Salieva Perdexan Alimbetovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon

I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beriladigan fan tarmog‘i nomi): “Malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirish”, 13.00.01 – Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi  (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.2.PhD/Ped2492.
Ilmiy rahbar: Pirniyazov Iskender Kudiyarovich, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: O‘zbekiston Pedagogika fanlari ilmiy-tadqiqot  instituti Qoraqalpogiston filiali.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Nukus davlat pedagogika instituti, DSc.03/30.12.2019.Ped.34.01.
Rasmiy opponentlar: Karlibaeva Guljaxan Ermekbaevna, pedagogika fanlari doktori, professor; Boymurodova Gulzoda Toshtemirovna, pedagogika fanlari doktori, professor.  
Yetakchi tashkilot: Termiz davlat  universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi malaka oshirish jarayonida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlari innovatsion tashabbuslarning kreativlik va yuqori ijodiy faolligining yuqoridan pastga emas, balki pastdan yuqoriga tamoyili bilan o‘qituvchilarning innovatsiyalar subekti sifatida innovatsiyalarga tayyorgarlik darajasining muvofiqligini ta’minlash orqali aniqlashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida o‘qituvshilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning didaktik tizimini modernizatsiyalash jarayonlari o‘quv-metodik ta’minotni tizimli tashkil etishga doir ilmiy-uslubiy ishlarning innovatsion faoliyatga yo‘nalganlik xarakteri bilan o‘qituvchilarning o‘z-o‘zini va uzlyuksiz kasbiy rivojlanishini Self-menejment tizimining identivligini ta’minlash orqali “lifelong learning” tamoyili asosida takomillashtirilgan;
uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida boshlang‘ish sinf o‘qituvshilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashning pedagogik modeli akmeverifikatsiya qilingan va adaptiv pedagogik bilimlarni egallashga yo‘naltirilgan tizimni yaratishga doir innovatsion faoliyatni rivojlantirishning maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklarining yaxlitligini ta’minlash orqali takomillashtirilgan;
malaka oshirish jarayonida o‘qituvshilarining innovatsiyalarga tayyorgarligini o‘rganishning diagnostik kartasi professionallik tuzilishida transformatsion funksiyaga ustuvorlik berish asosida vaqt (muddatlari bo‘yisha) va makon (o‘qitish joyi bo‘yisha) bilan shegaralanmagan holda innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasini belgilovshi mezonlar bilan ko‘rsatkichlarning o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlash jarayonida yuqori motivatsiyani rag‘batlovchi metodlarni tizimli qo‘llash asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Malaka oshirish kurslarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishga doir tadqiqot natijalari asosida:
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarini innovatsion faoliyatga tayyorlash tizimini takomillashtirishning pedagogik shart-sharoitlarini innovatsion tashabbuslarning kreativlik va yuqori ijodiy faolligining yuqoridan pastga emas, balki pastdan yuqoriga tamoyili bilan o‘qituvchilarning innovatsiyalar subekti sifatida innovatsiyalarga tayyorgarlik darajasining muvofiqligini ta’minlash orqali aniqlashtirishga doir taklif va tavsiyalardan ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 2-sinflari uchun “Oqıw kitabı” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 13-sentyabrdagi 01-01/5-2787-son ma’lumotnomasi). Natijada ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirishga doir boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining innovatsiyon faoliyatini tashkil etishning ilmiy-metodik ta’minotini takomillashtirishga erishilgan;
malaka oshirish jarayonida o‘qituvshilarni innovatsion faoliyatga tayyorlashning didaktik tizimini modernizatsiyalash jarayonlarini o‘quv-metodik ta’minotni  tizimli tashkil etishga doir ilmiy-uslubiy ishlarning innovatsion faoliyatga yo‘nalganlik xarakteri bilan o‘qituvchilarning o‘z-o‘zini va uzlyuksiz kasbiy rivojlanishini Self-menejment tizimining identivligini ta’minlash orqali “lifelong learning” tamoyili asosida hamda uzlyuksiz kasbiy rivojlantirish jarayonida boshlang‘ish sinf o‘qituvshilarini innovatsion faoliyatga tayyorlashning pedagogik modelini innovatsion faoliyatni rivojlantirishning maqsadli, mazmunli va natijaviy bloklarining yaxlitligini ta’minlash orqali takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 1-sinflari uchun milliy o‘quv dasturi asosida “Ana tili hám oqıw sawatlılıǵı” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 13-sentyabrdagi 01-01/5-2787-son ma’lumotnomasi). Natijada malaka oshirish kurslarida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining “Ona tili” fanidan Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan yangi darsliklar bilan ishlash kompetensiyalarining rivojlanishiga erishilgan;
malaka oshirish jarayonida o‘qituvchilarining innovatsiyalarga tayyorgarligini o‘rganishning diagnostik kartasini professionallik tuzilishida transformatsion funksiyaga ustuvorlik berish asosida vaqt (muddatlari bo‘yicha) va makon (o‘qitish joyi bo‘yicha) bilan chegaralanmagan holda innovatsion faoliyatga tayyorgarlik darajasini belgilovchi mezonlar bilan ko‘rsatkichlarning o‘qituvchilarning o‘z ustida ishlash jarayonida yuqori motivatsiyani rag‘batlovchi metodlarni tizimli qo‘llash asosida takomillashtirishga doir taklif va tavsiyalardan ta’lim qoraqalpoq tilida olib boriladigan maktablarning 2-sinflari uchun “Ana tili hám oqıw sawatlılıǵı” nomli darsligini yaratishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 13-sentyabrdagi 01-01/5-2787-son ma’lumotnomasi). Natijada Milliy o‘quv dasturi asosida yaratilgan darsliklarning yangi avlodi vositasida o‘qituvchilarning darslarni mahorat bilan tashkil etish malakalarining rivojlanishiga erishilgan.

Yangiliklarga obuna bo‘lish