Umedov Xushvakt Alisherovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Jigar va taloqning yopiq shikastlanishlarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish», 14.00.27 – «Xirurgiya» (tibbiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Tib.3411.
Ilmiy rahbarlar: Mustafakulov Ishnazar Boynazarovich, tibbiyot fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Samarqand davlat tibbiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Samarqand davlat tibbiyot universiteti, DSc.04/05.05.2023.Tib.102.03.
Rasmiy opponentlar: Mamaradjabov Sobirjon Ergashevich, tibbiyot fanlari doktori; Abduraxmanov Ma`mur Mustafaevich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: I.I. Djanelidze nomidagi Sankt-Peterburg shoshilinch tibbiy yordam ilmiy-tadqiqot instituti (Rossiya).
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi:
Jigar va taloqning yopiq travmalarida davolash natijalarini yaxshilash maqsadida diagnostika va davolashning miniinvaziv (endovideoxirurgik) usullarini maqbullashtirish imkoniyatlarini kengaytirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
jigar va taloqning yopiq shikastlanishlarini davolash taktikasini tanlash imkoniyatlarini baholash uchun diagnostik videolaparoskopiyaga OIS shkalasi bo‘yicha 1-3 darajali jigar va taloq shikastlanishlari, bemorning ahvoli barqaror va 500 ml gacha bo‘lishi ko‘rsatmalar ekanligi aniqlangan;
jigar va taloqning yopiq shikastlanishlarini turli xil davolash usullarining qiyosiy natijalarini tahlil qilishda konservativ davo, laparoskopik gemostaz, "ochiq" jarrohlik aralashuvlar va ushbu toifadagi bemorlarga yordam ko‘rsatish natijalarini yaxshilash guruhlarini aniqlash imkonini beruvchi diagnostika va davolash algoritmi ishlab chiqilgan;
qorin bo‘shlig‘i jaroxati bilan 24,8% bemorlarda jigar va taloqning yopiq shikastlanishlari uchun ishlab chiqilgan diagnostika hamda davolash algoritmiga muvofiq differensial yondashuv, bemorlarning 39,3% da o‘z vaqtida keraksiz keng qamrovli jarrohlik laparotomiyadan ko‘ra laparoskopik aralashuv tufayli muvaffaqiyatli konservativ davolanishga imkon berishi isbotlangan;
   jigar va taloqning yopiq jarohatlarini davolash taktikasini tanlashda taklif etilayotgan algoritmdan foydalanish asoratlanish holatlarini taqqoslash guruhidagi 37,9% dan asosiy guruhdagi holatlarning 20,51% gacha, taqqoslash guruhida 42,7% dan asosiy guruhda -26,1% gacha, bunda ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan diagnostika va davolash algoritmining taktikasi o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini berishi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Samarqand davlat tibbiyot universiteti Ekspert kengashining 2024-yil 01-may 37-son xulosasiga ko‘ra:
ilmiy yangilikning mohiyati: jigar va taloqning yopiq shikastlanishlarini davolash taktikasini tanlash imkoniyatlarini baholash uchun diagnostik videolaparoskopiyaga OIS shkalasi bo‘yicha 1-3 darajali jigar va taloq shikastlanishlari, bemorning ahvoli barqaror va 500 ml gacha bo‘lishi ko‘rsatmalar ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qorin bo‘shlig‘ining yopiq travmasida jigar va taloqning shikastlanishi diagnostikasi keng qamrovli bo‘lishi kerak, u rentgen, ultratovush va endovideoxirurgik usullarini o‘z ichiga olgan bo‘lishi lozim. Qorin bo‘shlig‘ining ultratovush tekshiruvi (88,6%) va diagnostik laparoskopiya (96,9%) eng yuqori sezuvchanlikga ega ekanligi aniqlangan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar va taloqning yopiq shikastlanishlarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali (17 mart 2022 yil, buyruq №37-i) va Jomboy tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam filiali (17 aprel 2022 yil, buyruq №16-U) va RShTYOIM Qashqadaryo filiali xirurgik bo‘limlari (10 may 2024 yil, buyruq №56-T) klinik amaliyotlariga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2024 yil 4-martdagi 14-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: jigar va taloqning shikastlanishi bilan qorin bo‘shlig‘ining yopiq travmasi diagnostikasi zamonaviy diagnostik usullar yordamida amalga oshirilishi bOIS, ushbu kontingentdagi patsientlarda travma va uning asoratlari hamda kelgusida rivojlanishi mumkin bo‘lgan asoratlarni o‘z vaqtida aniqlanib patsientlarni tezroq sog‘ayishiga erishilgan. Bunda qorin bo‘shlig‘ining yopiq travmalari payti jigar va taloqning shikastlanishlarida xirurgik davolash taktikasini tanlash hal qiluvchi ahamiyatga ega ekanligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: OIS shkalasi asosida qorin yopiq travmasida jigar va taloqning shikastlanish gradatsiyasiga ko‘ra davolash algoritmi ishlab chiqilib, erishilgan natijalar asosida 1 nafar patsient uchun 2 730 000 so‘m, budjetdan tashqari 1570 000 so‘m mablag‘ni iqtisod qilish imkonini bergan. Amaliy tibbiyot uchun miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish patsientlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 patsient hisobida 1 790 000 sum tejalishiga olib kelgan. