Zayniev Suxrobjon Islombek o‘g‘lining
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “O‘quvchilarni biologiya fanidan masala va mashqlar echish orqali olimpiadalarga tayyorlash metodikasini takomillashtirish”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped7820.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Maxmudov Yusup G‘anievich, pedagogika fanlari doktori, professor; Otenova Farida Tolegenovna, biologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi o‘quvchilarni biologiya fanidan masala va mashqlar echish orqali olimpiadalarga tayyorlash metodikasini takomillashtirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari biologik masala va mashqlarning tanlab olish mezonlari, integrativ jihatlarini intensivligini optimallashtirishga qaratilgan nazariya va amaliyot uyg‘uligini ta’minlash, psixo-fiziologik ko‘rsatgichlarini hisobga olish, o‘qitish jarayoning tadqiqiy salohiyatini kengaytirish asosida aniqlashtirilgan;
biologiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirish jarayonini tashkil etishga oid innovatsion metodlarni tanlash, o‘qitish jarayonini sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha olimpiadalarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan biologiyadan masala va mashqlarning murakkablik darajasi, integrativ xususiyatlari, turlariga doir topshiriqlar majmuasini korrelyasiya qilish asosida takomillashtirilgan;
o‘quvchilarining xalqaro biologiya olimpiadalariga tayyorlash metodikasini shakllantirish modeli rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasiga asoslanib, ta’lim mazmuni, noan’anaviy yondashuv, o‘qitish shakllari, tamoillari va ilmiy kompetentlik (bilish, tushunish, amalda qoʻllash, tadqiqotlar va tajribalar oʻtkazish, tahlil qilish, ijodiy fikrlash)ni qiyosiy tahlillar asosida adekvat tarzda takomillashtirilgan;
biologiyadan olimpiadalarini o‘tkazish shart-sharoitlari, tashkiliy- metodik jihatlari ishlab chiqilgan, “maktab biologiya olimpiadasi” tushunchasiga mualliflik nuqtai nazaridan aniqlik kiritilgan, o‘quvchilarni biologiyadan olimpiadalarga tayyorlashda o‘quv topshiriqlarini tizimi ishlab chiqilgan va o‘qitish jarayonini tashkil etishning didaktik va metodik ta’minoti sifatida biologiyadan olimpiada masalalarini echish metodikasi nomli o‘quv qo‘llanma asosida takomillashtirish.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. O‘quvchilarni biologiya fanidan masala va mashqlar echish orqali olimpiadalarga tayyorlash metodikasini takomillashtirish bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
o‘quvchilarni olimpiadalarga tayyorlashning pedagogik imkoniyatlari biologik masala va mashqlarning tanlab olish mezonlari, integrativ jihatlarini intensivligini optimallashtirishga qaratilgan nazariya va amaliyot uyg‘uligini ta’minlash, psixo-fiziologik ko‘rsatgichlarini hisobga olish, o‘qitish jarayoning tadqiqiy salohiyatini kengaytirish asosida aniqlashtirishga oid takliflar “Biologiyadan olimpiada masalalarini echish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 25 fevraldagi 7/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024/83U-209 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, psixologik, pedagogik va metodik adabiyotlarda fan olimpiadalarni tashkil etish holatini qiyosiy tahlil qilish imkoni kengaytirilgan;
biologiya fanini o‘qitish jarayonida o‘quvchilarning kognitiv faoliyatini faollashtirish jarayonini tashkil etishga oid innovatsion metodlarni tanlash, o‘qitish jarayonini sifat va samaradorligini oshirish bo‘yicha olimpiadalarni o‘tkazishda qo‘llaniladigan biologiyadan masala va mashqlarning murakkablik darajasi, integrativ xususiyatlari, turlariga doir topshiriqlar majmuasini korrelyasiya qilish asosida takomillashtirishga oid ma’umotlar “Biologiyadan olimpiada masalalarini echish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 25 fevraldagi 7/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024/83U- 209 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Biologiya” fanidan umumta’lim maktablarida olimpiadalar mazmuni, metod va vositalarini takomillashtirishga sharoit yaratilgan;
o‘quvchilarining xalqaro biologiya olimpiadalariga tayyorlash metodikasini shakllantirish modeli rivojlangan xorijiy davlatlar tajribasiga asoslanib, ta’lim mazmuni, noan’anaviy yondashuv, o‘qitish shakllari, tamoillari va ilmiy kompetentlik (bilish, tushunish, amalda qoʻllash, tadqiqotlar va tajribalar oʻtkazish, tahlil qilish, ijodiy fikrlash)ni qiyosiy tahlillar asosida adekvat tarzda takomillashtirishga oid xulosalar “Biologiyadan olimpiada masalalarini echish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 25 fevraldagi 7/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024/83U- 209 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, “Biologiya” fani bo‘yicha olimpiada topshiriqlari bankini nazariy jihatdan asoslash samaradorligi oshgan;
biologiyadan olimpiadalarini o‘tkazish shart-sharoitlari, tashkiliy- metodik jihatlari ishlab chiqilgan, “maktab biologiya olimpiadasi” tushunchasiga mualliflik nuqtai nazaridan aniqlik kiritilgan, o‘quvchilarni biologiyadan olimpiadalarga tayyorlashda o‘quv topshiriqlarini tizimi ishlab chiqilgan va o‘qitish jarayonini tashkil etishning didaktik va metodik ta’minoti sifatida biologiyadan olimpiada masalalarini echish metodikasi nomli o‘quv qo‘llanma asosida takomillashtirishga doir takliflar “Biologiyadan olimpiada masalalarini echish” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Toshkent davlat pedagogika universiteti Kengashining 2024 yil 25 fevraldagi 7/3.1 son qaroriga asosan berilgan 2024/83U- 209 raqamli nashr ruxsatnomasi). Natijada, umumta’lim maktablarida maktab olimpiadasi sharoitida o‘quvchilaming o‘quv va kognitiv qobiliyatlarini shakllantirish metodikasini takomillashtirishga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish