Ernazarov Fayzullo Narzullaevichning
fan doktori (DSs) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): «O‘zbekistonning Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalari (1945–1991 yy.)», 07.00.01–O‘zbekiston tarixi (tarix fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2018.1.DSs/Tar105.
Ilmiy maslahatchi: Hamidov Hojiakbar, tarix fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasalar nomi, IK raqami: O‘zbekiston Milliy universiteti, Qoraqalpoq ijtimoiy fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.27.06.2017.Tar.01.04.
Rasmiy opponentlar: Rajabov Qahramon Kenjaevich, tarix fanlari doktori, professor; Ergasheva Yulduz Alimovna, tarix fanlari doktori, professor; Ishanxodjaeva Zamira Raimovna, tarix fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot nomi: Toshkent davlat sharqshunoslik instituti.
II. Tadqiqotning maqsadi: O‘zbekistonning Osiyo davlatlar bilan 1945–1991 yillar davomida madaniy sohada olib borgan hamkorlik faoliyati, bu sohadagi jarayonlarni har tomonlama yoritishdan iboratdir.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“yagona sovet madaniyati”ni sobiq ittifoq xalqlari uchun umummilliy madaniyat darajasiga ko‘tarish siyosatining mohiyati ochib berilgan;
sobiq ittifoqning madaniyat sohasidagi siyosatida “sotsializmning afzalligi” va sotsialistik tizimning “insonparvarlik” mohiyatini xalqaro miqyosda targ‘ib qilish hamda “sovuq urush” muhitini yumshatish maqsadida madaniy aloqalardan ta’sirchan mexanizm sifatida foydalanilgani ochib berilgan;
xalqimizga xos milliy madaniyatning xalqaro targ‘iboti natijalari, uning dunyo xalqlari bilan do‘stlik va madaniy hamkorlik munosabatlarini mustahkamlash hamda xalqaro turizm va sport sohasidagi aloqalarni rivojlantirishdagi o‘rni ochib berilgan;
xalqimiz orasidan etishib chiqqan taniqli madaniyat va san’at namoyandalarini Osiyo mamlakatlarida O‘zbekiston nufuzini oshishiga qo‘shgan hissasi ko‘rsatib berilgan;
sovet davri madaniy siyosatida asosiy o‘rin sobiq ittifoq paytida barpo etilgan ob’ektlar tarig‘ibotiga ajratilgan bo‘lib, sovet davlati tarkibiga kirgan boshqa xalqlar kabi, o‘zbek xalqining ham umumjahon sivilizatsiyasiga qo‘shgan hissasini ko‘rsatadigan moddiy va nomoddiy madaniy ob’ektlar ahamiyatining kamsitilgani sabablari ochib berilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi.
O‘zbekistonning Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalariga oid olingan natijalar asosida:
Sovet hukumatining madaniy aloqalar sohasida amalga oshirgan siyosati ta’sirida xalqaro hamkorlikni mustahkamlash, o‘zaro tenglik va manfaatdorlikka asoslangan tadqiqot xulosalari, yig‘ilgan statistik materiallar hamda arxiv hujjatlaridan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan tadbir dasturlarida foydalanilgan (Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan do‘stlik aloqalari qo‘mitasining 2018 yil 5 maydagi 01-09-679-son ma’lumotnomasi). Bu O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan beshinchi usutvor yo‘nalish – xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash hamda chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli amaliy tashqi siyosat sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirishga xizmat qilgan;
xalqaro madaniy aloqalarda O‘zbekistonning teatr-tomosha san’ati namoyishlari, kino san’atining ahamiyati, xalqaro ko‘rgazmalarning tashkil etilishi haqidagi natijalardan O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan o‘tkazilgan xalqaro tanlov va festivallar hamda madaniyat kunlariga bag‘ishlangan tadbirlarda foydalanilgan (Madaniyat vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 01-11-10-2951-son ma’lumotnomasi). Bu madaniyatimiz tarixini yanada boyitgan, uni xalqaro miqyosdagi mavqeini oshirgan hamda yoshlar ma’naviyatini yuksalishiga hissa qo‘shgan;
xorijiy davlatlar bilan madaniy aloqalarni yo‘lga qo‘yishdagi tajribalarni o‘rganish va umumlashtirish bo‘yicha dissertatsiya natijalari asosida tayyorlangan Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining Xalqaro turizm fakul`teti “Xizmatlar sohasi (turizmni tashkil etish va boshqarish) bakalavr ta’lim yo‘nalishi uchun tayyorlangan Davlat ta’lim standarti, malaka talablarini yaratishda foydalanilgan (Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 4 apreldagi 89-03-1257-son ma’lumotnomasi). Bu yoshlarning O‘zbekistonning bugungi kundagi xalqaro maydonga chiqishi, xalqaro madaniy aloqalari tarixiga oid bilimlarini yanada boyitishga xizmat qilgan;
Sovet davlatining Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalarida O‘zbekistonning o‘rni, “Xalqaro madaniy aloqalar” tushunchasining nazariy asoslari va amaliy xususiyatlari haqidagi natijalardan O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi tomonidan qayta nashrga tayyorlanayotgan “O‘zbekiston Milliy ensiklopediyasi”da foydalanilgan (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligining 2018 yil 17 martdagi 05-1005-son ma’lumotnomasi). Dissertatsiyadagi asosiy nazariy mulohaza va xulosalardan foydalanish o‘rganilgan davr madaniyati bo‘yicha o‘quvchilarda, keng kitobxonlar ommasini vatanga bo‘lgan mehrini yanada oshirishga hissa qo‘shgan;
O‘zbekistonning yaqin qo‘shnilar bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatishida, xavfsizlik, barqarorlik muhitini shakllantirishida, Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalarini yanada mustahkamlash, keng ko‘lamli hamkorlikni rivojlantirishda dissertatsiyada xalqaro nufuzni mustahkamlashga doir ilgari surilgan nazariy-amaliy takliflardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazining ish rejalarini ishlab chiqishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazining 2018 yil 19 apreldagi 02/09-537-18-son ma’lumotnomasi). Natijalar doirasida ishlab chiqilgan uslubiy tavsiya hamda monografiyalar keng kitobxonlar ommasini Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalar haqida tushunchaga ega bo‘lishiga imkon bergan;
O‘zbekistonning Osiyo davlatlari bilan madaniy aloqalarida madaniyat darg‘alarining ishtiroki, jismoniy tarbiya va sportning xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda tutgan o‘rni haqidagi ma’lumotlaridan O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati tomonidan yaratilgan “Jahon falsafasi qomusi” nomli yirik fundamental ensiklopediyani tayyorlashda foydalanilgan (O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyatining 2018 yil 14 martdagi 6-son ma’lumotnomasi). Unda xorij va mahalliy adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar tahlili asosida madaniy aloqalar nazariyasiga doir ilmiy yondashuvlar, mummoning falsafiy jihatlariga doir qarashlar bo‘yicha xulosalar berilgan;
O‘zbekistonning yaqin o‘tmishdagi xalqaro munosabatlari, xususan, turizmni rivojlantirish yuzasidan olib borilgan tadbirlar va uning natijalari asosida O‘zbekiston Respublikasi MTRKning “Suhbatdosh” ko‘rsatuvi senariysini tayyorlashda foydalanilgan (MTRKning 2018 yil 15 martdagi 01-14-405-son ma’lumotnomasi). Ko‘rsatuvda foydalanilgan asosiy nazariy mulohaza va xulosalar yoshlarning, qolaversa xalqimizning vatanga bo‘lgan ishonchi va mehrini oshirishga xizmat qilgan.