Sharipov Toxir Miraximovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish istiqbollari», 08.00.07 - «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.1.PhD/Iqt3794
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Renessans ta’lim universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: G‘ulomov Saidaxror Saidaxmedovich, iqtisodiyot fanlari doktori, akademik; Ruzieva Dilobar Isomjonovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: «Poytaxt bank» aksiyadorlik jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi mamlakatimiz tijorat banklarida innovasion bank xizmatlari samaradorligini oshirishga qaratilgan ilmiy-nazariy, amaliy va uslubiy taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat..
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
tijorat banklarining transformasiya jarayonini yanada faollashtirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish, masofaviy bank xizmatidan foydalanuvchilarning bank samaradorligiga ta’sirini oshirish ilmiy asoslandi;
bank mijozlariga masofaviy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida proektlarni boshqarish tamoyillari, xususan miroservis texnologiyalari asosida Scrum metodologiyasini qo‘llagan holda ish faoliyatini amalga oshiradigan Trastpay 2.0 mobil ilovasini amaliyotga joriy etish taklif etildi;
tijorat banklari faoliyatida ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etgan holda aholi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, masofaviy bank xizmatini ko‘rsatuvchi tizimlar samaradorligini yanada oshirish ilmiy asoslandi.
tijorat banklarning innovasion xizmatlari samaradorligi tahlil qilgan asosida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishning 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqildi.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tijorat banklarida innovatsion bank xizmatlarini rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tijorat banklarining transformasiya jarayonini yanada faollashtirish, mijozlarga ko‘rsatilayotgan bank xizmatlarini yangi bosqichga olib chiqish, masofaviy bank xizmatidan foydalanuvchilarning bank samaradorligiga ta’sirini oshirishga doir taklifi XAB Trastbank faoliyatlariga joriy etilgan (XAB Trastbankning 2024 yil 24 apreldagi 01-29/1596-son dalolatnomasi). Natijada, masofaviy xizmatlardan foydalanuvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar sonining bir foizga oshishi ikki oydan keyin bankning masofaviy xizmatlaridan oladigan daromadini 0,09 foizga shuningdek, bankda masofaviy xizmatlardan foydalanuvchi jismoniy shaxslar sonining bir foizga oshishi masofaviy bank xizmatlaridan oladigan daromadini 0,13 foizga oshirishi empirik modellar orqali asoslandi.
bank mijozlariga masofaviy xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish maqsadida proektlarni boshqarish tamoyillari, xususan mirosirvis texnologiyalari asosida Scrum metodologiyasini qo‘llagan holda ish faoliyatini amalga oshiradigan Trastpay 2.0 mobil ilovasini amaliyotga joriy etishga doir taklifi XAB Trastbank faoliyatlariga joriy etilgan (XAB Trastbankning 2024 yil 24 apreldagi 01-29/1596-son dalolatnomasi). Natijada, yangi mobil ilova yordamida mijozlarning ma’lumotlarini tashqi tizimlardan olish orqali KYC (Know Your Customer)ni amalga oshirishda ko‘plab imkoniyatlarni yaratmoqda hamda mobil ilova foydalanuvchilar soni oldingi versiyasiga nisbatan 300 foizga oshgan holda bugungi kunda 260 mingtani tashkil qildi.
tijorat banklari faoliyatida ilg‘or raqamli texnologiyalarni keng tatbiq etgan holda aholi va mijozlarga xizmat ko‘rsatish sifatini yaxshilash, masofaviy bank xizmatini ko‘rsatuvchi tizimlar samaradorligini yanada oshirishga doir taklifi XAB Trastbank (XAB Trastbankning 2024 yil 24 apreldagi 01-29/1596-son dalolatnomasi). Natijada, o‘rnatilgan bankomat va infokiosklar sonlarining bir foizga oshishi ikki oylik lag bilan masofaviy bank xizmatlaridan oladigan daromadini 0,33 foizga oshirishi shuningdek, to‘lov terminallari sonining bir foizga oshishi esa bank daromadini 0,23 foizga oshirishi ekonometrik strukturaviy vektorli avtoregressiya (SVAR) model orqali aniqlandi va asoslab berildi.
tijorat banklarning innovasion xizmatlari samaradorligi tahlil qilgan asosida masofaviy bank xizmatlarini rivojlantirishning 2026 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlarini ishlab chiqishga doir taklifi XAB Trastbank faoliyatlariga joriy etilgan (XAB Trastbankning 2024 yil 24 apreldagi 01-29/1596-son dalolatnomasi). Natijada, 2026 yil mart oyiga qadar masofaviy bank xizmatlaridan oladigan daromadlarining real qiymati optimal holatda 557,2 mln.so‘mga, hamda 95 foiz ehtimollik bilan optimistik prognozlarga ko‘ra 779,1 mln.so‘mga oshishi ilmiy asoslab berilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish