Ochilov Akbarjon Mamayunus o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Epoksid oligomerlari suvli dispersiyalari emulgirlanish jarayonini va kolloid-kimyoviy xususiyatlarini tadqiq qilish», 02.00.11 – Kolloid va membrana kimyosi (kimyo fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/K801.
Ilmiy rahbar: Eshmetov Izzat Do‘simbataovich texnika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasalar nomi: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Umumiy va noorganik kimyo instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Namangan muhandislik-texnologiya instituti, DSc.03/29.08.2023.K/T.66.02.
Rasmiy opponentlar: Abduraxmonov Eldor Baratovich, kimyo fanlari doktori; Baxronov Hayot Nurovich, kimyo fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Toshkent kimyo-texnologiya instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: suvli eritmalardagi epoksid smolalarning emulgatsiyalash jarayonining fizik-kimyoviy qonuniyatlarini aniqlash, shuningdek, hosil bo‘layotgan emulsiyalarning kolloid kimyoviy xossalarini tartibga solishning ilmiy tamoyillarini ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
emulsiyada ED20 konsentratsiyasining ortishi bilan mustahkamlik parametrlari Pk1 va Pk2 ortib, bu esa oqim boshlanishi va emulsiya strukturasining buzilishi uchun zarur bo‘lgan strukturaviy barqarorligi oshishini va qo‘zg‘atish kuchlanishi ortishi ilmiy jihatdan asoslangan;
ED20 ning quyi konsentratsiyalarida DEAOKga nisbatan PEG yanada emulsiyalarning yuqori boshlang‘ich va kritik barqarorlikni ta’minlab, uning stabilizator sifatida samaradorligi aniqlangan;
ED20 konsentratsiyasini 70% ga, DEAOKning 5% ga ortishi emulsiyalarning mustahkamlik xususiyatlari va yopishqoqligining sezilarli tarzda yaxshilanishiga olib kelgan, bunda esa emulsiya molekulalari o‘rtasidagi o‘zaro ta’sirning ortishi va strukturaviy barqarorligi ortishi isbotlangan;
suv-epoksid tizimlarida qo‘zg‘alish kuchlanishi qo‘zg‘alish tezligini 1 s-1 dan 100 s-1 gacha ortishi bilan ko‘payishi, sirt faol moddalarsiz emulsiya uchun esa 15 Pa dan 1500 Pa gacha ortishi ko‘payshi ilmiy jihatdan asoslangan;
qo‘zg‘alish tezligi 1 s-1 da PEG qo‘shilishi kuchlanish 25 Pa ga teng va 400 s-1da 1550 Pa ga etadi va LABSA qo‘shilsa qo‘zg‘alish kuchlanishi pastroq qiymatdan ya’ni, 1 s-1 10 Pa da boshlanadi, 1200 s-1 da 1150 Pa gacha ortib borgan, bu PEG bilan solishtirganda yopishqoqlikning keskin pasayishi hamda emulsiyaning past strukturaviy barqarorligiga bog‘liqligi aniqlangan;
emulsiyalarga turli sirt faol moddalar kiritilishi qoplamalarning shishalanish temperatura ko‘rsatkichiga ta’sir etib, PEG va LABSA yanada quyi haroratni Tc 130°C, DEOAK da esa bu ko‘rsatkich 140 °C haroratni tashkil etishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Epoksid smolali emulsiya asosida korroziyaga qarshi qoplamalar olish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarkibida 50% gacha ED20 va 25% gacha suv bo‘lgan emulsiyalar asosida korroziyaga qarshi qoplamalar ishlab chiqarish usuli “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJning “2024-2026-yillarda amaliyotga joriy etish bo‘yicha istiqbolli ishlanmalar ro‘yxati”ga kiritilgan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ 2024 yil 5 martdagi 02 -03-01/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, 50% gacha ED20 va 25% gacha suvni o‘z ichiga olgan emulsiyalarga asoslangan korroziyaga qarshi kompozisiyalar xossalari bo‘yicha tijorat mahsulotlariga yaqin va ba’zi hollarda ulardan ustun bo‘lgan korroziyaga qarshi materiallar olish imkonini beradi;
ED20 va LABSA emulgatori asosidagi korroziyaga qarshi qoplamalar kompozisiyalari “Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ amaliyotiga tadbiq qilingan (“Farg‘ona neftni qayta ishlash zavodi” MChJ 2024 yil 5 martdagi 02 -03-01/1-son ma’lumotnomasi). Natijada, neft-gaz sanoatida quruqlik va er osti quvurlari uchun xorijiy korroziyaga qarshi qoplamalarni epoksid smolasi asosidagi uch qatlamli himoya qoplamalariga to‘liq almashtirish imkonini bergan. 

Yangiliklarga obuna bo‘lish