Ruziev Rufat Toshboevichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Akril stirol sopolimerlari asosida issiqlikdan himoyalovchi qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish», 02.00.14 – Organik moddalar va ular asosidagi materiallar texnologiyasi, 05.05.05 – Issiqlik texnikasining nazariy asoslari (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/T3605.
Ilmiy rahbar: Rahmonqulov Alikul Amirovich, fizika-matemateka fanlar nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent kimyo-texnologiya ilmiy tadqiqot instituti huzuridagi DSc.16/30.12.2019.K/T.87.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Murtazaev Quvondiq Mustafaevich, texnika fanlari doktori, dotsent; Fayziev Jaxongir Bahromovich, texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: akril stirol sopolimerlarini modifikatsiyalab issiqlikdan himoyalovchi qoplamalar olishning iqtisodiy samarador texnologiyasini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
akril stirol sopolimeri, qavariqlangan vermikulit, polivinilatsetat va suyuq shisha asosida tarkiblarni modifikatsiyalab polimer qoplamalar olingan;
tarkibida kremniy, azot va metall bo‘lgan qo‘shimchalar bilan modifikatsiyalangan akril stirol sopolimerini asosidagi haroratga barqaror polimer qoplamalar olishning maqbul sharoitlari va fizik-kimyoviy xossalarni aniqlangan;
akril stirol sopolimeri asosidagi qoplama destruksiyalanish harorati ortishining modifikatsiyalash sharoitiga va to‘ldiruvchi xossalariga bog‘liqligi aniqlangan;
yangi tarkibli polimer qoplamalar adgeziyasi 1 ball, maydalanish darajasi 20 mkm va zarbiy mustahkamlik chegarasi 18-20 sm gacha yaxshilanishining polifunksional ta’sirga ega kimyoviy qo‘shimchalarning optimal nisbatlariga bog‘liqligi ilmiy isbotlangan;
akril-stirol sopolimeri asosida issiqlikdan himoya qiluvchi va yuqori issiqlik sig‘imiga ega bo‘lgan polimer qoplamalarni ishlab chiqarishning yangi texnologiyasi ishlab chiqilgan va uning keng qo‘llaniladigan analoglarga nisbatan 17,31% ga yuqori iqtisodiy samaradorlikka ega ekanligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Akril stirol sopolimerlari asosida issiqlikdan himoyalovchi qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida kremniy, azot va metall bo‘lgan qo‘shimchalar bilan akril stirol sopolimerini modifikatsiyalash orqali olingan haroratga barqaror polimer qoplamalar “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish boshqarmasi”da amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasining 2023 yil 10 avgustdagi OP02/50-2913-son ma’lumotnomasi). Natijada akril stirol sopolimerlari asosida issiqlikdan himoyalovchi qoplamalar olish texnologiyasini ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash imkonini bergan;
qavariqlangan vermikulit, polivinilatsetat, akril stirol va suyuq shisha asosidagi haroratga barqaror polimer qoplamalar “Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasida amaliyotga joriy qilingan (“Sho‘rtan neft va gaz qazib chiqarish” boshqarmasining 2023 yil 10 avgustdagi OP02/50-2913-son ma’lumotnomasi). Natijada, taklif etilayotgan haroratga barqaror modifikatsiyalangan akril-stirol sopolimerlari issiqlik uzatish quvurlaridan tashqi muhitga chiqadigan issiqlik miqdorini samarali ravishda ushlab qoladi, bu esa energiya sarfini sezilarli darajada kamaytirish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish