Usmonov Musurmon Mamirali o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘zbek tilining Mingbuloq shevasi”, 10.00.01 – O‘zbek tili (filolofiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.1.PhD/Fil2180.
Ilmiy rahbar: Darvishov Ibrohim O‘rmonovich, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Namangan davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi: Namangan davlat universiteti, PhD.03/04.06.2020.Fil.76.04.
Rasmiy opponentlar: Abdiev Murodqosim Bolibekovich, filologiya fanlari doktori, professor; Xojaliev Ismoil Tojiboevich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Navoiy davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi Mingbuloq tuman aholisi lahjaviy etnik tarkibi, sheva arealini dialektga xos bo‘lgan tarixiy lingvoetnologik, areologik jarayonlari hozirgi k’orinishlarining fonetik-fonologik hamda ayrim lisoniy xususiyatlarni tahlil qilish, ularning o‘zbek adabiy tiliga va boshqa qo‘shni shevalarga munosabatini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
Mingbuloq shevasining lingvistik xaritalari yaratilgan, aholi etnotarkibining turlichaligining omil va sabablari, dialektal arealdagi migratsiya jarayonlari natijasida paydo bo‘lgan shevadagi ijtimoiy-madaniy, etnik-lisoniy, milliy-mental xususiyatlarning tadrijiy taraqqiyot yo‘llari aniqlangan;
arealning o‘ziga xos etnomuloqot hudud ekanligi, boshqa o‘zbek shevalaridan farqli xususiyatlarining paydo bo‘lish sabablari, sheva lingvistik xaritasidagi izoglossa chiziqlarini aniqlash tamoyillariga ko ’ra, areolingvistik belgi-xususiyatlaridagi o‘ziga xosliklar esa, areal-tipologik, struktur, qiyosiy-tarixiy usullar asosida baholangan va ayni paytdagi tasnifi dialektologik, lingvoareologik til dalillari orqali asoslab berilgan;
sheva lisoniy belgilariga asoslanib, qarluq, qipchoq, aralash tip guruhlarga hamda “y”lovchi va “j”lovchi qipchoq lahja shoxobchalarga ajratilgan, shevaning fonetik-fonologik o‘ziga xos jihatlarini yuzaga chiqaruvchi tovushlar, fonemalar paradigmasi, artikulyasion-akustik xususiyatlari, sifat belgilari, ularning so‘z tarkibidagi o‘rni, fonetik-fonematik qonuniyatlar asosi areal-tipologik, areal-lingvistik, lingvodialektal tamoyillar va amaliy tilshunoslik mezonlari orqali dalillangan;
Mingbuloq dialektlari arealidagi shevalarning adabiy til bilan o‘zaro muvozanatli munosabati, hududiy yaqin areallar ta’siridagi o‘zaro o‘tish va vibratsion (tebranish) zonalaridagi tarixiy jarayonlar hozirgi davrdagi azonalar ta’siri ekanligi lisoniy faktlar orqali dalillanib, areal lingvistik xaritalangan tarzda shevaning o‘zbek xalqi shevalari sistemasida tutgan lingvomadaniy va lingvoareal o‘rni va o‘zaro ijtimoyi-iqtisodiy va madaniy aloqa tasirlari ilmiy-nazariy va amaliy asoslar bilan isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “O‘zbek tilining Mingbuloq shevasi” tadqiqi bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
