02.2017). Mazkur usul neftgaz sohasidagi xodimlarda uchraydigan maxsus kasbiy kasalliklarni oldini olish, ko‘z shox parda xalqali distrofiyasi patogenetik davolash mexanizmini takomillashtirish imkonini bergan;

«Neftgaz sanoati korxonalari ishchilarida ish sharoitlarni gigienik baholash va oftalmologik kasalliklarining ko‘rsatkichlari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 26 yanvardagi 8n-d/18-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma neftgaz sanoati ishchilari, mehnat sharoitlarni gigienik baholash va ish sharoitlarning ishchilari ko‘rish tizimiga ta’sirini oldini olish va kasalliklarni davolash tartibini baholash imkonini bergan;

«Neftgazkimyo sanoati korxona xizmatchilarida ko‘z yosh o‘tkazuvchi yo‘llarini davolash usullari» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 26 yanvardagi 8n-d/18-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma neftgazkimyo sanoat korxonlari xizmatchilarida ko‘z yosh o‘tkazuvchi yo‘llarni simptomatik davolash tizimini optimal baholash imkonini bergan;

neftgaz sanoati korxonalari ishchilarida ko‘z kasalliklari profilaktikasini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, Respublika davlat sanitariya epidemiologiya nazorati markazi, Qashqadaryo, Buxoro va Navoiy, Samarqand viloyatlari ko‘z kasalliklari shifoxonalari klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 11 maydagi 8n-d/81-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalarning amaliyotga tatbiq etilishi mehnat sharoiti xavfsizligining gigienik talablari bo‘yicha me’yoriy-huquqiy bazani takomillashtirish, ishchilarning ish sharoitini yaxshilash, neftgaz sanoati xodimlari orasida ko‘rish tizimi kasalliklarini kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish