Navruzov Erkin Ravshanovichning
Falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i): «Mashinali o‘rgatish usullari orqali zararli dasturiy ta’minotlarni aniqlash», 05.01.11–Raqamli texnologiyalar va sun’y intellekt (fizika-matematika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.4.PhD/FM829.
Ilmiy rahbar: Ignatev Nikolay Aleksandrovich, fizika-matematika fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2019.FM.01.02 raqamli ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Madraximov Shavkat Fayzullaevich, texnika fanlari doktori, professor; Berikov Vladimir Barisovich, texnika fanlari doktori, dotsent (Rossiya).
Yetakchi tashkilot: Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II.Tadqiqotning maqsadi hujum qilingan resurs tomonidagi zararli trafikdan foydalangan holda xizmat koʼrsatishni rad etishga qaratilgan taqsimlangan hujumlarni erta aniqlash hamda uni oʼz kuchi bilan bloklash uchun dolzarb uslub va vositalarni yaratishdir.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi quyidagilardan iborat:
DDOS hujumlari turlarini aniqlash murakkabligi darajasi bo‘yicha tartiblangan ketma-ketligi aniqlangan, tartiblash jarayoni obektlarning umumlashgan baholarini hisoblash usullariga asoslangan algoritmlar orqali shakllantirilgan latent alomatlar fazosida amalga oshirilgan;
latent alomatlar to‘plamini juftliklar (DDOS hujumlari turi, normal trafik) bo‘yicha tanlash amalga oshirilgan, anglash algoritmlarining umumlashtirish qobiliyati xom alomatlar fazosiga nisbatan yuqoriligi asoslangan;
metrik algoritmlardan foydalangan holda berilganlarni klaster tahlil qilish asosida presedentlar bazasini shakllantirish uslubi ishlab chiqilgan. O‘lcham la’nati muammosini hal qilish uchun alomatlarning turg‘unligi xossasi asosida fazoni birlashtirishdan foydalanilgan;
sinflarning chegara obektlari bo‘yicha taqsimot zichligini hisoblash usuli ishlab chiqilgan va asoslangan.
IV.Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi:
Tadqiqotning informativ alomatlarni tanlash, DDOS hujumlari turlarining aniqlash murakkablik darajasini baholash, DDOS hujumlari presedentlar bazasini shakllantirish metodologiyasi ko‘rinishidagi ilmiy natijalarining joriy etilishi quyidagi hujjatlarda keltirilgan:
DDOS hujum turlarining ketma-ketligini  aniqlash murakkablik darajasi, informativ alomatlar to‘plamini aniqlash bo‘yicha olingan natijalar OT-Atex-286 «Axborotlarni himoya qilishni ta'minlashda Funksional jadvallar asosida tahdidlarni aniqlash va zararsizlantirish dasturiy ta'minoti va CAD tizimi» grant loyihasida hujumlarni aniqlash uchun foydalanilgan (O‘zbekiston Milliy universitetining 2022 yil 20 dekabrdagi № 04/11-8304-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi hisoblash resurslarini kamaytirish va aniqlikni oshirish orqali hujumlarni aniqlash samaradorligini 15% ga oshirish imkonini bergan;
DDOS hujumlarini tavsiflovchi presedentlar bazasi va DDOS hujumlarini aniqlash murakkabligi bo‘yicha olingan natijalari “UNICON.UZ” Fan-texnika va marketing ilmiy tadqiqotlar markazi Davlat unitar korxonasida telekommunikatsiya uskunalarini DDOS hujumlaridan himoya qilishda foydalanilgan (“UNICON.UZ” Davlat unitar korxonasining 2023-yil 21 noyabrdagi № 5-2/2282-sonli ma’lumotnomasi). Ilmiy natijalarning qo‘llanilishi DDOS hujumlarni aniqlashda 15% samaradorlikga erishish imkonini bergan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish