Sayipova Dilafruz Rahimovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
“Boburnoma”da tarixiy shaxslar tasviri va talqini (ijodkor va hukmdor shaxslar misolida), 10.00.02 – O‘zbek adabiyoti (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2021.1.PhD/Fil1581.
Ilmiy rahbar: Sulaymonov Isroil Isomiddinovich, filologiya fanlari doktori, dotsent.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa nomi, IK raqami: Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti, DSc.03/05.05.2023.Fil.02.11.
Rasmiy opponentlar: Qobilov Usmon Uralovich, filologiya fanlari doktori, professor; Radjabova Burobiya Tangirovna, filologiya fanlari nomzodi.
Yetakchi tashkilot: Qarshi davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi “Boburnoma”da tarixiylik va badiiy talqin masalasi hamda tarixiy voqelik va tarixiy shaxslar tasvirida muallif uslubini ochib berishdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
“Boburnoma”da muallifning adabiy-estetik qarashlaridagi novatorona yondashuv hamda u bilan munosabatda bo‘lgan davr ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida ishtirok etgan tarixiy shaxslarni tasvirlashdagi rostgo‘ylik, samimiylik, adolat tamoyillari asosida soddalik, qisqalik, qiyoslash uslubi aniqlangan;
asarda tasvirlangan adabiy muhit, adabiy jarayon, an’anaviy janr va poetik shakllar davomiyligi, ijodkor shaxsi, mavqeini, insoniy qiyofasini konkret ko‘rsatishdagi muallifning munaqqid sifatidagi xolisligi ochib berilgan;
“Boburnoma”da tarixiy shaxslar tasviri orqali davr voqeligining yoritilishi, ruhoniyat kishilari shaxsiyati va e’tiqodi masalasi, buning muallif hayotiy faoliyati bilan aloqadorlik jihatlari, hukmdor shaxs va uning xarakteri ochib berilib, muallif shaxsiyatida tipiklik va o‘ziga xoslik, hukmdorlik hamda diniy-ma’rifiylik xususiyatlari asoslangan;
tarixiy-nasriy asarlarning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti, o‘zbek nasrining shakllanish jarayonlarida “Boburnoma”ning muhim memuar manba sifatidagi ahamiyati asoslangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. “Boburnoma” asarida ijodkor va hukmdor shaxslar tasviri bo‘yicha olingan ilmiy natijalar asosida:
tarixiy-nasriy asarlarning paydo bo‘lishi, taraqqiyoti, o‘zbek nasrining shakllanish jarayonlarida “Boburnoma”ning muhim memuar manba sifatidagi ahamiyati yuzasidan olingan xulosalardan FA-A1-G004 raqamli “Qoraqalpoqlar tasavvurida ayol timsoli: etnologik tadqiqotlar” mavzusidagi fundamental loyihada belgilangan vazifalar ijrosida foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 15-fevraldagi 17.01/31-son ma’lumotnomasi). Natijada loyiha ishining mumtoz nasriy asarlarda adib uslubi, adabiy muhit va adabiy tanqidchilikning o‘ziga xos ilmiy qirralarini o‘rganishga doir tahlillar bilan boyishiga xizmat qilgan;
“Boburnoma”da muallifning adabiy-estetik qarashlaridagi novatorona yondashuv hamda u bilan munosabatda bo‘lgan davr ijtimoiy-siyosiy va madaniy hayotida ishtirok etgan tarixiy shaxslarni tasvirlashdagi rostgo‘ylik, samimiylik, adolat tamoyillari asosida soddalik, qisqalik, qiyoslash uslubiga oid nazariy xulosalaridan FA-F1-005 raqamli «Qoraqalpoq folklorshunosligi va adabiyotshunoslik tarixini tadqiq qilish» mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihada foydalanilgan (O‘zR FA Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy tadqiqot institutining 2022-yil 15-fevraldagi 17.01/30-ma’lumotnomasi). Natijada o‘zbek mumtoz adabiyoti tarixidagi ijodkorlar, ruhoniyat kishilari tazkirasining qoraqalpoq adabiyotshunosligi janrlariga ta’siri masalasini oydinlashtirish uchun xizmat qilgan;
asarda tasvirlangan adabiy muhit, adabiy jarayon, an’anaviy janr va poetik shakllar davomiyligi, ijodkor shaxsi, mavqeini, insoniy qiyofasini konkret ko‘rsatishdagi muallifning munaqqid sifatidagi qarashlaridan hamda “Boburnoma”da tarixiy shaxslar tasviri orqali davr voqeligining yoritilishi, ruhoniyat kishilari shaxsiyati va e’tiqodi masalasi, buning muallif hayotiy faoliyati bilan aloqadorlik jihatlari, hukmdor shaxs va uning xarakteri ochib berilib, muallif shaxsiyatida tipiklik va o‘ziga xoslik, hukmdorlik hamda diniy-ma’rifiylik xususiyatlari haqidagi ilmiy ma’lumotlaridan O‘z MTRKning “Madaniyat va ma’rifat” teleradiokompaniyasining 2022-yil 10-fevraldagi «Buyuk yurt allomalari» nomli adabiy-ma’rifiy ko‘rsatuvi va eshittirishi tayyorlanishida dissertatsiya xulosalaridan amaliy foydalanilgan (O‘z MTRKning 2022-yil 10- fevraldagi 02-02-03/30-son ma’lumotnomasi). Natijada ko‘rsatuv va eshittirishlarning ilmiy ko‘rsatkich va dalillar bilan boyishiga xizmat qilgan.