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: jigar va taloqning shikastlanishi mavjud bemorlarda o‘limni retrospektiv tahlili natijasida uning asosiy sababi ushbu kategoriyadagi bemorlarda shikastlanishning og‘irligi, a’zoni shikastlanish darajasi OIS shkalasi bo‘yicha I-III daraja bo‘lgan va ushbu kategoriyadagi jabrlanganlarda laparoskopik operatsiyalarni o‘tkazishga ko‘rsatma bo‘lgan taqdirda ham faqat laparotomiya usuli qo‘llanilgan bo‘lib, operatsiya qilingan bemorlarda qabul qilingan paytdan boshlab birinchi kunida o‘lim katta miqdordagi qon yo‘qotilishi va uning korreksiya o‘z vaqtida bartaraf etilmaganligi, o‘tkazilgan operatsiyaning og‘irligi va hajmi, shuningdek operatsiyaga ko‘rsatmalarda kechiktirilgan holatlar va qorin bo‘lig‘idan kelayotgan qonni laboratoriya tahlilisiz amalga oshirilganligi bilan bog‘liq bo‘lgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar va taloqning yopiq travmalarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 13-maydagi № 3484-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: jigar va taloqning yopiq shikastlanishlarini turli xil davolash usullarining qiyosiy natijalarini tahlil qilishda konservativ davo, laparoskopik gemostaz, "ochiq" jarrohlik aralashuvlar va ushbu toifadagi bemorlarga yordam ko‘rsatish natijalarini yaxshilash guruhlarini aniqlash imkonini beruvchi diagnostika va davolash algoritmi ishlab chiqilgan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qorin bo‘shlig‘i a’zolari yopiq travmasi payti jigar va taloqning shikastlanishlarida jigar va taloqning izolatsiyalangan travmasida qon ketish davom etmasa, diagnostik laparoskopiya qorin bo‘shlig‘ini drenajlash bilan yakunlanishi kerak. Barqaror gemodinamika va OIS shkalasi bo‘yicha jigar va taloqning I-II darajali izolatsiyalangan shikastlanishlarida davom etayotgan qon ketish bilan endovideoxirurgik gemostaz bajarilib, albatta qorin bo‘shlig‘i drenajlanishi lozim. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar va taloqning yopiq shikastlanishlarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali (17 mart 2022 yil, buyruq №37-i) va Jomboy tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam filiali (17 aprel 2022 yil, buyruq №16-U) va RShTYOIM Qashqadaryo filiali xirurgik bo‘limlari (10 may 2024 yil, buyruq №56-T) klinik amaliyotlariga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2024 yil 4-martdagi 14-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i yopiq shikastlanishlarida mamlakatimiz shoshilinch tibbiy yordam xizmatining barcha qatlamlarini jahon banki tomonidan ajratilgan zamonoviy diagnostika usullari yordamida tashxislash va davolash bemorlarni tezda sog‘lom hayotga qaytishi, mehnat qobiliyatining tiklanishi, asoratlar va nogironlikning kamayishi bilan tasdiqlandi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: amaliy tibbiyot uchun miniinvaziv texnologiyalardan foydalanish bemorlarning statsionarda qolish muddatining qisqarishi, dori-darmon sarfi kamayishi hisobiga 1 bemor hisobida 1 790 000 sum tejalishiga olib keldi. Bu mablag‘ning tejalishi statsionarda davolanish muddatini kamaytirdi, shu asosda tibbiy xizmatga sarflanadigan mablag‘ni tejalishi bilan asoslangan. Xulosa: laparoskopik operatsiyalar uchun ko‘rsatma va qarshi ko‘rsatmalar aniqlangan bo‘lib, OIS shkalasi bo‘yicha I-III darajali jigar va taloq shikastlanishlari, bemorning ahvoli stabil va qon yo‘qotish 500 ml gacha bo‘lgan taqdirda, laparoskopik usulda samarali operatsiya qilinishi mumkin. Jigar va taloqning OIS shkalasi bo‘yicha III-IV darajali shikastlanishi laparoskopik operatsiyaga qarshi ko‘rsatma bo‘lib, jabrlanganlarga zudlik bilan laparotomiya operatsiyasi o‘tkazilishi lozim. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar va taloqning yopiq travmalarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 13-maydagi № 3484-sonli xati yuborilgan.
