Ismatov Nodirjon Raximdjanovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Bank kreditlari foiziga ta’sir etuvchi omillarni baholashning ustuvor yo‘nalishlari», 08.00.07 - «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam:
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Abduraxmonov Ilyos Xurshidovich, iqtisodiyot fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot: «Trastbank» xususiy aksiyadorlik banki.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida kredit foizlariga ta’sir etuvchi omillarni baholashning ustuvor yo‘nalishlariga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining transformasiya jarayonini yanada faollashtirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank milliy va xorijiy valyutadagi kreditlar foizlarni belgilashda inflyasiyaning ta’sirini pasaytirish orqali banklarda foiz riskining oldini olish va boshqarish ilmiy asoslandi;
bankning moliyaviy barqarorligini oshirish imkonini bank xizmatlarining yuqori sifat darajasini ta’minlash maqsadida bazaviy foiz stavka sifatida pul bozoridagi foiz stavkani qo‘llagan holda suzib yuruvchi foiz stavkada kreditlar ajratish amaliyotini joriy etish taklif etilgan;
moliya bozorini rivojlantirish va bank tizimini kompleks transformasiya qilish orqali pul bozoridagi foiz stavkaning bank kreditlari foiziga ta’sirini oshirish ilmiy asoslandi;
bankning moliya bozorida faol pozisiyasini hamda manfaatdor tomonlar o‘rtasida bankning ijobiy obro‘-e’tiborini mustahkamlash maqsadida kreditlar foizi bilan kredit portfeli rentabelligini o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasiyani ta’minlash asoslandi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida kredit foizlariga ta’sir etuvchi omillarni baholashning ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
milliy va xorijiy valyutadagi kreditlar foizlarni belgilashda inflyasiyaning ta’sirini pasaytirish orqali banklarda foiz riskining oldini olish va boshqarishga doir taklifi Ipotekabank ATIB faoliyatlariga joriy etilgan (ATIB Ipotekabankning 2024 yil 26 avgustdagi 02/3519-son dalolatnomasi). Natijada, oldingi oydagi inflyasiya darajasining bir foizga oshishi tijorat banklarining milliy valyutadagi qisqa muddatli kreditlarni real foiz stavkasini 0,95 foizga hamda xorijiy valyutadagi qisqa muddatli kreditlarni real foiz stavkasini 0,57 foizga  empirik tahlillar orqali aniqlandi va asoslab berildi.
bankning moliyaviy barqarorligini oshirish imkonini bank xizmatlarining yuqori sifat darajasini ta’minlash maqsadida bazaviy foiz stavka sifatida pul bozoridagi foiz stavkani qo‘llagan holda suzib yuruvchi foiz stavkada kreditlar ajratish amaliyotini joriy etishga doir taklifi Ipotekabank ATIB faoliyatlariga joriy etilgan (ATIB Ipotekabankning 2024 yil 26 avgustdagi 02/3519-son dalolatnomasi). Natijada, bank kreditlari foizini shakllantirishda bozor foiz stavkalarining ta’siri oshirildi va bu bankning mijozlari bilan aloqalarini sifat jihatdan yuqoriga ko‘tardi.
moliya bozorini rivojlantirish va bank tizimini kompleks transformasiya qilish orqali pul bozoridagi foiz stavkaning bank kreditlari foiziga ta’sirini oshirishga doir taklifi Ipotekabank ATIB faoliyatlariga joriy etilgan (ATIB Ipotekabankning 2024 yil 26 avgustdagi 02/3519-son dalolatnomasi). Natijada, Markaziy bankning oldingi oydagi real asosiy foiz stavkasining bir foizga oshishi milliy valyutadagi qisqa muddatli kreditlar real foizni 0,15 foizga hamda xorijiy valyutadagi qisqa muddatli kreditlarning real foizini 0,59 foizga oshirishi empirik tahlillar orqali aniqlandi.
    bankning moliya bozorida faol pozisiyasini hamda manfaatdor tomonlar o‘rtasida bankning ijobiy obro‘-e’tiborini mustahkamlash maqsadida kreditlar foizi bilan kredit portfeli rentabelligini o‘rtasida to‘g‘ri korrelyasiyani ta’minlashga doir taklifi Ipotekabank ATIB faoliyatlariga joriy etilgan (ATIB Ipotekabankning 2024 yil 26 avgustdagi 02/3519-son dalolatnomasi). Natijada, qisqa muddatda bank kreditlari foizining bir foizga oshishi kredit portfelining aktivlarga nisbatan rentabelligini 3,39 foizga oshirishi, ammo uzoq muddatda -2,40 foizga pasaytirishi ekonometrik strukturaviy vektor avtoregressiya (SVAR) model orqali aniqlangan va asoslab berilgan.

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish