Doniyorova Shaxnoza Doniyorovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Sanoat korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish”, 08.00.03 – Sanoat iqtisodiyoti (iqtisodiyot fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.3.PhD/Iqt2873.
Ilmiy rahbar: Xomitov Komil Zoitovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, DSc.03/30.07.2022.I.16.05.
Rasmiy opponentlar: Xoshimova Naima Abitovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Salimov Baxodir Baxtiyarovich, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Yetakchi tashkilot: Toshkent to‘qimachilik va engil sanoat instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi sanoat korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “iqtisodiy resurs” tushunchasining iqtisodiy mazmuni jamiyat (tarmoq, korxona) maqsadlariga erishish uchun ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, ish bajarish) jarayonida potensial foydalaniladigan cheklangan tavsifga ega tabiiy, moddiy, nomoddiy va inson resurslari majmui hamda iqtisodiy faoliyatning zarur tarkibiy elementlari va shart-sharoitlari bazasini birlashtirish integratsiyalashgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlanish strategiyasiga muvofiq holda resurslarni boshqarish tizimini yaratish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan;
sanoat korxonalarda iqtisodiy o‘sishni integral baholash usulini ishlab chiqarish jarayonlari rivojlanishining intensiv va ekstensiv omillari ta’siri xususiyatlariga ko‘ra takomillashtirish orqali ularning xususiy ko‘rsatkichlar vosi tasidagi o‘zaro bog‘liqligi intensiv ( bo‘lgan holatda) va ekstensiv ( bo‘lgan holatda) omillar ta’sirida sodir bo‘lishi shartlari asoslangan;
Qashqadaryo viloyati sanoat korxonalarining texnik-texnologik rivojlanishi ( ), tarmoq qonunchilik tizimi ( ), bozordagi raqobat ( ), iste’molchilar talabining shakllanishi ( ) bilan bog‘liq tashqi omillar hamda korxonaning rivojlanish strategiyasi ( ), ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish ( ), korxonaning moliyalashtirish imkoniyatlari ( )ni ifodalovchi ichki omillar o‘rtasidagi maqbul nisbat (0,21; 0,28; 0,17; 0,34 / 0,32; 0,35; 0,33) ni ta’minlash orqali iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish asoslangan;
Qashqadaryo viloyatida sanoatning barqaror rivojlanish dinamikasi hamda tarmoqda yalpi ishlab chiqarish hajmini oshirishning 2030 yilga qadar prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Sanoat korxonalarida iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
uslubiy yondashuvga ko‘ra, “iqtisodiy resurs” tushunchasining iqtisodiy mazmunini jamiyat (tarmoq, korxona) maqsadlariga erishish uchun ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish, ish bajarish) jarayonida potensial foydalaniladigan cheklangan tavsifga ega tabiiy, moddiy, nomoddiy va inson resurslari majmui hamda iqtisodiy faoliyatning zarur tarkibiy elementlari va shart-sharoitlari bazasini birlashtirish integratsiyalashgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlanish strategiyasiga muvofiq holda resurslarni boshqarish tizimini yaratish nuqtai nazaridan takomillashtirishga oid nazariy-uslubiy materiallardan oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun tavsiya etilgan “Sanoat iqtisodiyoti” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 29-sentyabrdagi 314-sonli buyrug‘i). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida talabalarda resurslari majmui hamda iqtisodiy faoliyatning zarur tarkibiy elementlari va shart-sharoitlari bazasini birlashtirish integratsiyalashgan tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatini rivojlanish strategiyasiga muvofiq holda resurslarni boshqarish tizimini yaratish nuqtai nazaridan takomillashtirilgan “iqtisodiy resurs” tushunchasining iqtisodiy mazmuni bo‘yicha nazariy bilimlarni yanada kengaytirish imkoni yaratilgan;
sanoat korxonalarda iqtisodiy o‘sishni integral baholash usulini ishlab chiqarish jarayonlari rivojlanishining intensiv va ekstensiv omillari ta’siri xususiyatlariga ko‘ra takomillashtirish orqali ularning xususiy ko‘rsatkichlar vositasidagi o‘zaro bog‘liqligi intensiv ( bo‘lgan holatda) va ekstensiv ( bo‘lgan holatda) omillar ta’sirida sodir bo‘lishi shartlari bo‘yicha taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari amaliyotiga foydalanish uchun qabul qilingan. (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 29-maydagi 9/03-31-8856-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat korxonalarida mehnat unumdorligi va fondlar qaytimi indekslarining 1,0 koeffisientdan oshirish orqali iqtisodiy o‘sish darajasining umumiy indeksini 1,6 koeffisientga oshirishga erishilgan;
Qashqadaryo viloyati sanoat korxonalarining texnik-texnologik rivojlanishi ( ), tarmoq qonunchilik tizimi ( ), bozordagi raqobat ( ), iste’molchilar talabining shakllanishi ( ) bilan bog‘liq tashqi omillar hamda korxonaning rivojlanish strategiyasi ( ), ishlab chiqarish jarayonlarini tashkil etish ( ), korxonaning moliyalashtirish imkoniyatlari ( )ni ifodalovchi ichki omillar o‘rtasidagi maqbul nisbat (0,21; 0,28; 0,17; 0,34 / 0,32; 0,35; 0,33) ni ta’minlash orqali iqtisodiy resurslardan foydalanish samaradorligini oshirish taklifi O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy boshqarmalari amaliyotiga foydalanish uchun qabul qilingan. (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 29-maydagi 9/03-31-8856-son ma’lumotnomasi). Mazkur ilmiy taklifning amaliyotga joriy etilishi natijasida sanoat korxonasini rivojlantirish uchun strategik biznes qarorlarini ishlab chiqishda maqsadlarni aniqlash hamda resurslardan samarali foydalanish imkoni yaratilgan;
Qashqadaryo viloyatida sanoatning barqaror rivojlanish dinamikasi hamda tarmoqda yalpi ishlab chiqarish hajmini oshirishning 2030 yilga qadar ishlab chiqilgan prognoz ko‘rsatkichlaridan O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasining hududiy bo‘limlari amaliyotida foydalanilgan (Savdo-sanoat palatasining 2024-yil 29-maydagi 9/03-31-8856-son ma’lumotnomasi). Ushbu prognoz ko‘rsatkichlaridan foydalanish 2030 yilga kelib, Qashqadaryo viloyatida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan yaratiladigan jami sanoat mahsuloti hajmini 52,9%ga va qayta ishlash sanoati hajmini 36,4%ga oshishi imkonini beradi.