Kamalov Tel`man Tolyaganovichning

fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

 

I. Umumiy ma’lumotlar.

Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda hayot sifatini hisobga olgan holda oyoqlarda yara paydo bo‘lishi va amputatsiyalarning oldini olish usullarini takomillashtirish», 14.00.03–Endokrinologiya (tibbiyot fanlari).

Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2017.1.DSc/Tib34

Ilmiy maslaxatchi: Ismailov Saydig‘anixo‘ja Ibragimovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: akademik Ya.X. To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi.

IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent tibbiyot akademiyasi, DSc.27.06. 2017.Tib.30.02.

Rasmiy opponentlar: Raximova Gulnara Nishanovna, tibbiyot fanlari doktori, professor, Galstyan Gagik Radikovich, tibbiyot fanlari doktori, professor, Najmutdinova Dilorom Kamardinovna, tibbiyot fanlari doktori, professor.

Yetakchi tashkilot: A.V. Vishnevskiy nomidagi Milliy tibbiy tadkikot xirurgiya markazi (Rossiya Federatsiyasi).

Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.

II.Tadqiqotning maqsadi: oyoq-kaftining diabetik sindromi bilan og‘rigan bemorlarni davolash natijalarini yaxshilashni tashxislash, davolash, sonlar amputatsiyasi hamda yara hosil bo‘lishini qaytalanishini profilaktikasi uchun yangi usullarni ishlab chiqishdan iborat.

III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:

oyoq-kaftining diabetik sindromini neyropatik shakli, oyoqlar amputatsiyasini, oyoq-kaft diabetik sindromini neyroishemik shakli, oyoq-kaft diabetik sindromini turli shakllarida yara hosil bo‘lishi tashxislashning yangi usullari oyoqlarning qon bilan ta’minlanish xolati, nekrotik jarayonning rivojlanish va jaroxatni mikroblar bilan ifloslanish darajalari, infeksiyaning keng tarqalishi va oyoqlarning  tayanch faoliyatining xolatini eng axamiyatli bo‘lgan ob’ektiv ko‘rsatkichlarini integral tanlash asosida ishlab chiqilgan;

revaskulyarizatsiyalanuvchi jarrohlikda oyoq-kaft diabetik sindromi neyro-ishemik shaklidagi bemorlarni jarrohlik yo‘li bilan davolash taktikasi, neyroishemik shaklida oyoqlarni saqlab qolish hamda boldir arteriyalarini zararlanishida translyuminal ballon angioplastikasi va jarrohlik yo‘li bilan davolashda oyoqlar tomirini stentlash usulini qo‘llash tartibi isbotlangan;

oyoqlar zararlanshiga bog‘liq holda jarrohlik yo‘li bilan davolashning ikki bosqichli usuli belgilanib, oyoq-kaftda rekonstruktiv plastik jarrohlik usuli asoslangan;

davolash tashxislash bosqichlarini to‘g‘ri va samarali ketma-ketligi, oyoq-kaft diabetik sindromini yiringli nekrotik shaklini kompleks davolashdan so‘ng oyoq-kaft diabetik sindromi bemorlar hayot sifati, ularda rekonstruktiv plastik operatsiya usulini qo‘llashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;

revaskulirizatsiya operatsiyasidan keyingi reabilitatsiya hamda ushbu toifa bemorlarda konservativ davolangan va amputatsiya bemorlariga nisbatan yuqori bo‘lishi isbotlangan.

IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:

Qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda hayot sifatini hisobga olgan holda oyoklarda yara paydo bo‘lishi va amputatsiyalarning oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan natijalari asosida:

«Oyoq-kaft diabetik sindromi neyroishemik turini davolashning zamonaviy talqini» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 maydagi 8n-d/133-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma oyoq-kaft diabetik sindromining neyroishemik turini tashxislash va davolashning zamonaviy turi, ya’ni translyuminal ballon angioplastikasini klinik amaliyotga tatbiq qilish natijasida 88,8% bemorlarda oyoqni butunligini saqlash imkonini bergan;

«Oyoq-kaft diabetik sindromi neyropatik turini tashxislash, davolash va oldini olishni bashoratlash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 may 8n-d/133-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma oyoq-kaft diabetik sindromining neyropatik turini tashxislash va davolash va oldini olishni bashoratlashda, ya’ni zamonaviy jarroxlik usuli yordamida oyoq panja faoliyatini saqlash 90-95%da va bemorlar oyoq-panja sohasini plastik rekonstruktiv amaliyoti 88-92%da ijobiy samara berish imkonini bergan;

«Oyoq-kaft diabetik sindromining turli shakllardagi bemorlarda yara hosil bo‘lishini oldini olishni bashoratlash» uslubiy qo‘llanmasi tasdiqlangan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 may 8n-d/133-son ma’lumotnomasi). Mazkur uslubiy qo‘llanma oyoq-kaft diabetik sindromining turli shakllaridagi bemorlarda yara hosil bo‘lishiga olib keluvchi sabablarni o‘rganish va va oldini olishni bashoratlash imkonini bergan;

qandli diabet bilan xastalangan bemorlarda hayot sifatini hisobga olgan holda oyoqlarda yara paydo bo‘lishi va amputatsiyalarning oldini olish usullarini takomillashtirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar og‘liqni saqlash amaliyotiga, jumladan, akademik Yo.X.To‘raqulov nomidagi Respublika ixtisoslashgan endokrinologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining «Diabetik oyoq kafti» bo‘limida hamda Toshkent, Buxoro va Sirdaryo viloyatlari Endokrinologik dispanserlari klinik amaliyotiga tatbiq etilgan (Sog‘liqni saqlash vazirligining 2018 yil 30 may 8n-d/133-son ma’lumotnomasi). Olingan ilmiy natijalar oyoq-kaft diabetik sindromining turli shakllardagi bemorlarda yara hosil bo‘lishini oldini olishn bashoratlash, yara hosil bo‘lganda oyoq panja faoliyatini saqlash, oyoqlarni yara-nekrotik zararlanishini patogenetik asoslangan jarrohlik usulini ishlab chiqish nazorat guruh bemorlariga nisbatan oyoqlar anatomik tuzilishini 3,2%, tayanch faoliyatini 3,3% va tizza bo‘g‘imini 8,9% holatda saqlab qolish, bu esa o‘z navbatida son sohasida yuqori amputatsiyalar soni 18,1% dan 2,8% gacha kamaytirish imkon bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish