Umarov Abdulkuddus Abdilxatovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Tijorat banklarida yangi bank xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish yo‘llari», 08.00.07 - «Moliya, pul muomalasi va kredit».
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2023.2.PhD/Iqt2997
Ilmiy rahbar: Jumaev Nodir Xosiyatovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Andijon iqtisodiyot va qurilish instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Toshkent Xalqaro universiteti, DSc.22/29.12.2023.I.175.01
Rasmiy opponentlar: Kadirova Xadicha Turaevna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor; Xudayarova Xurshida Abdunazarovna, iqtisodiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD).
Yetakchi tashkilot: «Poytaxt bank» aksiyadorlik jamiyati.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi tijorat banklarida yangi bank xizmatlarini joriy etish va rivojlantirishga qaratilgan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
banklarda omonat xizmatlarini diversifikatsiya qilishda mijozlarning mobil ilova yoki naqd ko‘rinishdagi pul o‘tkazmalarining 50 foizini aksiyali shartlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muddatli va jamg‘arma omonatlariga o‘tkazishning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
bank xizmatlari ommabopligi va mijozlarning moliyaviy savodxonligini oshirishda bankning mobil ilovasiga «virtual moliyaviy maslahatchi» xizmatini kiritish orqali mijozlarning moliyaviy qarorlar qabul qilishini optimallashtirishga erishish taklif etilgan;
bank xizmatlari iste’molchilari kreditni muddatidan oldin so‘ndirganda keyingi kreditning 30 foizigacha bo‘lgan miqdorda garovsiz (ta’minotsiz) kreditlashning maqsadga muvofiqligi asoslangan;
ChEKI «Hamkorbank» ATB da pul o‘tkazmalari, kommunal to‘lovlar, milliy kartalar, konversiya amaliyotlari va infokiosk xizmati hajmining bank daromadini oshirishga ta’siri bo‘yicha 2028 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari ishlab chiqilgan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
Tijorat banklarida yangi bank xizmatlarini joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
banklarda omonat xizmatlarini diversifikatsiya qilishda mijozlarning mobil ilova yoki naqd ko‘rinishdagi pul o‘tkazmalarining 50 foizini aksiyali shartlarda to‘g‘ridan-to‘g‘ri muddatli va jamg‘arma omonatlariga o‘tkazishga doir taklifi «O‘zbekiston Sanoat-qurilish bank» ATBning «Bankning strategik rivojlanish dasturi»ga kiritilgan. («O‘zSanoat-qurilish bank» ATBning 2024 yil 18 martdagi 09-06/2111-son ma’lumotnomasi). Natijada, bank tomonidan ochilgan 2 mln. dona plastik karta egalari bilan manzilli ishlash yo‘lga qo‘yilgan;
bank xizmatlari ommabopligi va mijozlarning moliyaviy savodxonligini oshirishda bankning mobil ilovasiga «virtual moliyaviy maslahatchi» xizmatini kiritish orqali mijozlarning moliyaviy qarorlar qabul qilishini optimallashtirishga erishishga doir taklifi «O‘zbekiston Sanoat-qurilish bank» ATB va «Asakabank» AJlarining «Bankning strategik rivojlanish dasturi»ga kiritilgan. («O‘zSanoat-qurilish bank» ATBning 2024 yil 18 martdagi 09-06/2111-son va «Asakabank» AJning 2024 yil 20 martdagi 0118-28/1593-son ma’lumotnomalari). Natijada, «O‘zSanoat-qurilish bank» ATBda 2023 yilda mobil ilovadan foydalanuvchi mijozlar sonini 1,3 barobarga oshgan va «Asakabank» AJ mobil ilovasida «yo‘l boshlovchi» robot tizimi joriy etilgan;
bank xizmatlari iste’molchilari kreditni muddatidan oldin so‘ndirganda keyingi kreditning 30 foizigacha bo‘lgan miqdorda garovsiz (ta’minotsiz) kreditlashga doir taklifi «Asakabank» AJ «Bank kredit siyosati»ga kiritilgan («Asakabank» AJning 2024 yil 20 martdagi 0118-28/1593-son ma’lumotnomasi). Natijada, potensial mijozlar salmog‘i 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 15 foizga o‘sishiga erishilgan;
ChEKI «Hamkorbank» ATBda pul o‘tkazmalari, kommunal to‘lovlar, milliy kartalar, konversiya amaliyotlari va infokiosk xizmati hajmining bank daromadini oshirishga ta’siri bo‘yicha 2028 yilgacha bo‘lgan prognoz ko‘rsatkichlari «Asakabank» AJning «Bankning strategik rivojlanish dasturi»ga kiritilgan («Asakabank» AJning 2024 yil 20 martdagi 0118-28/1593-son ma’lumotnomasi). Natijada, bankning daromadligi 2023 yilda 2022 yilga nisbatan 912,2 mlrd. so‘mga oshgan.