Muydinov Firuzjon Farxodjonovichning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri (ilmiy daraja beradigan fan tarmog‘i nomi): “Tibbiy ta’lim talabalarida IT texnologiyalari asosida mediakompetentlikni rivojlantirish metodikasi (tibbiyotda axborot texnologiyalari fani misolida)”, 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (pedagogika fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yhatga olingan raqam: B2023.1.PhD/Ped4514.
Ilmiy rahbar: Iminaxunova Iroda Xuseynovna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi: Farg‘ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti, PhD.04/30.09.2020.Tib.122.01 raqamli ilmiy kengash asosidagi bir martalik ilmiy kengash.
Rasmiy opponentlar: Abdullaeva Ozoda Safibullaevna, pedagogika fanlari doktori (DSc), dotsent; Abdullajonov Baxromjon Rustamjonovich, tibbiyot fanlari doktori, professor.
Yetakchi tashkilot: Buxoro davlat tibbiyot universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi tibbiy ta’lim talabalarida IT texnologiyalari asosida mediakompetentlikni rivojlantirish bo‘yicha amaliy takliflar ishlab chiqishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi
tibbiy ta’lim talabalarining mediakompetensiyalarini rivojlantirishda tibbiy-pedagogik, ergonomik shart-saroitlari boshqarish, diagnostika, loyihalash, texnologik, metodik pedagogik tamoyillarini qo‘llash, nazorat qilish, tibbiy savodxonlik bo‘yicha elektron-didaktik vositalar hamda dasturiy-metodik manbalarini muvofiqlashtirish asosida aniqlashtirilgan;
tibbiy ta’limda IT texnologiyalarini mutaxassislik fanlari bilan maqsad, jarayon, monitoring, natija komponentlar uzviyligida va tizimli integratsiyalash asosida mediakompetentlikni rivojlantirish modeli didaktik, metodik, psixologik-pedagogik, texnik jihatlarga ko‘ra takomillashtirilgan;
talabalarning mediakompetentligini IT texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasini tizimlashtirish, tibbiy deontologik komponentlarini algaritmik, elektron - didaktik imkoniyatlarini differensiallashtirish kategoriyalariga dasturiy algoritmik ketma-ketligini identiv modifikatsiyalash asosida takomillashtirilgan;
tibbiy ta’lim jarayonida talabalarning IT texnologiyalariga doir bilimlarini rivojlantirishda mutaxassislikga doir o‘quv kontentlarini yaratish texnologiyasi motivatsion, kognitiv, faoliyatli, intellektual dasturiy, loyihalash, tibbiy algoritmlash, avtomatlashtirish, modellashtirish, vizuallashtirish va tibbiy – diagnostik kabi baholash darajalariga ustuvorlik berish asosida takomillashtirilgan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Tibbiy ta’lim jarayonida tibbiyotda axborot texnologiyalari fanining talabalar mediakompetentligini rivojlantirishdagi o‘rni va ilmiy natijalar asosida:
tibbiy ta’lim talabalarining mediakompetensiyalarini rivojlantirishda tibbiy-pedagogik, ergonomik shart-saroitlari boshqarish, diagnostika, loyihalash, texnologik, metodik pedagogik tamoyillarini qo‘llash, nazorat qilish, tibbiy savodxonlik bo‘yicha elektron-didaktik vositalar hamda dasturiy-metodik manbalarini muvofiqlashtirish jarayonlari “Ta’limda axborot texnologiylari” nomli o‘quv qo‘llanma mazmuniga singdirilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 31-iyuldagi PM – 46-son ma’lumotnomasi). Natijada mutaxassislik fanlari doirasida tibbiyotda axborot texnologiyalari fan mazmuni kengaytirilgan;
tibbiy ta’limda IT texnologiyalarini mutaxassislik fanlari bilan maqsad, jarayon, monitoring, natija komponentlar uzviyligida va tizimli integratsiyalash asosida mediakompetentlikni rivojlantirish modeli didaktik, metodik, psixologik-pedagogik, texnik tamoyilllar kabi takliflar ta]lim muassasalarida mtedu.uz o‘quv platformasini yaratishda foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023-yil 31-iyuldagi PM – 46-son ma’lumotnomasi). Natijada tibbiyot oliy ta’lim muassasalarida tibbiyotda axborot texnologiyalari fanini o‘qitishda talabalarning tibbiyotda axborot texnologiyalari o‘qitish metodikasi takomillashtirish orqali fanlararo bog‘liqlikni ta’minlash maqsadida integral ma’ruzalar samaradorligi oshirilgan;
talabalarning mediakompetentligini IT texnologiyalari asosida rivojlantirish metodikasini tizimlashtirish, tibbiy deontologik komponentlarini algaritmik, elektron - didaktik imkoniyatlarini differensiallashtirish kategoriyalariga dasturiy algaritmik ketma-ketligini identiv modifikatsiyalashga doir manbalar “Ta’limda axborot texnologiylari” nomli o‘quv qo‘llanma ishlab chiqishda foydalanilgan (Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2022-yil 19-iyuldagi 233-sonli buyrug‘iga asosan olingan 233-0279 guvohnomasi). Natijada talabalarning fan bo‘yicha bilim, ko‘nikma va malakalari rivojlantirilgan va tibbiyotda axborot texnologiyalari fanini o‘rganishda qiyosiy tahlil qilish imkoniyatlari kengaytirilgan.