 ilmiy yangilikning mohiyati: qorin bo‘shlig‘i jaroxati bilan 24,8% bemorlarda jigar va taloqning yopiq shikastlanishlari uchun ishlab chiqilgan diagnostika hamda davolash algoritmiga muvofiq differensial yondashuv, bemorlarning 39,3% da o‘z vaqtida keraksiz keng qamrovli jarrohlik laparotomiyadan ko‘ra laparoskopik aralashuv tufayli muvaffaqiyatli konservativ davolanishga imkon berishi isbotlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: jigar va taloqning yopiq shikastlanishlarini diagnostikasi va davolashning turli usullari samaradorligini tahlil qilish asosida diagnostik va davolash taktikasini tanlashning takomillashtirilgan algoritmi ishlab chiqilgan va klinik amaliyotga joriy etilgan, bu esa eng qisqa vaqt ichida jabrlanganlarda jigar va taloqning shikastlanish darajasini hamda qo‘shma shikastlanishlar mavjudligini va zarur davolash taktikasini tanlash imkonini bergan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar va taloqning yopiq shikastlanishlarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali (17 mart 2022 yil, buyruq №37-i) va Jomboy tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam filiali (17 aprel 2022 yil, buyruq №16-U) va RShTYOIM Qashqadaryo filiali xirurgik bo‘limlari (10 may 2024 yil, buyruq №56-T) klinik amaliyotlariga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2024 yil 4-martdagi 14-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi quyidagilardan iborat: ko‘pgina klinikalarda qo‘llanadigan an’anaviy diagnostika va davolash usullari bilan taqqoslanganda taklif etilgan miniinvaziv diagnostika va davolash usullari natijasida bemorlar hayot sifatini sezilarli yaxshilanganligi, mehnat qobiliyati erta tiklanganligi ijtimoiy samaradorligini belgilab berdi. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi quyidagilardan iborat: qorin bo‘shlig‘i shikastlanishi paytida jigar va taloqning yopiq shikastlanishi bilan bemorlar diagnostikasi va davolash taktikasini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish instrumental va laboratoriya imkoniyatlaridan odatda umumiy o‘rtacha 1 180 400 so‘m sarflanadi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan minimal invaziv jarrohlikni hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 5 311 800 so‘mni tashkil etadi. Xulosa: qorin bo‘shlig‘i travmasi bilan 29 (24,8%) bemorlarda jigar va taloqning yopiq shikastlanishlari uchun differensial davolash va diagnostik yondashuv muvaffaqiyatli konservativ terapiya o‘tkazishga imkon bergan, 39,3% holatda laparoskopiya tufayli eksplorativ laparotomiyadan voz kechilgan va pirovard natijada o‘lim ko‘rsatkichlarini 10,7% dan 1,7% gacha, asoratlar soni esa 37,9% holatdan 20,51% kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanishi: «Jigar va taloqning yopiq travmalarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 13-maydagi № 3484-sonli xati yuborilgan.
ilmiy yangilikning mohiyati: jigar va taloqning yopiq jarohatlarini davolash taktikasini tanlashda taklif etilayotgan algoritmdan foydalanish asoratlanish holatlarini taqqoslash guruhidagi 37,9% dan asosiy guruhdagi holatlarning 20,51% gacha, taqqoslash guruhida 42,7% dan asosiy guruhda -26,1% gacha, bunda ishlab chiqilgan va tavsiya etilgan diagnostika va davolash algoritmining taktikasi o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirish imkonini berishi aniqlangan. Ilmiy yangilikning ahamiyati: qorin bo‘shlig‘i yopiq travmasida jigar va taloqning yopiq shikastlanishi bilan bemorlar diagnostikasi va davolash taktikasini tanlash uchun ishlab chiqilgan algoritmdan foydalanish instrumental va laboratoriya imkoniyatlaridan keng samarali foydalanishga, miniinvaziv xirurgik aralashuvning yetarli hajmini tanlashga imkon beradi, “behuda” laparotomiyalar sonini kamaytirish va buning natijasida qorin bo‘shlig‘ining yopiq travmasida jigar va taloqning shikastlanishi bilan asoratlar va o‘lim ko‘rsatkichlarini kamaytirishga erishilgan. Ilmiy yangilikning amaliyotga joriy qilinishi: jigar va taloqning yopiq shikastlanishlarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar sog‘liqni saqlash, xususan, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Samarqand filiali (17 mart 2022 yil, buyruq №37-i) va Jomboy tibbiyot birlashmasi shoshilinch tibbiy yordam filiali (17 aprel 2022 yil, buyruq №16-U) va RShTYOIM Qashqadaryo filiali xirurgik bo‘limlari (10 may 2024 yil, buyruq №56-T) klinik amaliyotlariga joriy qilingan (Samarqand davlat tibbiyot universiteti qoshidagi Ekspert kengashining 2024 yil 4-martdagi 14-son xulosasi). Ilmiy yangilikning ijtimoiy samaradorligi: qorin yopiq shikastlanishi bo‘lgan bemorlarning 62,8% ida operatsiya vaqtida xarakteri va og‘irlik darajasi bo‘yicha muntazam ishlatiladigan endoxirurgik asboblar yordamida maxsus texnik qiyinchiliklarsiz laparoskopik usul bilan bartaraf etilishi mumkin shikastlanishlar aniqlandi, bu qorin bo‘shlig‘i shikastlanishlarida laparoskopiya ko‘rsatmalarini kengaytirish maqsadga muvofiqligini asoslaydi. Tadqiqot natijalarining ijtimoiy ahamiyati bemorlarni miniinvaziv texnologiyalar yordamida davolash operatsiyadan keyingi davrda asoratlar va nogironlikning kamayganligi ushbu zamonaviy endovideoxirurgiya texnologiyalaridan foydalanish bilan korrelyasion bog‘liqligi isbotlangan. Ilmiy yangilikning iqtisodiy samaradorligi Amaliy xirurgiya uchun tavsiya etilgan algoritmdan foydalangan holda laparoskopik amaliyotlar uchun bemorlarni statsionar sharoitda davolash odatda umumiy o‘rtacha 4 893 350 so‘m sarflanadi. Bu summaning ichida operativ davo va 2 kun reanimatsiya va 5-7 kun intensiv terapiya bo‘limidagi o‘rin-kunlar 1 829 900 (431 300 + 1 398 600) so‘mni tashkil qiladi. Bemorlarga yuqoridagi tavsiya qilingan kompleks davo natijasida laparoskopik jarrohlik amaliyotini hisobga olsak, yillik iqtisodiy ko‘rsatkich 3 659 800 so‘mni (2 ta bemorga) tashkil etadi. Xulosa: jigar va taloqning yopiq shikastlanishi diagnostikasi va davolash taktikasini tanlash bo‘yicha ishlab chiqilgan algoritm klinik, laborator, instrumental (UTT, KT) va laparoskopik usullarni o‘z ichiga olgan bo‘lib, unda olingan ma’lumotlarini sharhlash uchun original konsepsiyani joriy etish orqali bemor davolashining yo‘nalishi va natijalarini sezilarli darajada optimallashtirish asoslab berilgan, 24,8% holatda konservativ terapiya, 39,3% holatda laparoskopik operatsiyalarni o‘tkazish va 18,8% holatda konversiya qilish imkonini bergan. Ilmiy yangilikdan kengaytirilgan holda foydalanilishi: «Jigar va taloqning yopiq travmalarida miniinvaziv diagnostika va davolash usullarini optimallashtirish» mavzusida ilmiy yangiliklarni boshqa sog‘liqni saqlash muassasalariga joriy etish bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vazirligiga SamDTU prorektori tomonidan 2024 yil 13-maydagi № 3484-sonli xati yuborilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish