Haytbaeva Sayyora Raximberganovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): “Kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetenligini rivojlantirish (Biologiya fanini o‘qitish misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (biologiya) (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.2.PhD/Ped1226.
Ilmiy rahbar: Saparov Kalandar Abdullaevich, biologiya fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat pedagogika universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Qoraqalpoq davlat universiteti, PhD.03/30.12.2019.B.20.04.
Rasmiy opponentlar: Karaxonova Lobar Musoxonovna, pedagogika fanlari falsafa doktori, katta ilmiy xodim; Ametov Yakub Idrisovich, biologiya fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Farg‘ona davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi umumta’lim maktablarida kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiya ta’limi mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilarning kompetentligini rivojlantirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiya fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini xalqaro baholash dasturlari TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Stady), PISA (Programme for International Student Assessment) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, loyiha ishlariga uyg‘unlashtirish hamda ta’limning innovatsion usulari (Muammoli vaziyat, Keys topshiriqlari, SVOT-tahlil, Loyiha, Qaror qabul qilish) asosida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirish orqali tayanch va fanga oid kompetensiyasi rivojlantirilgan;
biologiya ta’limida o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish tuzilmasi (komponetlari, mezonlari, ko‘rsatkichlari) kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan faoliyatga tayyorlash mazmuni (metodik-tashkiliy, texnologik jarayonli, kommunikativ) hamda STEAM yondasuvining didaktik maqsadlari (bilimlarga tayanib birgalikda ishlash, nazariya va amaliyot birligi, fanlararo integratsiya, kasbiy sohalarga tayyorgarlik) bilan integratsiyalash asosida takomillashtirilgan;
elektron axborot ta’lim muhitida kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiya ta’limining zamonaviy axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlarini joriy etishga qaratilgan elektron axborot ta’lim resurslari (Hot Potatoes 6, Ispring Quiz Maker 8) ishlab chiqilgan va amaliyotga joriy etilgan;
biologiya ta’limida o‘quvchilarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mazmuni (metodik-tashkiliy, texnologik jarayonli, kreativ) ta’limni axborotlashtirish talablari hamda didaktik maqsadlari (motivatsion-qadriyatli, kognitiv-faoliyatli, shaxsiy-refleksiv) bilan integratsiyalash asosida “Kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiya ta’limi mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetenligini rivojlantirish” modeli ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Kompetensiyaviy yondashuv asosida ta’lim mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetenligini rivojlantirish (Biologiya fanini o‘qitish misolida) bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlar natijalari asosida:
kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiya fanidan o‘quvchilarning o‘zlashtirish darajasini TIMSS (Trends in International Mathematics and Science Stady), PISA (Programme for International Student Assessment) xalqaro baholash dasturlariga uyg‘unlashtirish hamda interfaol ta’lim metodlari asosida rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlarini takomillashtirishga doir takliflardan Respublika ta’lim markazi va YuNESKOning 235UZB1000 “Farg‘ona vodiysida yoshlarda ijtimoiy uyg‘unlik” mavzusiga oid loyihadagi vazifalarni bajarishda foydalanilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 15 martdagi 05-45-451-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning xalqaro baholash dasturlari (TIMSS, PISA) talablariga mos keladigan topshiriqlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy mashg‘ulotlar, laboratoriya ishlari hamda interfaol ta’lim metodlari bilan ishlash ko‘nikmalari rivojlantirilgan;
biologiya ta’limida o‘quvchilar kompetentligini rivojlantirish tuzilmasini kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan faoliyatga tayyorlash mazmuni hamda STEAM yondasuvining didaktik maqsadlari (bilimlarga tayanib birgalikda ishlash, nazariya va amaliyot birligi, fanlararo integratsiya, kasbiy sohalarga tayyorgarlik) bilan integratsiyalashga oid taklif va tavsiyalari “Biologiya darsligi (umumta’lim maktablari 7-, 10-sinflari uchun)” mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 15 martdagi 05-45-451-son ma’lumotnomasi). Natijada, biologiya ta’limi samaradorligini kompetensiyaviy yondashuv asosida takomillashtirish hamda o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va malakalarini rivojlantirishga erishilgan.
elektron axborot ta’lim muhitida kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiya ta’limining zamonaviy axborot-metodik ta’minotini takomillashtirish imkoniyatlarini joriy etishga qaratilgan elektron axborot ta’lim resurslarini ishlab chiqish va amaliyotga joriy etishga oid takliflar O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston” teleradiokanali DM “Madaniy-ma’rifiy va badiiy eshittirishlar” muharririyati tomonidan tayyorlangan “Ta’lim va taraqqiyot”, “Bolalar uchun” radioeshittirishlarini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi “O‘zbekiston teleradiokanali”ning 2024 yil 29 yanvardagi 04-36-133-son ma’lumotnomasi). Natijada, o‘quvchilarning axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi rivojlanishiga erishilgan;
biologiya ta’limida o‘quvchilarning axborot-kommunikativ kompetentligini rivojlantirish mazmunini ta’limni axborotlashtirish talablari hamda didaktik maqsadlari bilan integratsiyalash asosida ishlab chiqilgan “Kompetensiyaviy yondashuv asosida biologiya ta’limi mazmunini takomillashtirish va o‘quvchilar kompetenligini rivojlantirish” modeliga oid takliflar 7-, 10-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2024 yil 15 martdagi 05-45-451-son ma’lumotnomasi). Natijada, kompetensiyaviy yondashuvga asoslangan biologiya darslarini tashkil etish va o‘quvchilarning tabiiy-ilmiy savodxonligini oshirish imkoniyati oshirilgan.