Shamshieva Nargizaxon Nosirxo‘ja qizining
fan doktori (DSc) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I. Umumiy ma’lumotlar
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan tarmog‘i nomi): “Oliy ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish”, 08.00.11-“Marketing” hamda 08.00.05 – “Xizmat ko‘rsatish tarmoqlari iqtisodiyoti” tutash ixtisosliklar.
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2024.3.DSc/Iqt68.
Ilmiy maslahatchi: Axunova Gulchexra Nazarovna, iqtisodiyot fanlari doktori, professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi DSc.03/30.12.2020.I.16.02 raqamli Ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: iqtisodiyot fanlari doktori, professor Bekmurodov Adxam Sharipovich, iqtisodiyot fanlari doktori, professor Abdullaev Ilyos Sultonovich va iqtisodiyot fanlari doktori, professor Rejapov Xayrillo Xikmatullaevich.
Yetakchi tashkilot: Andijon davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi: oliy ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III.Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
metodologik yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasasining marketing faoliyatini boshqarish” tushunchasi metodologik-uslubiy jihatdan muassasaning xalqaro nufuzini tizimli ravishda oshirib borish va brend imijini yaratishda marketing faoliyatini tashkil qilish asosida takomillashtirilgan;
zamonaviy universitetning marketing faoliyatini boshqarish metodologiyasi integratsiyalashgan, markazlashtirilgan, innovatsiyalar yaratishning ko‘p funksiyaviylik tamoyillariga va Universitet 3.0 metodologiyasiga mos kuluvchanligini oshirish asosida takomillashtirilgan;
universitetning marketing faoliyatini tashkil etish tizimi maqsadli mijozlar oqimi multiplikator (Abiturientlar – talabalar – bitiruvchilar) va akselerator (g‘oya – innovatsiya – tijoratlashuv-diffuziya)larga moslashuvchan funksional vazifalar asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish asoslangan;
ta’limni talabalarga yo‘naltirishning “Marketing – 4C”ga metodologik yondashuvi muassasaning brend siyosatida ilmiy faoliyatda talabalar moslashuvchanligini oshirish hamda akademik, ilmiy, ma’naviy va tashkiliy funksiyalarni samarali tashkil etishda har bir funksional elementga alohida vazifa obekti sifatida qaralishiga ko‘ra takomillashtirilgan;
oliy ta’lim muassasalarining xalqaro miqyosda nufuzini oshirib borish, reytinglarda munosib o‘rinni egallashi va xorijiy talabalarni keng miqyosda jalb qilishga yo‘naltirilgan “Universitet 3.0” modeli milliy ta’lim muassasalarining brend imiji va ilmiy loyihalar natijalarini amaliyotga joriy etish kabilarga ko‘ra takomillashtirilgan.
III. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Oliy ta’lim muassasalarida marketing faoliyatini tashkil etish metodologiyasini takomillashtirish bo‘yicha ishlab chiqilgan takliflar asosida:
metodologik yondashuvga ko‘ra “oliy ta’lim muassasasining marketing faoliyatini boshqarish” tushunchasi metodologik-uslubiy jihatdan muassasaning xalqaro nufuzini tizimli ravishda oshirib borish va brend imijini yaratishda marketing faoliyatini tashkil qilish asosida takomillashtirish bo‘yicha takliflardan oliy o‘quv yurti talabalari uchun tavsiya etilgan “Marketingni boshqarish” nomli darslikni tayyorlashda foydalanilgan (Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti rektorining 2023-yil 21-dekabrdagi 387-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 387-02-sonli o‘quv adabiyotining nashr ruxsatnomasi). Mazkur taklif ta’lim xizmatlari marketing faoliyati metodologik jihatdan innovatsion iqtisodiyotni rivojlantirishga qaratilgan faoliyat sifatida baholagan holda muassasaning xalqaro nufuzi va o‘z brend imijini ta’minlashda marketing resurslari va ta’lim xizmatlari bozori imkoniyatlaridan optimal foydalanishning uslubiy asoslarini takomillashtirgan holda faoliyat samaradorligini oshirishga xizmat qilgan;
zamonaviy universitetning marketing faoliyatini boshqarish metodologiyasi integratsiyalashgan, markazlashtirilgan, innovatsiyalar yaratishning ko‘p funksiyaviylik tamoyillariga va “Universitet 3.0” metodologiyasiga mos kelishini oshirish asosida takomillashtirish bo‘yicha berilgan taklifi O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida tatbiq etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi fmaliyotiga 2024-yil 17-iyuldagi 04/04-2012-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar davlat universitetlarida ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish va “Universitet 3.0” bo‘limlari faoliyatini samarali tashkil etish va jami yaratilgan innovatsiyalardan universitetlar ulushini oshirishning strategik maqsadlarini ishlab chiqishda hamda universitetlarning marketing va karera bo‘limlari faoliyatini takomillashtirishda foydalanilgan;
universitetning marketing faoliyatini tashkil etish tizimi maqsadli mijozlar oqimi multiplikator (Abiturientlar – talabalar – bitiruvchilar) va akselerator (g‘oya – innovatsiya – tijoratlashuv-diffuziya)larga moslashuvchan funksional vazifalar asosida iqtisodiy samaradorlikni oshirish asoslanganligi bo‘yicha takliflar O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligida innovatsion faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-iyuldagi 04/04-2012-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklifni amaliyotga joriy etish natijasida universitetlarning ilmiy-innovatsiyalarni tijoratlashtirish bo‘limlari faoliyati takomillashtirilgan va innovatsiyalar bozorida OTMlarning ulushini 2023-yilda 2022-yilga nisbatan 1,2 foizga oshirishga erishilgan;
ta’limni talabalarga yo‘naltirishning “Marketing – 4C”ga metodologik yondashuv muassasaning brend siyosatida ilmiy faoliyatda talabalar moslashuvchanligini oshirish hamda akademik, ilmiy, ma’naviy va tashkiliy funksiyalarni samarali tashkil etishda har bir funksional elementga alohida vazifa obekti sifatida qaralishiga ko‘ra takomillashtirish taklifi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi faoliyatiga joriy etilgan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-iyuldagi 04/04-2012-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur taklif Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti akademik-ilmiy faoliyatining talabalar uchun moslashuvchanlik darajasini ortishiga, natijada universitetning milliy va xalqaro darajadagi raqobatbardoshligining ortishiga, xalqaro reytinglarda pozisiyasining yanada mustahkamlanishiga muayyan darajada xizmat qilgan;
oliy ta’lim muassasalarining xalqaro miqyosda nufuzini oshirib borish, reytinglarda munosib o‘rinni egallashi va xorijiy talabalarni keng miqyosda jalb qilishga yo‘naltirilgan “Universitet 3.0” modeli milliy ta’lim muassasalarining brend imiji va ilmiy loyihalar natijalarini amaliyotga joriy etish kabilarga ko‘ra takomillashtirish bo‘yicha taklif Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining marketing faoliyatiga hamda Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Universitet 3.0” xalqaro o‘quv, ilmiy-innovatsion tadqiqotlar markazi amaliyotiga (Kengash qarori 28.08.2019-y., №1; buyruq 664/2) joriy qilingan (O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 17-iyuldagi 04/04-2012-sonli ma’lumotnomasi). Mazkur takliflar Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining xalqaro reytinglarga jumladan, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining 2023-yilda QS stars reyting tizimida eng yuqori 5 yulduz bilan taqdirlanishi va 2024-yilda xam mavqeyini saqlab turishi QS WUR Asia reytingida Osiyo qit’asida 401-450 o‘rinni, Markaziy Osiyo OTMlari orasida 23 o‘rinni, O‘zbekiston OTMlari orasida 3 o‘rinni qayd etishiga, THE WUR Reporter, THE Asia Reporter, THE Impact ranking 801-1000 maqomlarini saqlab turishi va raqobatbardoshligini oshirishga muayyan darajada xizmat qilgan.