Saymanova Aynura Madreymovnaning
falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi himoyasi haqida e’lon
I.Umumiy ma’lumotlar.
Dissertatsiya mavzusi, ixtisoslik shifri: “Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarining lingvomadaniy tahlili”, 10.00.03 – Qoraqalpoq tili (filologiya fanlari).
Dissertatsiya mavzusi ro‘yxatga olingan raqam: B2022.4.PhD/Fil2891.
Ilmiy rahbarning F.I.Sh., ilmiy darajasi va unvoni: Najimov Perdebay Aymanovich, filologiya fanlari doktori (DSc), professor.
Dissertatsiya bajarilgan muassasa nomi: Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti.
IK faoliyat ko‘rsatayotgan muassasa (muassasalar) nomi, IK raqami: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpoq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot instituti, DSc.02/25.08.2021.Fil.137.01.
Rasmiy opponentlar: Yusupova Biybisanem Turdibaevna, filologiya fanlari doktori, dotsent; Dilanov Bekmırza Gulimbetovich, filologiya fanlari nomzodi, dotsent.
Yetakchi tashkilot: Samarqand davlat universiteti.
Dissertatsiya yo‘nalishi: nazariy va amaliy ahamiyatga molik.
II. Tadqiqotning maqsadi qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari tilida ishlatilgan lingvomadaniy konsept va birliklarning lingvomadaniy xususiyatlarini aniqlashdan iborat.
III. Tadqiqotning ilmiy yangiligi:
xalq qo‘shiqlaridagi etnos, milliy mentalitet xarakteriga ega va o‘zida madaniy ma’lumotlarni aks ettiruvchi lingvomadaniy birliklar, mental va lisoniy belgiga ega konseptlar semantikasi til va madaniyat uyg‘unligi, qoraqalpoq xalqining olamning lisoniy manzarasini anglash va uni konkretlashtirgan holda idrok qilishning “til – madaniyat – inson” prinsipiga asoslanish xususiyatlari orqali ochib berilgan;
frazeologizmlar til va madaniyat orasidagi, voqea-hodisalarga, predmetlarga til egalarining munosabati va uning tilda aks etishi kabi bog‘liqlik mexanizmlari, tarkibidagi hayotiy tajriba, bilim va urf-odatlar singari madaniy konnotatsiya, qoraqalpoq xalqining milliy tafakkuriga xos frazeologizmlar dalillangan;
o‘xshatishlarda qoraqalpoqlarning lisoniy dunyoqarashi, xalq qo‘shiqlari tilida zoomorf va biomorf kodli o‘xshatishlarning faol ishlatilishi, insonlarning dastlabki tushunchalari o‘simlik va hayvonot olami orqali paydo bo‘lganligi sababli qoraqalpoq xalqining yashash sharoiti, turmush tarzi bilan bevosita bog‘liq ekanligi isbotlangan;
xalq qo‘shiqlari tilida gender metaforalarning fundamental madaniy qadriyatlarni aks ettirishiga ko‘ra yetakchi o‘rin tutganligi qoraqalpoq xalqining olam manzarasida oila qadriyati, genderga munosabati, xalqning o‘ziga xos mentalital tushunchalariga asoslanganligi aniqlangan.
IV. Tadqiqot natijalarining joriy qilinishi. Qoraqalpoq xalq qo‘shiqlarining tilini lingvomadaniy tahlil qilish natijasida olingan ilmiy xulosalar asosida:
xalq qo‘shiqlaridagi etnos, milliy mentalitet xarakteriga ega va o‘zida madaniy ma’lumotlarni aks ettiruvchi lingvomadaniy birliklar, mental va lisoniy belgiga ega konseptlar semantikasi til va madaniyat uyg‘unligi, qoraqalpoq xalqining olamning lisoniy manzarasini anglash va uni konkretlashtirgan holda idrok qilishning “til – madaniyat – inson” prinsipiga asoslanish xususiyatlari orqali ochib berilishiga oid ilmiy-nazariy xulosalardan Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ma’naviyat va ma’rifat kengashining 2023-yil 25-yanvardagi 01-295 sonli ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirishda foydalanilgan (Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qoraqalpog‘iston bo‘limining 2023-yil 29-sentyabrdagi 01/13-140-son ma’lumotnomasi). Natijada xalq qo‘shiqlarini yoshlar orasida keng targ‘ib qilish, ularning tilidagi lingvomadaniy konsept va birliklarning ma’nosini izohlash, madaniy meroslarni asrash va qayta tiklash ta’minlangan;
o‘xshatishlarda qoraqalpoqlarning lisoniy dunyoqarashi, xalq qo‘shiqlari tilida zoomorf va biomorf kodli o‘xshatishlarning faol ishlatilishi, insonlarning dastlabki tushunchalari o‘simlik va hayvonot olami orqali paydo bo‘lganligi sababli qoraqalpoq xalqining yashash sharoiti, turmush tarzi bilan bevosita bog‘liq ekanligiga oid xulosalardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati muzeyida xalq qo‘shiqlarining til xususiyatlariga doir ma’lumotlarni olishda foydalanilgan (Qoraqalpog‘iston Respublikasi Madaniyat vazirligining 2023-yil 10-oktyabrdagi 2-02/1446-son ma’lumotnomasi). Natijada muzeyning qoraqalpoq adabiyoti tarixi va madaniyatini aks ettiruvchi ko‘rgazmalarga tayyorlangan ekskursiya matnlariga ma’lumotlar olishga erishilgan;
xalq qo‘shiqlari tilida gender metaforalarning fundamental madaniy qadriyatlarni aks ettirishiga ko‘ra yetakchi o‘rin tutganligi qoraqalpoq xalqining olam manzarasida oila qadriyati, genderga munosabati, xalqning o‘ziga xos mentalital tushunchalariga asoslanganligiga doir xulosalardan O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpaq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutida 2020-2023-yillarda bajarilgan “Qoraqalpoq folklorida olamning etnolingvistik manzarasini monografik aspektda tahlil qilish” mavzusidagi fundamental tadqiqot loyihasida foydalanilgan (O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Qoraqalpog‘iston bo‘limi Qoraqalpaq gumanitar fanlar ilmiy-tadqiqot institutining 2023-yil 21-noyabrdagi 459a/2-son ma’lumotnomasi). Natijada olamning etnolingvistik manzarasini hosil qilishda folklor asarlarining yetakchi o‘rin egallashi qoraqalpoq xalq qo‘shiqlari tilidagi lingvomadaniy birlik va konseptlarni o‘rganish orqali olingan dalillar bilan boyitilgan;
frazeologizmlar til va madaniyat orasidagi, voqea-hodisalarga, predmetlarga til egalarining munosabati va uning tilda aks etishi kabi bog‘liqlik mexanizmlari, tarkibidagi hayotiy tajriba, bilim va urf-odatlar singari madaniy konnotatsiya, qoraqalpoq xalqining milliy tafakkuriga xos frazeologizmlar dalillanganligiga doir xulosalardan Qoraqalpog‘iston radiokanalining Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasi tomonidan tayyorlanadigan “Ma’naviyat bo‘stoni”, “Tilga e’tibor – elga e’tibor” eshittirishlari, “Til boyligi – el boyligi”, “Munosabat” madaniy-ma’rifiy ko‘rsatuvi orqali keng jamoatchilikka tavsiya etilgan (Qoraqalpog‘iston teleradiokompaniyasining 2023-yil 27-sentyabrdagi 05-22/486-son ma’lumotnomasi). Natijada, xalq qo‘shiqlari tilidagi frazeologizmlarning lingvomadaniy tahliliga oid ma’lumotlarning keng jamoatchilikka tanishtirilishi, ko‘rsatuv va eshittirishlarning madaniy-ma’rifiy ahamiyatining oshishiga erishilgan.