Djalilov Javlon Xalilovich
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Benzin-havo aralashmasiga vodorod berish orqali engil avtomobillarni ekspluatatsion ko‘rsatkichlarini oshirish”, 05.08.06 – “G‘ildirakli va gusenisali mashinalar va ularni ishlatish” (texnika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: ¬B2024.1.PhD/T4513.
Ilmiy rahbar: Ismatov Jumaniez Fayzullaevich, texnika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat transport universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat transport universiteti huzuridagi DSc.15/31.08.2022.T.73.03 raqamli ilmiy kengash
Rasmiy opponentlar: Xalmuxamedov Aziz Suratovich, texnika fanlari doktori, dotsent; Kadirshaev Turgunbay, texnika fanlari nomzodi, professor.
Yetakchi tashkilot: Jizzax politexnika instituti.
Dissertatsiya yo‘nalishi. Texnika yo‘nalishi. Nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi benzin-havo aralashmasiga vodorodni qo‘shimcha yonilg‘i sifatida berish orqali engil avtomobillarning ekspluatatsion (ekologik va iqtisodiy) ko‘rsatkichlarini oshirishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
interpolyasiya usulidan foydalanib, yonuvchi aralashmaning konsentratsiyasi inobatga olinib dvigatelning ishlash siklining samaradorligini baholash uslubi ishlab chiqilgan;
benzinda ishlaydigan dvigatellar yonuvchi aralashmasiga beriladigan vodorodning miqdorini hisobga olib engil avtomobilning tashqi tezlik va yonilg‘i tejamkorligi ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubi grafoanalitik usulda takomillashtirilgan;
eksperimental usullar bilan, benzin-havo aralashmasiga vodorodni qo‘shimcha berish orqali, benzin-havo-vodorod yonuvchi aralashmasini baholash mezonlari ishlab chiqilgan;
korrelyasion-regression tahlil usuli yordamida, yonilg‘ilarning fizik-kimyoviy xususiyatlaridan kelib chiqib benzin-vodorod-havo aralashmasining normal yonish tezligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Benzin-havo aralashmasiga vodorodni qo‘shimcha berish orqali engil avtomobillarning ekspluatatsion ko‘rsatgichlarini, yong‘i tejamkorligi va ekologik ko‘rsatkichlarini oshirish ilmiy tadqiqoti b’yicha olingan natijalar asosida:
yonuvchi aralashmaning konsentratsiyasini hisobga olgan holda, dvigatelning ishlash siklining samaradorligini baholash uslubi O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida tatbiq etilgan (vazirlikning 2024-yil 5-martdagi №03-03/3-2267-sonli ma’lumotnomasi). Natijada alternativ vodorod yonilg‘isida ishlaydigan turli transport vositalarini, xususan, uchqundan o‘t oldiriladigan ichki yonuv dvigateli bilan jihozlangan engil avtomobilning 11 % gacha energiya tejamkorligiga erishilib, ekologik muammolarini kamayishiga olib kelgan.
engil avtomobilning tashqi tezlik va yonilg‘i tejamkorligi ko‘rsatkichlarini hisoblashning uslubini takomillashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida joriy qilingan (vazirlikning 2024-yil 5-martdagi №03-03/3-2267-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, benzin-havo aralashmasiga vodorod berish orqali o‘tqazilgan poligon sinovi davomida 120 km/soat tezlikda-11,17%, 90 km/soat tezlikda-11,06% va shahar siklida-6,29% yonilg‘i tejamkorligiga erishilgan.
benzin-havo aralashmasiga vodorodni qo‘shimcha berish orqali, benzin-havo-vodorod yonuvchi aralashmasini baholash mezonlari O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida tatbiq qilingan (vazirlikning 2024-yil 5-martdagi №03-03/3-2267-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, NOx ning chiqindi gazlari 12-32% ga, CO2 10-45% ga kamayishiga erishilgan.
benzin-vodorod-havo aralashmasining normal yonish tezligi aniqlash, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligida joriy qilingan (vazirlikning 2024-yil 5-martdagi №03-03/3-2267-sonli ma’lumotnomasi). Natijada, bitta engil avtomashinani ishlatishning umumiy yillik energiya va atrof-muhitga ta’siri 2, 58387 mln. so‘m, oldi olingan yillik ekologik zarar esa 83,87 ming so‘mni tashkil etishiga erishilgan.