Kazakov Ilxam Rozmamatovichning
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “O‘zbek va qoraqalpoq tillarida lingvokulturologik birliklar talqini”, 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.DSc/Fil424.
Ilmiy maslahatchining F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Qudaybergenov Mambetkerim Sarsenbaevich, filologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Abdushukurov Baxtiyor Buranovich, filologiya fanlari doktori, professor; O‘razboev Abdulla Durdibaevich, filologiya fanlari doktori, dotsent; Pirniyazova Alima Kudiyarovna, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Yetakchi tashkilot nomi: O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining milliy-madaniy xususiyatlarini lingvokulturologik jihatdan ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
qoraqalpoq tilida bugungi kunda boshqa turkiy tillarda uchraydigan singarmonizm hodisasi saqlanganligi bois, bu xalq o‘zbek va qoraqalpoq tillarida parallel qo‘llaniladigan muayyan gidronimik indikator tarkibidagi tovushlarni o‘z milliy nigohiga muvofiq tarzda talaffuz etishiga bog‘liq ravishda “olam fonetik manzarasi” tushunchasi asoslangan;
o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari milliy-madaniyatidan guvohlik beruvchi frazeologizmlar har qaysi millat tafakkur tarzi, urf-odat, an’ana, qadriyatlari xususida tasavvur hosil qilish imkonini berishi, bu tillarga mansub frazeologik birliklarni til va madaniyat yaxlitligi asosida baholashda dastlab ularga xos antropologik aspekt e’tiborga olinishi lozimligi dalillangan;
paremiyalar o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining mentalitetini, hayot tarzi, urf-odatlari, an’ana-yu qadriyatlarini, har qaysi millat milliy-madaniyatini gavdalantirishi, gender konsept ifodalangan paremiyalardagi tafovut va o‘xshashliklar azaldan bu ikki xalq milliy nigohi, tasavvur va tafakkuri, olam manzarasini lisonda o‘ziga xos tarzda tasvirlashi bilan bevosita bog‘liqligi aniqlangan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillarining antropotsentrik tabiatini tavsiflashda tarixiylikka daxldor, o‘sha xalqlar milliy-madaniy qadriyatlariga taalluqli turg‘un o‘xshatishlar, ramzlar, stereotiplar juda muhim vositalar sanalishi, ularda har qaysi millat mentalitetiga xos xususiyatlar yashiringanligi, ular o‘zbek va qoraqalpoqlarning o‘tmish davrlardagi milliy nigohini aks ettirishi asoslangan;
 o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi leksik, frazeologik va paremiologik birliklarning mohiyatini anglash, bu tillar haqida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun ularni madaniyatlararo hamkorlik asosida qiyoslash muhim ahamiyat kasb etishi isbotlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi lingvokulturologik birliklar talqini bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
o‘zbek va qoraqalpoq tillaridagi leksik, frazeologik va paremiologik birliklarning mohiyatini anglash, bu tillar haqida to‘laroq ma’lumotga ega bo‘lish uchun ularni madaniyatlararo hamkorlik asosida qiyoslash muhim ahamiyat kasb etishi va kutilgan natijani berishiga doir nazariy ma’lumotlardan Erasmus + dasturining 561574-EPP-1-2015-1-ES-EPPKA2 – CBHE-JP – ECCUM: “Establishment of Computing Centers and Curriculum Development in Mathematical Engineering Master programme” grant loyihasida foydalanilgan (Urganch davlat universitetining 2023-yil 16-maydagi 06-103/1-son ma’lumotnomasi). Tadqiqotda keltirilgan nazariy xulosalar mazkur loyihani boyitishga yordam bergan, ushbu grant ilmiy bazasining yanada mukammal bo‘lishi uchun xizmat qilgan;
qoraqalpoq tilida bugungi kunda boshqa turkiy tillarda uchraydigan singarmonizm hodisasi saqlanganligi bois, bu xalq o‘zbek va qoraqalpoq tillarida parallel qo‘llaniladigan muayyan gidronimik indikator tarkibidagi tovushlarni o‘z milliy nigohiga muvofiq tarzda talaffuz etishiga bog‘liq ravishda “olam fonetik manzarasi” tushunchasiga oid lisoniy materiallardan 2015-2017-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G004-raqamli “Qoraqalpoqlar tasavvurida ayol timsoli: etnologik tadqiqotlar” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 14-iyundagi 254/1-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha materiallari qoraqalpoq xalqi mentalitetida ayol timsoliga oid o‘ziga xos tasavvurlarning qaror topganligi, shunga doir tadqiqot ishlarining amalga oshirilganligi xususidagi yangi manba va ma’lumotlar bilan yanada boyigan;
o‘zbek va qoraqalpoq xalqlari milliy-madaniyatidan guvohlik beruvchi frazeologizmlar har qaysi millat tafakkur tarzi, urf-odat, an’ana, qadriyatlari xususida tasavvur hosil qilish imkonini berishi, bu tillarga mansub frazeologik birliklarni til va madaniyat yaxlitligi asosida o‘rganishda dastlab ularga xos antropologik aspekt e’tiborga olinishi lozimligi haqidagi nazariy masalalardan 2012-2016-yillarda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-F1-GOO3-raqamli “Hozirgi qoraqalpoq tilida funksional so‘z yasalishi” mavzusidagi fundamental loyihada foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 14-iyundagi 255/1-son ma’lumotnomasi). Tadqiqot materiallari o‘zbek va qoraqalpoq tilshunosligida lingvokulturologiya sohasi taraqqiyoti uchun muhim ilmiy-nazariy ma’lumotlar bergan;
paremiyalar o‘zbek va qoraqalpoq xalqlarining mentalitetini, hayot tarzi, urf-odatlari, an’ana-yu qadriyatlarini, har qaysi millat milliy-madaniyatini gavdalantirishi, gender konsept ifodalangan paremiyalardagi tafovut va o‘xshashliklar azaldan bu ikki xalq milliy nigohi, tasavvur va tafakkuri, olam manzarasini lisonda o‘ziga xos tarzda tasvirlashi bilan bevosita bog‘liqligi borasidagi nazariy xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida bajarilgan FA-A1-G004-raqamli “Qoraqalpoqlar tasavvurida ayol timsoli: etnologik tadqiqotlar” nomli amaliy tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 14-iyundagi 254/1-son ma’lumotnomasi). Natijada realiyalarni qardosh tillar va ularning madaniyatlararo hamkorligi asosida o‘rganish muhim ahamiyat kasb etishi ko‘rsatilgan;
o‘zbek va qoraqalpoq tillarining antropotsentrik tabiatini tavsiflashda tarixiylikka daxldor, o‘sha xalqlar milliy-madaniy qadriyatlariga taalluqli turg‘un o‘xshatishlar, ramzlar, stereotiplar juda muhim vositalar sanalishi, ularda har qaysi millat mentalitetiga xos xususiyatlar yashiringanligi, ular o‘zbek va qoraqalpoqlarning o‘tmish davrlardagi milliy nigohini aks ettirishi xususidagi qarashlardan Qoraqalpog‘iston televideniesining “Assalomu alaykum, Qoraqalpog‘iston” ko‘rsatuvlarining ssenariylarini tayyorlash jarayonida samarali foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi teleradiokompaniyasining 2023-yil 31-maydagi 05-22/285-son ma’lumotnomasi). Natijada mazkur teleko‘rsatuvlarning materiallari mazmun jihatdan yanada mukammallashgan, ularning ilmiy dalillarga boy bo‘lishi ta’minlangan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish