Abduxalilova Aziza Erkinovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Xiva xonligida soliq tizimi tarixi va tarixshunosligi”, 07.00.08 – “Tarixshunoslik, manbashunoslik va tarixiy tadqiqot usullari”.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.2.PhD/Tar1161.
Ilmiy rahbar: Doniyorov Alisher Xudayberdievich, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, DSc.03/31/01/2024/Tar.21.03
Rasmiy opponentlar: Shodmonova Sanobar Bazarbaevna, tarix fanlari doktori, professor.
Yakubov Qahramon Karimjanovich, t.f.f.d.(PhD), katta ilmiy xodim
Yetakchi tashkilot: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi arxiv hujjatlari, tarixiy manbalar va tadqiqotlar tahlili orqali XIX – XX asr boshlarida Xiva xonligi soliq tizimi, uning o‘ziga xosligi va takomillashuv evolyusiyasini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
Xiva xonlikdagi atoyi va yorliqli mulk erlari solg‘uti – er solig‘i, qishloq xo‘jaligida faoliyat yurituvchi shaxslardan olingan bevatan va dug‘ma solg‘uti –daromad solig‘i xususiyatini kasb etishi, barcha soliqqa oid ma’lumotlar qayd etib borilgani, qayd daftari: avorija daftari va tavjiha kabi ikki turdagi daftaridan iborat bo‘lgani, ushbu daftarlardan tashqari xonlikda g‘alla daftarlari ham yuritilgani, barcha daftarlarni rasmiylashtirishda adolat mezonlari amal qilgani asoslab berilgan;
sovet tarixshunosligida shakllangan “Xiva xonligida 25 va undan ham ortiq soliq turi mavjud bo‘lgani, dehqonlarning ko‘p sonli soliqlar natijasida qashshoqlashganligi” g‘oyasi asossiz ekanligi, aslida jarib, tanobona, mol, ilchi yoki yo‘lchi, qo‘nolg‘a, ulog‘, so‘ysun, borsbon, kashtibon kabi ko‘plab mavjud soliqlar doimiy soliq bo‘lmay, ularning aksariyati faqat ma’lum vaqtda, yig‘im sifatida  aholidan olingani, doimiy bo‘lmagan soliqlarni, sovet olimlari atayin xonlik siyosatini qoralash uchun sonini ko‘paytirib hisoblagani dalillangan;
yorliqlarda kelgan nomlarga asoslanib, xonlikda mavjud soliq turlari va majburiyatlar miqdorini qatʼiy aniqlash mushkulligi, buning sababi, mazkur manbalardagi hashar, qozu, qochu, begar nomlari yagona mehnat majburiyatini, boj, tamg‘a, chehel ek esa zakotni turlarini anglatgani, boshqa soliq turlari ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, kamayib-ko‘payib turgani, soliqlar soni turli islohotlar va fiskal siyosatdagi o‘zgarishlar ta’sirida o‘zgarib turgani ochib berilgan;
xonlik soliq siyosatida ijtimoiy himoya tamoyillariga ham eʼtibor qaratilgani, xususan, iqtisodiy mushkul vaziyatga tushgan fuqarolar, boquvchisi vafot etgan voyaga etmagan farzandlar (sanoq daftarida sag‘ir), qurg‘oqchilik, hosilsizlik, sel kelishi va boshqa turli tabiiy ofatlar vaqtida aziyat chekkan aholi soliq va majburiyatlardan ozod qilinib, yordam olgani, aholining soliqlarni to‘lashga qurbi etmagan hollarda xonga iltimosnomalar yo‘llashi va aksariyat holatlarda ushbu masalaning ijobiy hal etilgani dalillangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Xiva xonligi soliq tizimi tarixi va tarixshunosligi mavzusini tadqiq etish asnosida ishlab chiqilgan ilmiy xulosa va takliflar asosida:
XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligi soliqdan tushgan mablag‘lar saroy xarajatlari, davlat amaldorlarining maoshlari, mamlakat mudofaasi, xorijiy davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash, xonlik iqtisodiyoti hamda madaniy-ma’rifiy sohani rivojlantirishga yo‘naltirilganligi, shuningdek, qayd daftari: avorija daftari va tavjiha kabi ikki turdagi daftaridan iborat bo‘lgani, ushbu daftarlardan tashqari xonlikda g‘alla daftarlari ham yuritilgani, barcha daftarlarni rasmiylashtirishda adolat mezonlari amal qilganiga oid ilmiy xulosalaridan “O‘zbekiston tarixi” telekanalining “Taqdimot” ko‘rsatuvini tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston teleradiokanali davlat muassasasining 2024-yilning 15-fevralidagi 02-06-253-sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining joriy etilishi teletomoshabinlarda XIX asr oxiri – XX asr boshlarida Xiva xonligi soliq tizimiga doir tasavvurlarni kengayishiga xizmat qilgan;
Xiva xonligi soliq tizimida amal qilgan ijtimoiylik tamoyili aholining kam ta’minlangan va yordamga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlashga qaratilganligi, xonlikda mavjud soliq turlari va majburiyatlar miqdorini qatʼiy aniqlash mushkulligi, buning sababi, mazkur manbalardagi hashar, qozu, qochu, begar nomlari yagona mehnat majburiyatini, boj, tamg‘a, chehel ek esa zakotni turlarini anglatgani, boshqa soliq turlari ham vaqt o‘tishi bilan o‘zgarib, kamayib-ko‘payib turgani, soliqlar soni turli islohotlar va fiskal siyosatdagi o‘zgarishlar ta’sirida o‘zgarib turgani kabi xulosalaridan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining konferensiya, seminar, davra suhbati va uchrashuvlar tashkil etishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining 2024-yil 5-martdagi 1-01-21-54-sonli ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek xonliklari iqtisodiy tizimiga oid bilimlar, ijtimoiy adolat, ijtimoiy himoyaga doir ma’lumotlar yoshlar ma’naviy qiyofasini shakllantirishga, o‘z milliy tarixini chuqurroq o‘rganishga xizmat qilgan;
Xonlikdagi soliq turlari, soliq boshqaruvi, soliq amaliyotidagi tamoyillar, ijtimoiy himoyaga muhtoj soliq to‘lovchilar uchun imtiyozlari sovet tarixshunosligida shakllangan “Xiva xonligida 25 va undan ham ortiq soliq turi mavjud bo‘lgani, dehqonlarning ko‘p sonli soliqlar natijasida qashshoqlashganligi” g‘oyasi asossiz ekanligi, aslida jarib, tanobona, mol, ilchi yoki yo‘lchi, qo‘nolg‘a, ulog‘, so‘ysun, borsbon, kashtibon kabi ko‘plab mavjud soliqlar doimiy soliq bo‘lmay, ularning aksariyati faqat ma’lum vaqtda, yig‘im sifatida  aholidan olingani, doimiy bo‘lmagan soliqlarni, sovet olimlari atayin xonlik siyosatini qoralash uchun sonini ko‘paytirib hisoblagani haqidagi ma’lumotlar O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyida soliq tizimiga oid ekspozisiyalarni yangi materiallar bilan boyitishda foydalanildi. (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining 2024-yil 5-apreldagi 3/1255-789 sonli ma’lumotnomasi). Tadqiqot natijalarining qo‘llanishi xonlikda soliq tizimini boshqarish masalasiga aniqlik kirish va soliq islohotlarini ahamiyatini ochib berishga xizmat qildi.

Yangiliklarga obuna bo‘lish