Mingbuloq shevasining lingvistik xaritasidagi Namangan viloyatidagi va mamlakatimizdagi boshqa o‘zbek shevalaridan farqli xususiyatlarining sabablari migratsiya jarayonlarini, aholi etnotarkibini, arealning o‘ziga xos etnomuloqot hudud sifatida shakllantirgan izoglossa chiziqlarini aniqlash va belgilash yo‘llari orqali asoslab berilgan hamda mazkur sheva areali ilk bor monografik tarzda tadqiq etilgan holda, uning arealogik o‘ziga xos lisoniy belgilari qarluq, qipchoq, aralash tip guruh va shoxobchalarga ajratilgan, areolingvistik xususiyatlari areal-tipologik, struktur, komponent, qiyosiy-tarixiy usullar orqali tavsiflangan va ayni paytdagi tasnifi havola qilingan o‘rinlardagi faktik misollardan, to‘xtam va xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2021-2023-yillarda bajarilgan F1-XT-0-92997 raqamli “Yoshlarni umuminsoniy, milliy va tarxiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida ma’naviy-axloqiy tarbiyalashning muammolari” mavzusidagi fundamental loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2023-yil 23-fevraldagi 261-son ma’lumotnomasi). Natijada loyihaning umuminsoniy, milliy va tarixiy qadriyatlar uyg‘unligi asosida yoshlarni ma’naviy-axloqiy tarbiyalash yo‘l va usullarining millat tili va uning qadriyat ekanligi yoritilgan o‘rinlari sheva, ona tili, milliy va adabiy til haqidagi fikrlar bilan boyitilgan;
Mingbuloq shevasi fonetik-fonologik o‘ziga xos jihatlari unli, undosh tovushlari, fonemalar paradigmasi, ularning artikulatsion-akustik xususiyatlari, har bir fonema va tovushning so‘z tarkibidagi o‘rni, fonetik qonuniyatlar, sheva nutq tovushlari va fonemalarining lingvistik sifat belgilari, lahjaviy lingvistik birliklari areal-lingvistik, areal-tipologik, lingvogeografik tamoyillar hamda amaliy tilshunoslik mezonlari orqali aniqlangan o‘rinlardan, chiqarilgan xulosalardan T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filialida 2021-2023-yillarda bajarilgan FZ-2016-0908165532 raqamli “Qoraqalpoq tilining yangi alfabiti va imlo qoidalariga muvofiq ona tili va adabiyotini rivojlantirish metodikasi” mavzusidagi amaliy loyihasini amalga oshirishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi xalq ta’limi vazirligi T.N.Qori-Niyoziy nomidagi O‘zbekiston pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpog‘iston filiali 2023-yil 23-fevraldagi 262-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq shevalardagi iboralar, so‘zlar va grammatik shakllar, maqol va matallarning imlo qoidalari asosida to‘g‘ri yozilishi, turli hudud vakillarining dialektal lisoniy manzarasi va dunyoqarashi haqidagi fikrlar bilan to‘ldirilgan;
shevaning leksik-semantik va grammatik xususiyatlaridagi o‘ziga xosliklarga Mingbuloq arealidagi qarluq, qipchoq va aralash shevalarning adabiy til bilan o‘zaro muvozanatli munosabati, hududiy yaqin areallar ta’siridagi o‘tish zonalari va vibratsion tarixiy jarayon, hozirgi holatlar azonalar ta’siri ekanligi dalillanib, areal lingvistik xaritalangan hamda shevaning boshqa o‘zbek shevalari sistemasida tutgan o‘rni, o‘zbek adabiy tiliga munosabati ilmiy-nazariy va amaliy asoslar orqali ko‘rsatib berilgan xulosa va to‘xtamlardan O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat teleradiokanali” tomonidan efirga uzatilgan “Til – millat ko‘zgusi” teleko‘rsatuvi ssenariysini tayyorlashda foydalanilgan, tadqiqot muallifi bilan shevalar xususida suhbat tashkil etilgan. (O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi “Madaniyat va ma’rifat teleradiokanali” davlat muassasasining 2023-yil 1 dekabrdagi 01.02.03/242-son ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xalqi va millatining qadimiy boy tarixi, adabiy tilimiz ozuqasi bo‘lgan shevalarni xalqimizga tanishtirish, targ‘ib qilish orqali ko‘rsatuvning ilmiy-ommabopligi ta’minlangan, tilning milliy qadriyat sifatidagi o‘rnini to‘la yoritishga erishilgan.
     

 

Yangiliklarga obuna bo‘lish